24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 10:43
Jamiyat 👁 212

SAHRO BAGʻRIDAGI OBOD XONADON

SAHRO BAGʻRIDAGI OBOD XONADON

Insoniyat yaralibdiki, hamma baxtli, saodatli boʻlib yashagisi keladi, shunga intiladi. Kim uchundir toʻkin hayot, kim uchundir halovatsiz, zahmatli mehnat, kim uchundir sahroyi turmush tarzi dunyodagi eng afzal baxtdir.

Amudaryo tumanining Beshtom mahallasidagi Xoʻjakoʻl aholi punkti hayoti bilan tanishgan odamning koʻngliga: "shu qaqroq adirda, jaziramada qanday yashashar ekan-a", degan oʻy kelishi shubhasiz.

Biroq ular bilan suhbatlashish jarayonida shunday sharoitda ham hech kimdan kam boʻlmay turmush kechirayotganlariga, oʻz hayotlarini oʻzlari fayzli, mazmunli qilishga intilayotganiga guvoh boʻldik.

Beshtom mahallasining Xoʻjakoʻl aholi punkti qoq markazidagi qip-qizil adirlikda, daryo sathidan 30-40 metrlar yuqorida joylashgan, atrofi yam-yashil daraxtlar bilan oʻralgan hovli 87 yoshli Boltaboy ota Oʻtegenovning katta oʻgʻli – Marat Oʻtegenovniki.

Boltaboy ogʻa Oʻtegenov asli nazarxonlik. Oʻrta maktabni tugatganidan soʻng Nukusdagi qishloq xoʻjalik texnikumida oʻqidi. Ovuliga qaytib, xoʻjalikda kassirlik qilayotgan davrlarida, 1970-yilda uni Xoʻjakoʻlda yangidan tashkil etilgan parrandachilik fabrikasiga rahbar qilib yuborishgan. Koʻl boʻyida har biri 70-100 metrlik bir necha tovuqxona, oʻrdakxonalar boʻlgan.

– Ishlarim juda yaxshi edi. Fabrikada kuniga 19-20 ming tuxum topshirgan vaqtlarimiz boʻlgan. Bu yer aholisining koʻpchiligi 1970-yilda parrandachilik fabrikasi ishga tushirilgach, ishga kelib, oʻtirimli boʻlib qolgan odamlar. 1982-yilda koʻl qurigach, fabrika ham yopildi. Biroq aholi shu yerda yashab qoldi. Koʻpchiligi adirdan pastda dehqonchilik bilan, ayrimlari chorvachilik bilan shugʻullanishadi.

Toʻgʻrisini aytsam, bu yerda tumanimizning boshqa hududlariga qaraganda tirikchilik ogʻir. Shunday boʻlsa-da, hech kimning koʻchib ketgisi kelmaydi. Axir shu yerda farzandlar koʻrib, kamolga yetkazdik, qiz uzatib, kelinlar tushirdik, unib-oʻsdik, – deydi otaxon.

Ha, Boltaboy Oʻtegenovning shu sahroni koʻzi qiymaganicha bor. Axir turmush oʻrtogʻi, rahmatlik Klara Davlatboyeva bilan 7 nafar farzandni kamolga yetkazib, ularning barini kasb-korli, ilmli, uyli-joyli qilishgan. Atrofi nevara, chevaralarga toʻlgan.

U qoraqalpoq millatidan boʻlsa-da, shu yerdagi oʻtirimli, asosan qozoq, oʻzbek oilalari bilan tugʻishgan ogʻa-inidek boʻlib ketgan, hammasining quvonch-tashvishi bir. Kimningdir uyiga mehmon kelsa, qoʻshnilar ham uyiga chorlab, siylaydigan mehr-oqibat mujassam bobomeros anʼanalar bor. Shu oilalarda yashovchi katta-yu kichik barcha bir-birini yaxshi taniydi. Boltaboy ota kabi keksa nuroniylarning izzat-hurmatini joyiga qoʻyadi.

Otaxonning katta farzandi umr boʻyi elektrik boʻlib ishlab, nafaqaga chiqqan Marat Oʻtegenov turmush oʻrtogʻi Qirmizi Qurboniyozova bilan ikki oʻgʻil, ikki qizni voyaga yetkazib, oliy maʼlumotli qilishdi, farzandlari ham, kelinlari ham oʻqituvchi, onasining izdoshi. Qirmizi Qurboniyozova 47-yil 54-sonli maktabda ishlagan boʻlsa, shuning 35-yilida rahbarlik qilgan, hozir 11 nafar nevaraning buvisi.

Boltaboy ota Oʻtegenov 2 nafar qizi, 5 nafar oʻgʻillarining iqbolidan quvonib yashagan har damiga shukrona aytadi, nevaralarining gʻamxoʻrliklaridan koʻngli togʻday yuksaladi. Emin-erkin, yayrab ulgʻayayotgan chevaralarining bagʻriga talpinishlaridan yayraydi. Ularni es-hushli, aql-farosatli, zukko boʻlib ulgʻaysin, degan niyatda oʻz hayotidan ibratli hikoyalar, qoraqalpoq xalqining qiziqarli ertaklarini aytib beradi.

Mahalla yoshlar yetakchisi Husniddin Ashirboyevdan bu yerdagi xonadonlarni kelgusi qishgacha gazlashtirish choralari belgilanganini eshitib, yana ham quvonishdi.

Bir vaqtlar koʻkalamzor daraxtlar bilan burkangan hududga tobora oʻz hukmini oʻtkazayotgan suvsizlik tufayli qaqroq adirga aylanayotgan Xoʻjakoʻl hayotini mehr-oqibat, doʻstlik-birodarlik nurafshon etib turganday.

Qanday yashash – har kimning oʻziga bogʻliq, deydi donolar. Chindan-da, agar Xoʻjakoʻlda bir oila farzandlariday umrguzaronlik qilayotgan, oʻz hayotlaridan mamnun oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq xalqlarining hayotiga bir nazar solgan kishi buning isbotini koʻra oladi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026