BOQUVÇISINI YÖQOTGAN AYoLLAR FARZANDLARIGA MAKTAB FORMALARI SOVĞA QILINDI
Yurtimizda aholining kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qöllab-quvvatlaşga bölgan eʼtibor kun sayin oşmoqda. Bu boradagi Prezident va hukumat qarorlariga köra, aholining uşbu qatlamiga har tomonlama ğamxörliklar körsatilmoqda.
Amudaryo tumanida ham bu borada sektorlar kesimida qator işlar amalga oşirilib kelinmoqda. Ayni kunlardagi maktablarda yangi öquv yili boşlaniş arafasida ham bu ezgu işlar davom ettirilib, kam taʼminlangan oilalar farzandlariga maktab formalari, öquv qurollari, darslik va boşqa kitoblar yetkazib berilmoqda.
24-avgust kuni Qiliçboy ovuli, yaʼni 2-sektor hududida yaşovçi, "Ayollar daftari"ning 3-bosqiçida röyxatga olingan, boquvçisini yöqotgan hamyurtlarimizning xonadonlariga sektor rahbari, tuman prokurori Aziz Rözmetov, prokuror yordamçisi Abbaz Niyazimbetov va tuman Xalq taʼlimi bölimi mudiri Akmal Ismoilov, fuqarolar yiğini raisi Bahrom Qodirov va boşqalar taşrif buyurib, hol-ahvol söraşdi. Ularning farzandlariga maktab formasi, kitoblar va sport qurollarini sovğa qilişdi.
Maʼlumki, joriy yilning 31-martida Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini örganiş va hal etiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 145-sonli qarori qabul qilingan edi. Mazkur qarorga asosan “Ayollar daftari”ni yuritiş orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravişda hal etiş va ularni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş tartibi töğrisida Nizom işlab çiqildi. Uşbu Nizomda kam taʼminlangan va ehtiyojmand xotin-qizlarning muammolarini mahallabay örganiş va hal etiş hamda ularni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy qöllab-quvvatlaş tartibi belgilab berildi. Şunga köra “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga 6 toifa böyiça alohida manzilli va 3 toifa böyiça umumiy yordam körsatilib kelinmoqda.
Barça joylarda bölgani kabi 2-sektor hududida ham “Ayollar daftari” röyxatiga kiritilgan xotin-qizlar 6 ta toifaga ajratilib, ularga manzilli yordam körsatilmoqda. Uşbu ayollarning voyaga yetmagan farzandlari, qaramoğida yoşidan qatʼiy nazar I guruh nogironligi bölgan farzandlariga davolaş, dori vositalari olib beriş va boşqa yordamlar körsatiş kabilar borasida amaliy işlar yölga qöyilgan.
Sektor rahbari va boşqa masʼullar tomonidan öz farzandlariga körsatilgan ğamxörlikdan nihoyatda mamnun bölgan ayollar bunday eʼtibor uçun Prezidentimizga, homiylarga minnatdorçilik bildirişdi.
Yangi öquv yili boşlanişi arafasidagi şu kunlarda bozorlarda ota-onalar farzandlariga maktab formasi, öquv qurollarini, sport kiyimlari va boşqa zarur narsalarni olib berib, ularni xursand qilişmoqda. Bunday kezlarda kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarda voyaga yetayotgan va boquvçisini yöqotgan ayollarning öğil-qizlarga ğamxörlik qiliş, ularning könglini kötarişning savobi nihoyatda uluğ.
Sovğalarga ega bölgan bolajonlar ham ertaga boşqa tengdoşlari qatori yangi öquvçi formalarida maktabga otlanib, joriy öquv yilini kötarinki ruh bilan boşlaşadi.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶