MATBUOT – MENI SEHRLAGAN OLAM
Bolaligimdan öqituvçilikdan boşqa yana bir kasb, yana bir olam meni öziga maftun etib kelgan. Yuragimda tuğilgan hislarni qoğozga tökarkanman, hamişa könglim şu olamga maftun bölaverardi.
Xayolimda qayerlarga bormasdim. Telejurnalist bölib sayohatlar qilardim, dunyo böylab. Odamlarga yaxşi xabarlar yetkaziş, yangiliklar bilan taniştiriş jon-u dilim edi. Brigadamizdagi dalada oçilgan birinçi ğöza guli haqidagi maqolam hamqişloqlarim uçun katta sovğa bölgandi. Hammaning quvonganini körib, eʼtiborda ekanligimdan juda-juda xursand bölganman. Yillar ötib, öqituvçilik sohasida faoliyat yuritsam-da, men uçun tumanda bitta qadrdon bino, bolaligimdan meni rom etgan soha, jonkuyar va qalbi beğubor insonlarni jamlagan aziz maskan bor.
Bu – "Taraqqiyot közgusi" gazetasi tahririyati binosi. Bu binoga har gal kirib borganimda u yerdagilar meni qanday kutib olar ekan, degan andişaga bormaganman. Sababi bu maskanda meni hamişa kulib turgan çehralar, iliq munosabat, soğinçli diydor qarşi olgan. Muhit döstona, munosabatlar samimiy, yordam beğaraz, fikrlar xolis. Izlagan, istagan narsamni topadigan oşyonim.
27-iyun – Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan tahririyat xodimlarini çin qalbimdan tabriklayman. Oygul Rajabova, Robiya Yöldoşeva, Ğulomjon Yeşniyozov, Saʼdulla Xöjaniyozov, Ollambergan Jumaniyozov, Muyassarxon, Mahmudjon, Ravşanbeklar mening yaqin insonlarimga aylangan. Maşaqqatli kasblarining guvohi böla turib ham baribir bu sohani juda qadrlayman. Yoşligimdan ijod qilişimda qöl-qanot bölgan insonlarim oldida bir umr taʼzimdaman. Oygul Rajabova va Robiya Yöldoşevalarning mehr töla nigohlari, kuyunçaklik bilan aytgan ögitlari har doim quloğimda.
Garçand yoşi mendan kiçik bölsa ham salobatli va vazmin Ğulomjonning iş faoliyatiga, körsatgan ehtiromiga tasanno deyman.
Aziz insonlarim! Matbuot xodimlari! Kasbingizdan kamol topib, el xizmatidan çarçamang. Bayramingiz muborak bölsin!
Guloyim BEGJANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶