AMUDARYo TUMANIDA “YaNGI ÖZBEKISTON — MAʼRIFATLI JAMIYaT” ŞIORI OSTIDA “MAʼNAVIYaT FESTIVALI” BOŞLANDI
Mamlakatimizning barça hududlarida “Yangi Özbekiston – maʼrifatli jamiyat!” şiori ostida joriy yilgi “Maʼnaviyat festivali” boşlab yuborildi. Festival doirasida 14 ta hududda 18 ta ijtimoiy loyiha amalga oşirilişi közda tutilgan. Qolaversa, ilm-fan, madaniyat, sanʼat, adabiyot va badiiy ijod kabi soha vakillaridan iborat 500 nafar “Maʼrifat” tarğibotçilar jamiyati aʼzolari jalb etilib, eng çekka hududlardagi aholini ham qamrab oliş rejalaştirilgan.
15-avgust kuni Amudaryo tumanida ham “Maʼnaviyat festivali” tadbirlari boşlab yuborildi. Daryoböyi mahalla fuqarolar yiğini hududida joylaşgan 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida festival munosabati bilan taşrif buyurgan Respublikamizning bir guruh taniqli madaniyat va sanʼat xodimlari hudud aholisi bilan davra suhbati ötkazişdi.
Tadbirda dastlab mustaqillik şarofati bilan yurtimizda amalga oşirilgan özgarişlar, ulkan bunyodkorlik işlari, yaratilgan imkoniyatlar va boşqalar xususida söz yuritildi.
Maʼlumki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi tegişli farmoni bilan “2022-2026-yillarga möljallangan Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasi”ni “Inson qadrini uluğlaş va faol mahalla yili”da amalga oşirişga oid Davlat dasturi qabul qilindi. Unga köra, maʼnaviy-maʼrifiy sohada tayyorlanayotgan materiallarni aholiga zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda tezkor va sifatli yetkazişni taʼminlaş, tarğibot-taşviqot işlarining sifat va samaradorligini oşiriş maqsadida har yili anʼanaviy tarzda “Maʼnaviyat festivali”ni yuqori saviyada ötkaziş belgilandi. Şu kunlarda respublikamizning barça hududlarida “Yangi Özbekiston – maʼrifatli jamiyat" şiori ostida “Maʼnaviyat festivali” tadbirlari bölib ötmoqda.
Tumanimizga festival munosabati bilan taşrif buyurgan taniqli sanʼat va madaniyat arboblari – Zulfiya Möminova, Madina Töxtayeva va boşqalar Daryoböyi mahallasi va Uyşin ovullarida bölib ötgan tadbirlarda iştirok etib, hududlardagi yoşu-qari bilan dildan suhbat qildilar. Şuningdek, tadbir davomida sönggi yillarda milliy maʼnaviyatimizni rivojlantiriş, Özbekistonda yangi maʼnaviy makonni yaratiş masalasi doimiy eʼtiborda ekanini taʼkidlab ötdilar.
Sözga çiqqanlar ötgan 2021-yil davomida ham “Yangi Özbekistonda erkin va farovon yaşaylik!” ğoyasi asosida Qoraqalpoğiston Respublikasida, jumladan Amudaryo tumanida “Maʼnaviyat festivali” yuqori saviyada ötkazilganini, festival doirasida “Maqom keçasi” nomli kontsert dasturida 10 mingdan ortiq aholi qamrab olingani va şu kabi boşqa tadbirlar ham ötkazilib, barçaga kötarinkilik, bayramona ruh berilganini alohida taʼkidladilar.
Elimizda taniqli bölgan şoir va sanʼatkorlar, xonandalar “Yangi Özbekistonda el aziz, inson aziz” ğoyasi ostidagi maʼnaviyat festivali tadbirlarda öz ijodlaridan namunalar, şeʼrlar, qöşiqlar ijro etib, barçaga xuş kayfiyat baxş etdilar.
Şu kuni festival doirasida Manğit şahrining Boyovul mahallasi hududida joylaşgan tuman Madaniyat bölimi binosida “101-reys” filmi namoyiş etildi. Namoyişdan oldin mazkur filmning suratga oliş jarayoni, ijodiy jamoa haqida batafsil maʼlumot berildi. Şuningdek, marhum Özbekistonda xizmat körsatgan artist Hoşim Arslonovning yorqin xotirasi yodga olindi.
Uşbu film 4,5-yil davomida işlangan bölib, unda real voqealar körsatib berilgan. Kartina 2001-yil 11-sentyabr kuni AQŞning Nyu-York şahrida uyuştirilgan terakt oqibatida “Özbekiston havo yöllari” aviakompaniyasiga tegişli Boeing-757 samolyotining 101-reys ekipaji körsatgan qahramonlik haqida hikoya qiladi. Ekipaj aʼzolarining jasorati mohirona oçib berilgan mazkur film barçaga manzur böldi.
“Manaviyat festivali” tadbirlari tumanimizning turli hududlarida davom ettirilmoqda.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶