22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 08:35
Jamiyat 👁 408

ELIM, DEGAN EL FIDOYISI

ELIM, DEGAN EL FIDOYISI

Oʻz kasbiy faoliyatim davomida turfa xulq-atvorli insonlar bilan uchrashib, muloqotda boʻlganman. Ular orasida, albatta, el-yurtga, kasbiga, oilasiga fidoyilar juda koʻp. Kimdir xalq manfaati uchun, kimdir oilasi, yana kimdir Vataniga jonfido, xalq xizmati uchun kamarbasta. Biroq yana bir toifa insonlar ham borki, hatto oʻzini, huzur-halovatini unutar darajada xalqim, deb intilib yashaydi. Baʼzan och-nahor, baʼzan qish  izgʻirinlarida  qoʻl-oyoqlari muzlab, saraton jaziramalarida jism-u joni qovrilib, xalq orasiga kirib boraveradi. Oʻz kasb faoliyatini amalga oshirish yoʻlidagi mashaqqatlardan aslo choʻchimaydi. Agar taʼbir joiz boʻlsa, amudaryolik badiiy soʻz ustasi, xalq orasida  “Qobil radio” nomi bilan tanilgan Qobil ogʻa Shomurodov ana shunday fidoyilardan.
Amudaryo tumanining sobiq Kuybishev nomidagi, hozirgi Toʻlqin ovulida tugʻilgan Qobil Shomurodov matbuot sohasiga ilk qadam qoʻyganida hali maktab oʻquvchisi edi. Oʻtgan asrning 59-60-yillarida Qipchoq qishlogʻidagi hududiy tayanch maktab, hozirgi 11-sonli umumtaʼlim maskanida  oʻrta maʼlumot olgan Qobil Shomurodov boʻsh vaqtlarini mutolaa bilan oʻtkazar, markaziy gazeta va jurnallar, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi “Sharq yulduzi”, “Fan va turmush”, “Guliston”, “Saodat” kabi matbuot nashrlari qatori “Amudaryo haqiqati” gazetasining har bir sonini maroq bilan oʻqir, oʻzi ham baʼzan tuman gazetasiga maqolalar yozib, pochta orqali joʻnatib turardi.
Gazeta sahifalarida Qobil Shomurodov imzosi bilan chop etilayotgan maqolalarga alohida eʼtibor bergan gazetaning yetakchi jurnalistlaridan biri Saʼdulla Xoʻjaniyozov boʻldi. Hech esidan chiqmaydi, 1967-yilda qishloqdagi hammom ishlamayotgani haqida yozgan hajviy sheʼri gazetada yoritilgach, oradan hech qancha vaqt oʻtmay, hammom toʻla quvvat bilan xalqqa xizmat koʻrsatishni boshladi. Qishloq ahli esa “hammomni ishlatgan” Qobil Shomurodov-ni shu kundan eʼtiboran “muxbir bola” deb chaqiradigan boʻldi. Ushbu voqea sabab “muxbir bola” tez-tez tahririyatga keladigan, ustozi Saʼdulla Xoʻjaniyozovdan jurnalistika sirlarini oʻrganish maqsadida  uning rahbarligida tahririyat qoshida tashkil etilgan “Gulshan” va “Toʻlqin” ijodkor yoshlar toʻgaragi mashgʻulotlarida ishtirok etadigan boʻldi. Oradan bir necha yillar oʻtib, oʻz ijodiy  uslubiga ega, qolaversa, dolzarb mavzulardagi maqolalari bilan xalqqa ancha tanilib qolgan Qobil Shomurodov ustozi S.Xoʻjaniyozovning qoʻllab-quvvatlashi va gʻamxoʻrligi tufayli  1978-yildan Qoraqalpogʻiston radiosining Amudaryo tumani boʻyicha maxsus muxbiri sifatida ilk jurnalistlik faoliyatini boshladi.
Qobil Shomurodov radio-jurnalist sifatida faoliyat yuritgan 1978-2020-yillar uning uchun haqiqiy kasbga fidoyilik yillari boʻlibgina qolmay, ijodda oʻz shaxsiy fikri va uslubiga ega jurnalist sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Oʻz malakasini oshirish, zamon bilan hamnafas qadam tashlash maqsadida ishdan ajralmagan holda NDPIning tarix fakultetini muvaffaqiyatli tamomlagan Qobil Shomurodov hayotining mazmuniga aylanib qolgan matbuot sohasiga, ijodga bir umr bogʻlanib qoldi. Umrining 40-yildan ziyod davrini oʻzi sevgan xalqqa maʼnaviyat va maʼrifat ulashish, ularni yangi-yangi marralar sari ruhlantirish, qalblariga joʻshqin kayfiyat ulashishdek ezgu ishga bagʻishlagan “muxbir bola” ulgʻaygan sari el aro hurmat-eʼtibor qozondi. Har tong nafaqat amudaryoliklar, balki qoraqalpoq ovullaridagi har bir xonadonga jarangdor ovozi, dolzarb mavzulardagi  xabarlari, radioocherklari bilan kirib boradigan Qobil Shomurodovni xalq azbaroyi hurmat qilganidan “Qobil radio” deb chaqiradigan boʻlishdi.
Amudaryo tumanining har bir qishlogʻi, har bir qarich yeriga qadami tekkan “Qobil radio”ning oʻz kasbiga oʻta masʼuliyatliligi, fidoyiligi jamiki jurnalistlar uchun ibrat boʻlgulik. Hozirgiday kompyuter texnologiyalari rivojlanmagan, ovoz yozish uskunalari lentali kassetalardan iborat, kamida 2-3 kilogramm ogʻirlikdagi magnitofonni katta sumkaga joylab, dala-dasht kezgan, ertalab Jumurtogʻdagi togʻ-kon zavodidan eshittirish tayyorlasa, peshindan soʻng yo Nazarxonga, yo azim Qilichboyning Xolimbeg-u Doʻrman ovullariga yoʻl olguvchi Qobil Shomurodovning qahraton qish, yoz jaziramasi-yu, qor-yomgʻir demay, zimmasidagi kasbiy burchini hech injilmay bajarganlariga necha bora guvoh boʻlganmiz.
Butun ongli hayotini oʻz kasbiga sadoqat ila xalqqa maʼnaviyat va maʼrifat ulashishdek ezgu ishga bagʻishlagan matbuot fidoyisi  Qobil ogʻa Shomurodov ayni paytda 75 yoshga toʻldilar. Qutlugʻ yoshida ham qoʻlidan qalamini qoʻymagan otaxon muxbir, mehr-oqibatli, el-yurtga qayishgan farzandlarining ardoqli otasi, oilaparvar umr yoʻldoshi Hanifaxon momoning sevimli yelkadoshi Qobil ogʻa Shomurodovga:
– Aslo charchamang, ijod qilishdan toʻxtamang, siz sevgan Amu elida Sizning ovozingiz, oʻtkir soʻzingizni kutib yashaguvchi muxlislaringiz borligini aslo unutmang, qutlugʻ 75 yoshingiz muborak boʻlsin! – deymiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026