MILLATLAR BIRLAŞIB UMMON BÖLADI
Havasga munosib ahillik
Hayot juda gözal, undan bahra olib yaşaş yanada gaştli. Atrofimizda röy berayotgan buyuk özgarişlar iştirokçisi böliş esa – baxt. Ana şu baxtdan bahramandlik tuyğusi qalblarimizga xotirjamlik baxş etadi. Xotirjamlik - tinçlik, totuvlik mevasi...
Tonggi namoz ibodatini ado etgan (Alloh rahmat qilsin) onam ohista piçirlaydi:
- Ilohim yurtimiz tinç, xalqimiz omon, farzandlarimiz soğlom, barkamol bölsin!
Beixtiyor qöllarimizni duoga oçib, onajonimning tilaklariga qöşilamiz, bir hovuç duoni göyo boşlarimizdan tökib, tinçlik neʼmatiga şukrona keltiramiz...
Bolaligimizdan bizga hamroh bölgan bu tonggi tilaklar hamon har tong dilimizdan tilimizga köçadi. Köçaveradi. Avval momolarimiz, söngra onajonlarimiz Yaratgandan söragan tonggi tilaklar endi bizning tilimizda jarang soçayotir.
Vaqt – yugurik, umr – oqar daryo. Vaqt izmi, daryoday goh sokin, goh jöşqin oqib borayotgan umr lahzalari tinçlik, xotirjamlik ato etganidan dillarda şukr, tillarda şukr, har bir kunimizda şukr, tinçlik neʼmatidan kökraklar baland!
Bu tinçlik xalqimiz, barça xalqlar uçun öz-özidan kelgani yöq. Toki tonglarimizga osudalik, köngillarimizga xotirjamlik kirib kelgunga qadar xalqimiz azob-uqubatlar iskanjasida yaşadi. Özi non yopib, qorni nonga töymadi, bözçi belboğga yolçimadi, boğbon sarxil mevalar taʼmini totmadi. Neki oğir mehnat bölsa, yelkaladi, boriga şukr, yöğiga qanoat qilib yaşadi xalq. Eng oğir damlarda ham biri-birining köngil qörğonini buzmadi, Özbekiston degan bağri keng yurtga bağrini bosib yaşadi xalq!
Hayot söqmoqlari hamişa ravon bölmagan. Qiyinçiliklar, azob-uqubatlar, surgunlar, qatağonlar, uruşlar zahrini totaverib bağri pora bölgan xalq uçun tinçlik – ota-onaday qadrli, jonday şirin aziz tuyğu. Şuning uçun Özbekistonda irqiy kamsitiş, etnik böliniş, ayirmaçiliklar yöq. 140 ga yaqin millat vakillari ahil va totuv yaşayotganining sababi ham oğir kunlarda qölni-qölga berib, biri-biriga mehr nurini soçib, köngil-köngildan suv içib, şu aziz tuproqqa ildiz otganligidan, Özbekistonni umumiy uyimiz, deb qadrlaganidan!
Albatta, Özbekistonda etnik öziga xoslikni rivojlantiriş va millatlararo munosabatlarni yanada uyğunlaştiriş, xalqlar döstligini mustahkamlaşda 137 ta milliy madaniy markazlarning örni katta. Çunki mamlakatimizni özlariga abadiy Vatan qilgan 140 ga yaqin millat va elatlarning moddiy-maʼnaviy qadriyatlarini asrab-avaylaş, tili, dini, urf-odat va anʼanalariga hurmat nazari bilan qaraş, orzu-intilişlarini qöllab-quvvatlaş maqsadida amalga oşirilayotgan saʼy-harakatlarning mazmun va mohiyati ham tinçlik, millatlararo totuvlik va döstlik anʼanalarining bardavomligi, mustahkamligini taʼminlaşga qaratilgan.
Şuni alohida mamnuniyat bilan taʼkidlaş kerakki, turli millat vakillariga hurmat va ehtirom, tinçlik, totuvlik, döstlik tamoyillari asosida faoliyat olib boruvçi milliy madaniy markazlar sobiq MDH davlatlarining birortasida ham yöq. Özbekistonda esa xalqlar örtasidagi muştarak anʼanalar, özaro bordi-keldilar ana şu milliy madaniy markazlar tomonidan amalga oşiriladi va bu hamişa el-u elatlarga, millatlarga manzur jihatlari bilan dunyo xalqlarining havasiga munosib.
Tinçlik öğrilari
Xalqimiz zakosi tufayli yaratilib, asrlar sinovidan ötgan bir haqiqat bor: “Osmonga tupursang, yuzingga tuşadi”, deyişadi. Aslida aqli raso odam heç qaçon osmonga tupurmaydi. Lekin baʼzan töqlikni kötaraolmagan, özgalar nayrangiga uçgan kimsalar osmonga tupurişdan ham, hatto toş otişdan ham qaytmasliklarini köp bora kuzatganmiz. Tupugi yuziga tuşib, yuzi qora bölganlar-çi?
Tarixga nazar taşlasak, oyoği yerda-yu köngli osmonni közlab, bir bora “tuf!” deb dunyoni öziga böysundirmoqçi bölgan qançalab qalbi kör zolimlar ötganiga guvoh bölamiz. Firʼavn, Iskandar Zulqarnayn, Napoleon, Gitler... Ularning qalblarida “xalq” degan buyuk tuşunça, “xalq” degan buyuk birlik bölmagan. Butun fikri osmoq, otmoq, öldirmoq, jahonga hukmron bölmoq öyi bilan band bölgan bu amalparast kimsalar uçun döstlik, tinçlik, totuvlik degan tuyğular tamoman begona, yagona maqsadlari esa xalqlarni özlariga böysundiriş, hatto gödak, quşni qul qilib, yançib ötiş edi. Gullab-yaşnab turgan vatanlarni kultepaga aylantirib, neki yovuzlik bölsa, barini qilib, xalqni ezgan, tinçligini, halovatini poymol etib, oilasiga, ahli ayoliga, bolalariga xiyonatlar qilgani uçun ham ular umrbod yovuzlik timsoli sifatida tarixning qora sahifalariga yozilib qoldi.
Oyoği yerdan uzilgan, nafaqat tarix, balki yer yuzi millatlari, elatlar, xalqlar nafratiga duçor bölgan Adolf Gitlerning xalqlar baxtiga, tinçligiga qilgan tajovuzi, zulm-u istibdodi hamon dunyo xalqlari qalbini yaralaydi. Bu yara bitmaydi, asrlar, zamonlar ötaveradi, asrdan-asrga, zamonlarga zolim Gitler nomi bilan boğliq xunrezliklar, qalb yaralari tobora gazak olib, xalqlar nafrati bilan ötib boraveradi...
Faşistlar bosib olingan hududlarda okkupatsiya rejimi örnatib, özlarining boşqaruv usullarini “yangi tartib” deb atadi. Ana şu “yangi tartib” qoidalari asosida Çexoslovakiya va Polşa hududlarida ölim lagerlari taşkil etildi. Mazkur ölim lagerlarida 11 milliondan ziyod inson – dunyo xalqlarining asl farzandlari öldirildi. Asira ayollarning soçlaridan kemalar maçtasi uçun arqonlar eşildi...
“Qalampir.uz” saytida eʼlon qilingan Sardor Alining “Johil” deb nomlangan maqolasida şunday satrlar bor: “... faşistlar bolalar terisidan ayollar sumkalari, qölqoplar tayyorlaşgan. odam yoğidan sovun işlab çiqarilgan, murdalarning jasadlari gazli peçlarda kuydirilib, öğit sifatida ekin maydonlariga soçilgan...”
Mana, nima uçun dunyo xalqlari faşizmga laʼnat öqimoqdan bir lahza ham töxtamaydi. Çeki-çegarasi yöq zulmkor siyosat tufayli millionlab millatlar, elatlar erki toptaldi, tinçligi, baxti öğirlandi.
Har yili Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan uruş körgan, xalqlar tinçligi uçun kuraşgan bobolar, uruş ortida, mehnat frontida fidoyilik qilgan momolar, uruş bolalari bölgan otaxon va onaxonlar bilan uçraşib, muloqotda bölamiz.
- Aslini olganda, barçamizning ildizimiz bir xalqlarmiz, - deyişadi xuddi öylaşib olişganday. – Bir-birovga nari tur, deyiş – gunoh!
- Umrim bino bölibdiki, şu Amu elining Xolimbegida yaşayman, - deydi Daryoboy oğa Töyliyev. – Menga bir inson turkmansan, deganini eslayolmayman. Töğrisi, özbek, qoraqalpoq, qozoq döstlarimsiz hayotimda maʼni böladimi?
Daryoboy oğa Töyliyev va Durdigul eje Geldiyevaning oilasi esa xalqlar döstligining, millatlar totuvligining haqiqiy timsoli – özbek, qoraqalpoq, turkman millatlariga mansub kelinlarning odob-u ikromi, özaro mehr-muhabbatlari havasga loyiq.
Birgina Xolimbeg ovulining özida özbek, turkman, qozoq, qoraqalpoq, rus, ukrain, tatar millatlariga mansub oilalar vakillarining tinç-totuv, ahil yaşab, biri-biridan aqlli, mehnatkaş öğil-qizlarni tarbiyalaşayotgani köngillarning yoruğligidan, millatlar, xalqlar döstligining boqiy va qudratliligidan dalolat.
Nukus voqealari sodir bölgan kunlarda mening ikki farzandim – öğlim va qizim öşa yerda edi. Ijtimoiy tarmoqlarda bir töda olomonni öziga qaratib tenglik, tinçlik töğrisida oldi-qoçdi maʼruza qilayotgan kimsaning ketidan ergaşib, öz xalqiga qarata toş otayotgan, milliy gvardiya ustiga bostirib borib, talotöplar uyuştirayotganlarni körib, tun böyi uxlamay, Allohga iltijolar bilan tong ottirdim. Nafaqat men, balki butun oila, hatto nevaralarim ham Nukus şahrida bölib turgan jigarbandlarimizni qayğurib, tunni tongga uladik. Olov içidagi avtomobillar, qora tutun burqsib turgan Nukus köçalari, qiy-çuv kötarib, hukumat idorasiga bostirib borgan olomon – nazarimda xalqimizning tinçligi, baxt-u saodati, imkonlarini körolmagan ğarazli niyatdagi duşmanlar firibiga uçgan, adaşgan kimsalar edilar. Axir qaçon qoraqalpoq özbegidan qöl uzgan-u, özbek qoraqalpoğini “sen”lab çaqirgan? Xuddi juft quşlarday birga parvozga şaylangan, juftlaşib uçgan quşlarday özbek va qoraqalpoq öz tarixlarida heç qaçon biri-birining yölini kesib ötmagan. Bilʼaks, bir mayizni qirq bölib yegan, bir tandirda non yopişgan, tevalari, qöy-qözilari bir yaylovda ötlab, bir ötovda dostonlar, ölanlar aytişgan özbek va qoraqalpoq xalqlari misoli et bilan tirnoq! Ularni biri-biridan ayiriş mumkin emas, aslo!
Et bilan tirnoq millatlar
Bolaligimdan menga taniş bir manzara hamişa qalbimga quvonç va qudrat bağişlaydi. Çoyköl ovulida biz bolalar yaxşi köradigan momolar, bobolar, çeçalar köp bölardi. Ularning suhbatlari ham, tayyorlagan taomlari ham şirin edi. Imit momo qozoq, Bozorgul momomiz qoraqalpoq, Raziya çeçamiz tatar, Rizida, Lida, Lyuba, Leyla, Arzayim, Ajaş, Qollixon.... çeçalarimiz biri qozoq, biri rus, ukrain, boşqird, moldavan, yana birlari turkman ekanligini yoşimiz ulğayganida bilganmiz. Mening bilganim, ularning barçasi Çoyköl ovuliga el bölib, quda-qudağayçilikni örniga qöyib, bir-birlariga çatişib ketişgani. Amu elining bir parçasi - Çoyköl ovulini Vatan qilgan ham-qişloqlarimning mehr-muhabbatidan har uy, har köça çaroğon, kiçigi kattasidan törga çiqib, qişloq kattalarining oldlaridan kesib ötmagan bu çeçalarimiz endi momo bölişgan. Nevaralariga tarbiya berişda xalqona tutumlarni mahkam tutişganidan köpmillatli hamqişloqlar biri-biriga hamdam, döst va qadrdon.
Ana şu döstlik, qadrdonlikning teran ildizlariga har gal nazar solganimda çoyköllik şoirtabiat otaxon, Alloh rahmat qilsin, qozoq millatiga mansub Nazarimbat oğa Almuratov bilan qoraqalpoq farzandi Baltaq şoir Yöldoşovning aytişuvlarini eslayman. Nazarimbat ota qaysi davraga borsalar – oddiy gurungni ham şeʼriy ifoda etardilar. Baltaq boboni körib qolsalar ilhomi jöş urib ketardi göyo:
– Qarliğaşday uşib-qönib,
Keleğöyşi Baltabay.
Minav turğan yel töyib,
Baqsin sirtqa qaramay.
Ğanimetsen, ğanimet,
Seni yetemin hurmet.
Xalqim dep jirlağanda,
Mağan kelmeydi naubet.
Unga javoban Baltaq şoir bobomiz:
– Sen-de xalqsang, men-de xalq,
Şiroğim, bavrimda balq.
Sen Şaykölli, men Şaykölli -
Haslimiz bölinbes xalq, –
deb qiroat bilan şeʼr öqirdi. Xalq esa ularni jon quloği bilan tinglardi. Nainki tinglardi, biri qozoq, biri qoraqalpoq ikki döst, ikki xalq hamda özbek, tatar, boşqird, rus, ukrain, moldavan, ozarboyjon millatlariga mansub, odob-u ikromi, mehr-muhabbatli tuyğulari özbekona tutumlarga qorişib ketgan XALQ ularga jör bölişardi. Ana şu jör ovozlarni tindirib köring-çi! Tinmaydi bu ovozlar, tindirgulik kuç ularga yaqin kelib körsin-çi! Kelaolmaydi! Ana şudir köngillari-köngillarga köprik bölgan xalq qudrati, et bilan tirnoq millatlar mehr-muhabbati! Birining bolasiga biri qand tutgan, kelinlariga allalar örgatgan, birining bolasi ulğaygan beşikka yana biri nevarasini belagan et bilan tirnoq xalqqa kim toş ota oladi? Heç kim! Bu xalq – sermeva daraxt. Daraxtga otilgan toş daraxtning tagiga tuşadi, baland şoxlariga yetaolmaydi! Sermeva, baland şoxlar unib-ösaveradi, daraxt tagiga tuşgan toşlar esa vaqtlar ötib eziladi, tuproqqa singib ketadi. Xalqlar döstligining beqiyos qudrati qoşida ğalamislar otgan toşlar nima u? Bir xas kabidir. Zotan,
Millatlar birlaşib ummon böladi,
Yengilmas, qudratli arkon böladi.
Mehr-muhabbati dunyolarga teng,
Buyuk xalq, hazrati Inson böladi!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶