21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 17:41
Salomatlik 👁 368

Tumandagi 11 ta olis va chekka ovul hamda mahallalarda tibbiyot punktlari tashkil etildi

Tumandagi 11 ta olis va chekka ovul hamda mahallalarda tibbiyot punktlari tashkil etildi

2022-yil 18-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sogʻliqni saqlash sohasi vakillari bilan “Tibbiyotdagi islohotlar-inson qadri uchun” mavzusida oʻtkazgan “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy hizmatlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2022-yil 25-aprel kungi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida koʻpgina chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda.

Xususan, Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli 9 ta oilaviy poliklinikalari va 4 ta oilaviy shifokorlik punktlarida kunduzgi statsionar oʻrinlar ish vaqti soat 20:00 gacha uzaytirildi. Shu bilan bir qatorda 1-sonli oilaviy poliklinikada avval mavjud boʻlgan 8 ta kunduzgi statsionar oʻrinlariga qoʻshimcha ravishda 2 ta kunduzgi statsionar oʻrinlar tashkil etilib, jami 10 ta kunduzgi statsionar oʻringa toʻldirildi. 3-sonli oilaviy poliklinikada avval mavjud 4 ta kunduzgi statsionar oʻrinlariga qoʻshimcha ravishda 6 ta kunduzgi statsionar oʻrinlar tashkil etilib, jami 10 ta, 7-sonli oilaviy poliklinikasida avval mavjud 5 ta kunduzgi statsionar oʻrinlariga esa qoʻshimcha ravishda 5 ta kunduzgi statsionar oʻrinlar tashkil etilib, jami 10 ta kunduzgi statsionar oʻringa toʻldirildi.

Bulardan tashqari birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish maqsadida tumandagi 11 ta olis va chekka ovul hamda mahallalarga maxsus konteynerlar oʻrnatilib, mahalla tibbiyot punktlari tashkil etildi.

Endilikda Amudaryo tumanining Jumurtov shaharchasi va shaharcha hududidagi Qoratosh aholi punkti, Amir Temur va Boʻz yop ovullari, Yuqori qishloq, Bogʻ, Qoramon mahallalari, Besh tom mahallasining Xoʻjakoʻl aholi punkti, Nazarxon ovuli hududidagi Maylikoʻl, Bekboy aholi punktlari, Qum yop mahallasining Jumaboy sogʻa aholi punktida yashovchi aholi tuman markaziga kelmasdan birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatidan foydalanishlari mumkin boʻladi.

Ushbu ovul va mahallalardagi tibbiyot punktlariga 11 nafar oilaviy shifokorlar hamda oʻrta tibbiyot xodimlari biriktirilgan. Ular mazkur hududlarda yashovchi aholi salomatligini asrash yoʻlida mehnat qilishmoqda.

Amudaryo tumanining olis va chekka ovul hamda mahallalariga maxsus konteynerlar oʻrnatilib, mahalla tibbiyot punktlari tashkil etilgani mazkur hududlarda yashovchi 32 mingdan ziyod fuqarolarga oʻz hududlaridagi mahalla tibbiyot punktlarida tashkil etilgan kunduzgi statsionarlar orqali salomatliklarini mustahkamlashlari uchun imkon yaratildi.

Mahalla tibbiyot punktlari ertalabki soat 8:00dan kechqurungi 20:00gacha faoliyat olib boradi. Ayni kunlarda aholi yangidan ish boshlagan mazkur tibbiyot punktlariga kelib, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamidan foydalanmoqda. Ayniqsa, Oq oltin va Boʻzyop ovullari, Jumurtov shaharchasiga oʻrnatilgan mahalla tibbiyot punktlari tibbiyot xodimlari xizmatidan aholi juda minnatdor boʻlishmoqda.

Yaqin kunlarda bu yerlarga tashrif buyuruvchilar uchun yanada yaxshi imkoniyatlar yaratiladi. Kutish uchun maxsus joylar, kelish-ketish uchun yoʻlakchalar quriladi. Eng muhimi, chekka hududlar aholisi zarurat tugʻilganida tuman markaziga kelib vaqt ketkazib yurmasdan, ovoragarchiliksiz birlamchi tibbiy xizmatdan foydalanishlari mumkin boʻldi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026