24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 12:01
Jamiyat 👁 177

TUMANDAGI 36-SONLI VA 56-SONLI MAKTABDA KENG KOʻLAMLI QURILISh-TAʼMIRLASh IShLARI OLIB BORILMOQDA

TUMANDAGI 36-SONLI VA 56-SONLI MAKTABDA KENG KOʻLAMLI QURILISh-TAʼMIRLASh IShLARI OLIB BORILMOQDA

Prezidentimizning shu yil yanvar oyida “2022-2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi. Shunga koʻra mamlakatimizning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini izchil rivojlantirish, qishloq va mahallalarni yanada obod qilish, joylarda qulay tadbirkorlik va investitsiya muhitini shakllantirish uchun 2022-2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi va joriy etildi.
Amudaryo tumanida ham mazkur dastur boʻyicha keng koʻlamli qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu dasturga koʻra Chordara mahallasidagi 36-sonli maktab binosi ham rekonstruktsiya qilinib, 180-oʻringa moʻljallangan qoʻshimcha bino qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Loyiha bahosi 2 mlrd. 292 mln. soʻmdan ortiq boʻlgan qurilish ishlari “KMK-304” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan bajarilmoqda. Qurilish ishlarida tashkilotning 8 nafar ishchisi mehnat qilmoqda.
Ushbu maktab 1974-yilda foydalanishga topshirilgan. Oʻz davrida zamonaviy koʻrinishga ega boʻlgan mazkur maktab 560 oʻquvchi oʻrniga moʻljallangan. Ayni paytda ushbu taʼlim maskanida 30 ta sinfda 800 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya olmoqda. Ularga 72 nafar pedagog-oʻqituvchilar yangi pedagogik texnologiyalar asosida taʼlim berishmoqda. Pedagoglarning 3 nafari oliy toifali, 9 nafari 1-toifali, 22 nafari 2-toifali, 38 nafari esa mutaxassis, 2 nafari rus tilidan S2 darajadagi sertifikatga ega oʻqituvchilardir.
Hozirda binosi taʼmirtalab holatga kelib qolgan mazkur maktabda taʼlim-tarbiya ishlari yaxshi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, unumli foydalanishlarini taʼminlash maqsadida 8 ta fan, 4 ta sport, 2 ta ijtimoiy-madaniy toʻgaraklar tashkil etilgan. Shuningdek, oʻquvchi-yoshlar futbol, basketbol va voleybol maydonchalari hamda yopiq sport zalida sport bilan shugʻullanishadi.
Yosh avlod zamonaviy sharoitlarda taʼlim-tarbiya olishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida qurilayotgan maktabning yangi binosining fundament ishlari yakunlangan boʻlib, ayni paytda ishchilar birinchi qavat gʻishtini terishmoqda. Bino avgust oyining oxirlarida foydalanishga topshirilishi moʻljallangan.


Dastur doirasidagi shu kabi qurilish-taʼmirlash ishlari Boyovul mahallasidagi 56-sonli maktabda ham amalga oshirilmoqda. Koʻp yillardan beri yosh avlodga taʼlim-tarbiya berilib kelinayotgan ushbu taʼlim maskani ham ancha taʼmirtalab boʻlib qolgan va oʻquvchi oʻrnini kengaytirishga ehtiyoj sezilayotgan edi. Quvvatidan ortiq oʻquvchisi mavjud boʻlgan mazkur maktabda imkon darajasida taʼlim-tarbiya ishlari yaxshi yoʻlga qoʻyilgan.
Tumanda 2020-2021-yilgi oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarini tamomlagan bitiruvchilarining oliy  oʻquv yurtlariga oʻqishga kirish koʻrsatkichi yanada ortdi. Bu borada 56-sonli maktab eng ilgʻor taʼlim maskanlaridan biri boʻldi. Ushbu oʻquv yilida maktabning 11-sinfini tamomlagan  77 nafar bitiruvchidan 55 nafari, yaʼni 71,2 foizi OTMga qabul qilindi. Maktabning texnologiya fani yoʻnalishidagi 11-“B” variativ sinfining 25 nafar bitiruvchilaridan barchasi, yaʼni 100 foizi OTM talabalari boʻlishgan edi. Mazkur oʻquv yilidagi bitiruvchilardan ham ustozlarning umidi katta.
Oliy taʼlimga qamrab olish koʻrsatkichi boʻyicha eng ilgʻor boʻlgan 56-sonli maktabda ham zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari tumandagi “Temir beton” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan bajarilmoqda. Loyiha bahosi 2 mlrd. 326 mln.dan ortiq boʻlgan qurilish ishlari davomida maktab uchun 180-oʻringa moʻljallangan qoʻshimcha bino va rekonstruktsiya ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Ayni paytda qoʻshimcha binoning fundament ishlari yakunlanib, birnchi qavatda gʻisht terish ishlari olib borilmoqda.
Har ikkala maktab oʻqituvchi va oʻquvchilari yangi oʻquv yilini taʼmirlangan va yangi qurilgan binoda qarshi olishadi. Ushbu taʼlim maskanlari jamiyat rivoji, taraqqiyotiga hissa qoʻsha oladigan, yurt kelajagiga munosib boʻlgan yoshlarni tarbiyalashga uzoq yillar xizmat qiladi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026