OZOD VA OBOD ELDA YaŞAŞ BAXTI
Biz oyoğimiz ostidagi yerni insoniyatni dunyoga keltiruvçi, kamolga yetkazuvçi möʼtabar zot - onaga qiyoslaymiz. Çunki, tirikligimiz zamin bağridan unadigan rizq-röz bilan bardavom.
Men yaqinda Özbekiston telekanalida mamlakatimizda paxta yetiştiriş böyiça yillik şartnomaviy reja ado etilgani munosabati bilan tayyorlangan maxsus körsatuvni maroq bilan tomoşa qilib, şular haqida öyladim. Respublikamiz paxtakorlari erişgan mehnat zafaridan behad suyundim. Çunki, 3 million 400 ming tonnadan ziyod paxta xalqimizning ertagi kungi farovonligi kafolatidir.
Şu munosabat bilan muhtaram Prezidentimizning Özbekiston paxtakorlari va barça mehnatkaşlariga yöllagan tabrigini tinglab, paxtakor, dehqon, yo qişloq xöjaligi mutaxassisi bölmasam-da, juda taʼsirlandim.
Keyingi yillarda Qoraqalpoğistondagina emas, mamlakatimizda birinçi bölib paxta topşiriş rejasini ortiği bilan ado etib kelayotgan tumanimiz nomi Yurtboşimiz tabrigida birinçi bölib tilga olinganida quvonganimdan özimga siğmay ketdim.
Mana, keyingi 6-7-yil davomida paxtakorlarimizning fidoyi mehnatlari natijasida Prezidentimiz tabrigida tumanimiz nomi ilğorlar safida tilga olinib kelinmoqda.
Bunday yuksak körsatkiçlarga öz-özidan erişilmayapti. Albatta, yurtimizning barça hududlarida agrar sohada katta islohotlar amalga oşirilmoqda, yerlarning meliorativ holati yaxşilanib, fermerlarga qişloq xöjaligi texnikalari, yonilği-moylaş materiallari, mineral öğit va zararkunandalardan himoyalaş vositalari uzluksiz yetkazib berilmoqda. Ammo, boşqa hududlarga qaraganda şaroiti nisbatan oğir bölişiga qaramasdan Amudaryo paxtakorlari Respublika tumanlari orasida karvonboşilik qilib kelmoqda. Menimça, bunday natijalarga erişilayotganining asosiy sababi - tuman rahbariyati boşçiligida sohada samarali tizim yaratilganidir.
Yana bir quvonarli jihati - joriy yildan boşlab tumanimizda yetiştirilgan paxta xom-aşyosining asosiy qismi özimizda "Amudaryotex” xorijiy korxonasida qayta işlanadi. Prezidentimiz tabrigida taʼkidlanganidek, "Ötgan asrning 90-yillarida yurtimizda yetiştirilgan jami paxta tolasining atigi 7 foizi özimizda qayta işlanar edi. Ötgan qisqa davrda bu boradagi körsatkiç 6 barobardan ziyod köpaygani hamda bugungi kunda 44 foizni taşkil etib, çet mamlakatlarga sotilayotgani, paxta tolasiga yana qöşimça qiymat qöşişga imkoniyat yaratayotgani şu yönalişda uzoqni közlab olib borayotgan işlarimizning amaliy samarasidir”.
Biz keksa avlod vakillari mamlakatimizda, mamlakatimizning kiçik bir bölagi bölmiş tumanimizda qölga kiritilayotgan bu kabi yutuqlardan könglimiz toğdek kötarilib, faxr-iftixorga töladi.
Nafaqat paxtaçilik, balki qişloq xöjaligining boşqa sohalari qatori sanoat, işlab çiqariş, taʼlim, tibbiyot, quriliş kabi yönalişlarda ham tumanimizda ulkan muvaffaqiyatlarga erişilayotgani, xalqimizning turmuş farovonligi yil sayin yuksalib borayotganidan juda quvonamiz va Allohga şukronalar aytamiz. Bularning zamirida istiqlol atalmiş buyuk neʼmat turgani, uning abadiyligini, Vatanimiz tinçligini köz qoraçiğidek asraş, köz öngimizda amalga oşirilayotgan ulkan bunyodkorlik işlariga hissa qöşiş şu elning har bir fuqarosining burçi ekanligini yoşlarimizga qayta-qayta taʼkidlaymiz.
Bunday tinç va farovon mamlakatda, ozod va obod yurtda, ilğor, taşabbuskor va intiluvçan, mehnatsevar xalq içida yaşayotganimiz har birimizning baxtimizdir. Bunday baxtga munosib bölişga doimo intilib yaşaylik, azizlar!
Ibrohim ISMOILOV, xalq taʼlimi faxriysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶