VIJDON AZOBI...
(Hayotiy voqea)
Xolida aya çuqur “uh” tortdi... Bugun tongning otişi juda qiyin böldi. Tuni bilan közlarining yoşi tinmadi. Yiğlayverib yostiq jildlari höl bölib ketdi, buni bilsa ham yiğlayverdi, yiğlayverdi, u yoğidan-bu yoğiga ağdarilişga ham kuçi yöq edi. Köz oldiga çopqillab yurgan ikkita nevarasi kelaverdi...
Öğli özi tanlab, özi suyib uylandi. Kelinga gap yöq, yuvoşgina, aqlli, epçil. U bu oilaga kelişi bilan dala işlariga ham, rözğor işlariga ham könikdi. Kelinlik vazifasini aʼlo bajardi. Yaxşi gapirdi, mehmon kutdi, rözğor işlarining hammasini epladi. Kamçilik kimda yöq deysiz, hammada ham bor, kelinning kamçilikligini qaynona bildirmasagina oila tinç böladi. Rözğorga baraka kiradi...
Xolida aya aybni özidan izlay boşladi...
Kelini ikkita öğildan söng tuğmadi, buni uning yuziga solaverdi. Kelin beçora ulgurolmagan işlarni sanab, öğliga vaysaşdan tinmadi, baʼzida ikkovini uriştirib xumoridan çiqdi, bu uyda men xöjayinman, degandek gerdaygan kunlari qança?
Alloh ikkita nevara ham berdi. Ketma-ket ikkita öğilli bölgan kelin bolalari bilan andarmon bölib, baʼzi işlar qolib ketdi.
Rözğorda kamçilik topilaverdi, ikkita gödakning parvarişi kelinni toliqtirdi.
Çala işlar köpaydi, buni qaynona kelinning yuziga solişdan çarçamadi.
Lekin kelini aqlli, sabr-toqatli ekan. Baʼzida xonasiga berkinib yiğlab-yiğlab olardi, dardini yaşirardi. Kimga aytsin, onasiga gapirolmaydi, "özing tanlab tegding", deyişi aniq, şunga içiga yutadi, yana rözğor işlariga kirişib ketaveradi. Na iloj – bolalari bor, erini sevadi, qaytsa, ota-onasiga qiyin bölişini biladi, yaxşi bölib ketadi, degan umid bilan alamini içiga yutib yuraverdi kelin...
Şu asnoda öğil özgardi, xotiniga qattiq-qattiq gapiradigan, jerkadigan, içib kelib azob beradigan odatlari köpaydi, baʼzan qöl kötaradigan ham böldi. Ona buni bilardi, bilgan sari sevinardi. Öğliga dakki bermaydi. Erini ham aralaşmang, deb qayirib solardi.
Oilada hayot mana şunday davom etar, yegan oşi bir kun tatisa, ön kun tatimaydi, oğzibirçilik ketib, kelinning yuzi-közi kökarib yurganlari butun qişloqqa ovoza böldi. Köza kunda emas, kunida sinadi, deyişadi.
Kelinning sabri tugadi, u bolalari maktabga çiqquniça yaxşilikni kutgan edi. Ammo kutgani bölmadi, farzandlari aqlli, yuzi-közi kökargan onasi yiğlasa, otasini yomon köradigan bölişdi.
Ota-onasidan neça yillar yaşirgan sirlari oşkor böldi. Kelin qatʼiy bir qarorga keldi:
- Ajraşaman, boşqa çoram yöq.
Uning bu gapini eşitgan er eşikni körsatdi:
- Ket, ketaver!
Ona kerildi:
- Öğlimga onasi öpmagan qiz olib beraman!
Oilada heç kim uning yölini tösmadi, ikkala öğlini yetaklab çiqib ketayotgan kelin orqasiga ögirildi. Ötgan 8-yil davomida xizmat qilgan xonadonida uni uşlab turadigan heç narsa yöq ekanligidan ezildi.
- Baxtimga bolalarim soğ bölsin, - dedi-yu bu xonadonni bir umrga tark etdi...
Oradan kunlar, haftalar ötdi...
Kelin ortga qaytmadi...
Xolida ayaning yuragi bezovta qildi. U nevaralarini soğindi, özidan ötganini içi bildi, Allohdan qörqdi. U endi qaçon boşqa kelin oladi-yu, qaçon nevarali böladi?
Öğlining hayoti bunday buzilib ketişida özining aybi köproq, buni biladi. Bilgani sari vijdoni qiynaladi. U tonglar qanday otişini bilmaydi, bilolmaydi, öz xatolarini sanayveradi, qilgan işidan vijdoni qiynalib azoblanaveradi. Ikkala nevarasi köz oldidan ketmaydi.
Uyidan esa kelini bilan birga fayz-baraka ham ketib bölgan, öğli doim kayf-safoda, yarim tunda eşik taqqilatişni odat qilgan. Doim nevaralar qurşovida ötiradigan aya endi yakka moxovga öxşab qolgan yolğiz, na yegani, na içgani tatiydi. Nevaralari soğinçi yiqdimi, eri ham ötib ketdi. Şu kunlarda miş-mişlar köpayib qolgan.
Emişki, Xolida aya öğliga kelinlikka qiz izlayotganmiş...
Tuni bilan nevaralarini soğinib yiğlagan Xolida aya kunduzi tamoman özgaradi. Sababi u qalbida daraxtdek yaşab ketgan ğururidan na voz keça oladi, na uni sindira oladi. Ikkala öğil nevarasini soğinsa ham, kelinining aytarli tarozi toşini bosadigan aybi yöqligini bilsa hamki, tunda vijdon azobidan qiynalib, “mana şu tong otsin, nevaralarimni olib kelaman” degan qarorga keladi-yu, öz ğurur otidan tuşolmay ikkilanaveradi. Mana şu ikkilanişlarga bugun çek qöyildi. Sababi, sud tomonidan kelinining ajrim haqidagi arizasini öqişi bilan, butun tanasi böşaşib qoldi. Va şu yerda qon bosimi oşdimi, jonsiz yiqildi...
Zuhra Ahmedova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶