TAʼQIQLANGAN EKIN YeTIŞTIRGAN GIYoHVAND JAZOGA TORTILDI
Taʼqiqlangan ekinlarni, yaʼni köknor yoki moyliköknor, kanabis ösimligi yoxud tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bölgan ekinlarni qonunga xilof ravişda ekiş yoki yetiştiriş jinoyat hisoblanadi. Bunday holat aniqlangan taqdirda darhol qonuniy çora köriladi.
Tumandagi ovullardan birida yaşovçi K.S. (ismlar özgartirilgan) giyohvandlikka berildi-yu, dardi dunyosi faqat şu zahri qotilga yetişiş bilan band bölib qoldi. Qayerdandir qöliga tuşib qolgan 10 dona “Marixuana” ösimligi uruğlarini özi isteʼmol qiliş uçun xonadonining tomorqa yeri çekkasidagi közga taşlanmaydigan joyiga ekkan edi, faqat 3 tup ösimlik unib çiqdi. U bu ötkir hidli ösimlikning nimaligini heç kimga aytmasdan astoydil parvarişladi. Ammo u yetiştirgan ösimligining “hosili”ni yiğişga ulgurmasidan Içki işlar xodimlari tomonidan qölga olindi va tomorqa yerining 100 kv/m. ölçamdagi qismiga, 3 tup 148,43 gramm taʼqiqlangan ekin hisoblangan, tarkibida giyohvand moddasi bölgan “Kandir” (Cannabis sativa) giyohvandlik ösimligini qonunga xilof ravişda ekib parvarişlagani uçun javobgarlikka tortildi.
Giyohvandlik kasalligiga çalingan, taʼqiqlangan bölişiga qaramasdan yaşirin tarzda giyohvand moddasi mavjud bölgan ösimlik yetiştirgan K.S. qonunga muvofiq jazolandi.
S.Davletmuradov, Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi sudyasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶