24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 10:33
Jamiyat 👁 289

“Ogohlik− davr talabi” mavzusida yigʻilish oʻtkazildi

“Ogohlik− davr talabi” mavzusida yigʻilish oʻtkazildi

9-avgust kuni Amudaryo tumanining Xitoy ovuli hududida joylashgan 85-sonli umumtaʼlim maktabi binosida 2-sektor rahbari, tuman prokurori Aziz Roʻzmetov, 3-sektor rahbari, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Muxammetali Xojamuratov, Davlat xafvsizlik xizmati Amudaryo tuman boʻlimi boshligʻi Sanjar Nazarov hamda 3-sektor hududidagi 12 ta ovul va mahalla fuqarolar yigʻini profilaktika inspektorlari, fuqarolar yigʻinlari raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishni Xitoy ovul fuqarolar yigʻini raisi Davlatbay Atajanov ochib berdi va yigʻilganlarni kun tartibidagi masala bilan tanishtirib oʻtdi.

Shundan soʻng, Davlat xafvsizlik xizmati Amudaryo tuman boʻlimi boshligʻi Sanjar Nazarov hududdagi ovul va mahallalarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning turli buzgʻinchi va yot gʻoyalardan asrashda mahallalarda faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchilari hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi mahalla raislarining oʻrni muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi.

Shundan soʻng 3-sektor rahbari − tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Muxammetali Xojamuratov joriy yilning 1-2-iyul kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida boʻlib oʻtgan ommaviy tartibsizliklarning sababi va oqibatlari haqida gapirib, yoshlarni tinchlikning qadriga yetish, ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, buzgʻunchilikka, tartibsizlikka chorlovchi axborot hurujlaridan himoya qilish zarurligini, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan barcha axborotlar ham ishonchli boʻlavermasligini taʼkidladi. Qolaversa, yoshlarning maʼnaviy dunyoqarashi boy boʻlsa, yot gʻoyalarga ergashmasliklari va hech qanday kuch ularni toʻgʻri yoʻldan adashtira olmasligini aytib oʻtdi.

Shuningdek yigʻilishda yoshlarimiz erishayotgan yutuqlar, xususan, Hindistonning Chennay shahrida boʻlib oʻtgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida chempionlikni qoʻlga kiritgan jamoamiz aʼzolarining erishgan yutuqlari hamda “Yosh kitobxon oila” tanlovining Respublika bosqichi gʻoliblari boʻlgan Oʻrinboyevlar oilasini misol keltirib, barcha yoshlarni koʻproq kitob oʻqish, bilim olish, kasb-hunar egallashga hamda boʻsh vaqtini mazunli oʻtkazishga daʼvat qildi.

Shundan soʻng 2-sektor rahbari, tuman prokurori Aziz Roʻzmetov yigʻilganlarni yoshlarga oid yangiliklar, qabul qilinayotgan qarorlar va farmonlar bilan tanishtirib oʻtdi. Yangi oʻquv yilidan magistraturada oʻqiyotgan qizlarning kontrakt pullari byudjetdan toʻlab berilishi, bakalavrda taʼlim olayotgan qizlarga 7-yilga foizsiz kreditlar ajratilishi ayol-qizlarga qaratilgan katta eʼtibor va imkoniyatning namunasidir.

 Qolaversa, Vazirlar mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi “Yoshlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, endi yoshlar 18 yoshdan emas, 14 yoshga toʻlgandan keyin “Yoshlar daftari”ga kirishi mumkin.

Aytish kerakki, yoshlar uchun yaratilayotgan bu kabi imkoniyatlar ularning barcha orzu-intilishlarini ruyobga chiqarishda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.

Yigʻilish yakunida 3-sektor hududida xizmat vazifasini bajarayotgan profilaktika inspektorlari, mahalla raislari, yoshlar yetakchilariga yoshlar bilan ishlashning oʻziga xos yoʻnalishlari boʻyicha tushuntirishlar berilib, muhim vazifalar belgilab olindi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026