YaXŞI ZAMINNING YaXŞI MAMLAKATIDA YaŞAYaPMIZ
Yaxşi zamonda, yaxşi zaminda, yaxşi zaminning yaxşi mamlakatida yaşayapmiz. Hamma narsa bor, kam-köst yöq. Endi ota-bobolardan qolgan oltin iboraga keladigan bölsak, bir kun oğzibirlik buzilsa, qirq kun baraka qoçadi. Şu hikmatga kimki eʼtiborsiz, albatta ziyondadir.
Biz qadimdan borçilik-yöqçilikda, yaxşi-yomon kunlarda ham bir-birimizga zarda qilmay, aksinça qöl uşlaşib hayot keçirganmiz.
Navoiy, Fuzuliy, Berdaq, Ajiniyoz kabi ardoqli şoirlarimiz bor. Qay birini kim bizga begona, deb körsata oladi? Agar şunday biron kimsa çiqqan bölsa, u komil emas, vasvasaga çalingan kimsa! Bu doniş-daholar hammamizniki, turkiy tillaşgan xalqlarniki. Şeʼrlari yodimizda, qöşiqlari sanʼatkorlarimiz oğzidan tuşmaydi. 140 ga yaqin millat döst, ahil-inoq.
Men yaşayotgan Qizilçoli mahallasi hududida ham har xil millatga mansub kişilar mahalla ahilligini taʼminlab kelmoqdalar. Aholi soni 4252 nafar, şundan 4121 nafari özbek, 85 nafari qozoq, 38 nafari qoraqalpoq, 6 nafari turkman, tatar va boşqa millat vakillari. Ular bir-birlari bilan quda-qudağay, qalin qatnaşiqda – yaqin munosabatlari yaqqol körinib turadi.
Mahallamizda töy-maʼraka, hayit va bayramlar juda gaştli taassurotlarga boy böladi. Qöni-qöşnilar totli taomini ham, quvonç-u qayğusini ham biri-biri bilan birga baham körişadi.
Bu kunlarni ota-bobolarimiz körgan emas, orzu qilişgan, xolos. Şukrona keltirib yaşaş kerak. Hali oldinda qiladigan işlar bor. Yangi Özbekistonimizni yaşnatiş yölida ahillik, hamjihatlik, katta-yu kiçikning işlari bardavom bölişi uçun xalqimizga tinçlik, totuvlik zarur.
Bu yölda kelajagimiz bölgan yoşlarga har birimiz köz-quloq, eʼtiborli bölmoğimiz şart. Toki, köngillarni qaqşatgan Qoraqalpoğiston voqealari qayta sodir bölmasin.
Jumaboy Hidoyatov,
“Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi. Qizilçoli mahallasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶