YaNA 2 TA DAVLAT XIZMATI BÖYIÇA MAʼMURIY REGLAMENTLAR TASDIQLANDI
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining şu yil 7-iyundagi 317-sonli qarori bilan bolalarni ularning soğligiga zarar yetkazuvçi axborotdan himoya qiliş sohasidagi ekspertlarni akkreditatsiya qiliş böyiça davlat xizmati körsatişning maʼmuriy reglamentlari tasdiqlandi.
Reglamentga köra, ariza beruvçi DXMga bevosita yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron murojaat qiladi. Ariza beruvçilarning oliy maʼlumotga, pedagogika, yoşga oid psixologiya va fiziologiya, bolalar psixiatriyasi sohalarida bilimlarga egaligini tasdiqlovçi diplom yoki sertifikati bölişi kerak.
Sörovnoma töldirilganidan söng, 7 iş kunida örganib çiqiladi. Ariza beruvçini akkreditatsiya qiliş töğrisida qaror qabul qilingaç, talabgor 1 kun içida akkreditatsiyadan ötkaziladi. Ekspert akkreditatsiya qilinganligi töğrisida guvohnoma 5-yil muddatga beriladi.
Şuningdek, davlat organlari va taşkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan ötkaziş böyiça reglamentga köra, ariza beruvçi buning uçun DXMga bevosita yoki YaIDXP orqali elektron murojaat qiladi. Sörovnoma töldiriladi hamda vakolatli organ, yaʼni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15 iş kunida ariza beruvçini attestatsiyaga qöyiş yoki qöyilmasligi töğrisida qaror qabul qilinadi. Vakolatli organ attestatsiya guruhi şakllanişiga qarab talabgorlarni 5-10 ta savoldan iborat oğzaki suhbatdan iborat attestatsiyadan ötkazadi.
Attestatsiyada qatnaşişdan çetlaştirilgan talabgor 6 oy davomida keyingi attestatsiyalarga qöyilmaydi. Davlat organlari va taşkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari har 3-yilda attestatsiyadan ötadi.
Mazkur davlat xizmatlari körsatilganligi uçun yiğim undirilmaydi.
S.Hayitboyev,
tuman Adliya bölimi Davlat xizmatlari markazi bölim boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶