24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 12:02
Jamiyat 👁 353

"HOJI EShON BOBO" JOMʼE MASJIDI BINOSI QURILIShI JADAL OLIB BORILMOQDA

"HOJI EShON BOBO" JOMʼE MASJIDI BINOSI QURILIShI JADAL OLIB BORILMOQDA

Mustaqillik – nafaqat millatimizning, balki moʻʼmin-musulmonlarning ham qadr-qimmatini joyiga qoʻydi. Yurtdoshlarimiz imon-eʼtiqodda sobit boʻlishib, toat-ibodatlarini emin-erkin iroda etish imkoniga ega boʻldilar. Butun mamlakatimizda, xususan, Amudaryo tumanida ham musulmonlarning Alloh oldidagi farz va qarz amallarini maromida, hech qiyinchiliklarsiz ado etmoqlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgani barchaning qalbiga xushnudlik bagʻishlaydi.

Qipchoq shaharchasi markazida joylashgan “Hoji Eshon bobo” jomʼe masjidi binosi 1988-1989-yillarda xalq hashari yoʻli bilan guvala-loydan bunyod etilgan edi. Garchi poydevor-paxsasi guvaladan koʻtarilgan boʻlsa-da, oʻsha davrdagi savobtalab insonlarning kuch va ragʻbati tufayli masjid binosi avvalgi koʻrimsiz holatidan ancha yaxshilanib, namozxonlar uchun bir muncha qulay sharoitlar yaratilgani uchun masjid qavmi tashabbusi va savobga daxil insonlar koʻmagi bilan 2015-2017-yillarda qayta taʼmirlash-tiklash ishlari olib borildi.

Homiylar yordami bilan yangidan tahoratxona qurildi, masjidning tom qismi shiferlandi, zamonaviy deraza-romlar oʻrnatilib, namozxona pollandi va namozxonlarning ibodat qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Lekin doimiy ravishda oʻsib borayotgan aholi, ayniqsa, namozxonlar safining kengayishi tufayli masjid hovlisi ham, namozxona, madaniy-maishiy boʻlmalar ham bugungi davr talabiga mos kelmay, ibodat paytida namozxonlar uchun qiyinchiliklar yuzaga kela boshladi. Ushbu muammoni hal etishning birdan-bir yoʻli – zamon talablariga mos keladigan yangi masjid binosini qurish edi.

Shu bois, “Hoji Eshon bobo” jomʼe masjidi imom-xatibi Rajabboy Habibullayev, “Yusuf Eshon bobo” jomʼe masjidi imom-xatibi Abdurahmon Matsapayev va Qipchoq shaharchasining yoshi ulugʻ keksalari, shaharcha faollari hamda faol musulmonlar bilan bamaslahat yangi masjid binosini qurish va qurilishga homiylik qilish istagida boʻlgan savobtalab insonlar bilan uchrashib, Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi maʼmuriyatiga murojaat qildi.

Nihoyat 2021-yil 23-mart sanasidagi Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi rahbariyatining 907-sonli xati bilan 2021-2023-yillarda “Hoji Eshon bobo” jomʼe masjidi binosini toʻla qayta qurishga ruxsat berildi.

2021-yilning 24-aprel sanasida esa Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashevning 80-sonli qarori bilan “Hoji Eshon bobo” jomʼe masjidi qurilishi uchun “Hoji Eshon bobo” qadamjosi yonidan 80 sotix yer ajratib berildi.

Qipchoq shaharchasi xalqi va koʻp sonli namozxonlar uchun 2021-yilning 22-iyul sanasi katta shodiyonaga aylanib ketdi. Chunki aynan shu kuni “Hoji Eshon bobo” jomʼe masjidi qurilishi uchun moʻljallangan maydonga ramziy qoziq qoqilib, shu kunning oʻzida ilk tamal toshi qoʻyildi va masjid qurilishi koʻtarinki kayfiyatda boshlab yuborildi.

Bugungi kunda masjid binosining asosiy qismi tiklanib, gumbazlari qad rostladi. Masjidning, umumiy yer maydoni 625 kvadrat metr, kengligi 25 metrga 25 metrni tashkil etadi, sigʻimi esa 800 nafar namozxonga moʻljallangan.

Ayni paytda tahoratxona va qoʻshimcha xonalarining tomlari sifatli yopilib, shiferlash ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda. Shuningdek, umumiy maydoni 400 kvadrat metr boʻlgan 40 metrga 10 metr kenglikdagi qoʻshimcha namozxonada ham qurilish-taʼmirlash, boʻyash-pardozlik ishlari koʻngildagidek olib borilmoqda.

Zamonaviy va sharqona meʼmoriy yechimga ega masjid binosi qurilishining muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirilishini taʼminlash uchun quruvchilarga zarur sharoit va imkoniyat yaratib bergani qurilishga muntazam ravishda pishiq gʻisht yetkazib berayotgani uchun Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashevdan quruvchilar mamnun. Shuningdek, savobtalab yurtdoshlarimiz ham masjid binosi qurilishiga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshmoqdalar.

– Bizga amaliy yordam koʻrsatayotgan barcha savobtalab insonlardan minnatdormiz, – deydi masjid imom-xatibi Rajabboy Habibullayev. – Ayniqsa, “Amudaryo qurilish mollari” korxonasi rahbariyatiga, barcha homiylarimizga chin dildan tashakkur izhor etamiz.

Ayni kunlarda Qipchoq shaharchasi husniga-husn bagʻishlab, kun sayin goʻzal qiyofa kasb etayotgan “Hoji Eshon bobo” jomʼe masjidi binosida ichki va tashqi pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026