SAYYoR SUDDA HUQUQBUZARLARGA QONUNIY ÇORA KÖRILDI
Beruniy nomli mahalla fuqarolar yiğini maʼmuriy binosida oçiq sayyor sud majlisi bölib ötdi.
Şu yil 5-avgust kuni ötkazilgan oçiq sayyor sud majlisida Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi masʼullari iştirok etişdi. Sudda Qoraqalpoğiston Respublikasi Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi tuman bölimi tomonidan kelib tuşgan 23 nafar fuqaroga nisbatan Özbekiston Respublikasi MJtKning 107-moddasiga asosan töplangan maʼmuriy işlar va tuman Içki işlar bölimining yöl harakati xavfsizligi bölinmasi tomonidan kelib tuşgan 3 nafar fuqaroga nisbatan MJtKning 131-moddasi 1-qismi va boşqa moddalari bilan töplangan iş materiallari körib çiqildi.
Özbekiston Respublikasi MJtKning 107-moddasiga köra ösimliklar karantini obʼektlariga va boşqa zararli organizmlarga qarşi kuraşişga doir fitosanitariya talablarini hamda boşqa qoidalarni buziş huquqbuzarlik hisoblanadi. Yaʼni, ösimliklar karantini obʼektlariga va boşqa zararli organizmlarga qarşi kuraşişga doir fitosanitariya talablarini hamda boşqa qoidalarni karantin ostidagi mahsulotlarni işlab çiqariş, tayyorlaş, saqlaş, taşiş, qayta işlaş, realizatsiya qiliş va yöq qiliş çoğida buzganlik uçun fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravaridan uç baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa uç baravaridan beş baravarigaça miqdorda jarima solinadi.
Özbekiston Respublikasi MJtKning 131-moddasiga köra esa haydovçilarning transport vositalarini alkogolli içimlikdan, giyohvand modda taʼsiridan yoki özgaça tarzda mast holda boşqarişi, ularni transport vositasini boşqariş huquqidan bir yil-u olti oydan uç yilgaça muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblaş miqdorining yigirma beş baravari miqdorida jarima solişga sabab böladi.
Mazkur holatlarga yöl qöygan huquqbuzarlarga nisbatan tegişli jarima jazolari qöllanilib, qonuniy çoralar körildi.
J.Örazboyev, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶