Tuman Tarix va ölkaşunoslik muzeyiga sayohat taşkil qilindi
Nogironligi bölgan va imkoniyati çeklangan şaxslarga avvaldan yurtimizda jamiyatning ajralmas bir qismi sifatida eʼtibor qaratib kelinadi. Ayniqsa, sönggi yillarda respublikamizda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, jumladan, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişlari uçun kömak beriş borasida katta işlar qilindi.
Prezidentimiz rahnamoligida oğir ijtimoiy-maişiy şaroitlarda yaşovçi oilalar arzon uy-joylar bilan taʼminlanayotgani, tibbiy xizmat, turli maişiy texnikalar sotib olişida beğaraz yordam körsatilayotgani fikrimiz dalilidir.
Özbekistonda nogironligi bor şaxslarga nafaqa tölanayotgani, şu bilan birga, mehnat qilişlariga zarur şart-şaroitlar yaratib berilayotgani ham insonparvarlik siyosatining bir körinişi, desak, ayni haqiqat böladi.
Şuningdek, ular uçun grand loyihalar doirasida köngiloçar tadbirlar, seminar-treninglar ötkazilişi ular ham özlarini jamiyatning tölaqonli aʼzosi sifatida his qilişlariga hamda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol bölişlarida yordam berib kelmoqda.
26-avgust kuni Amudaryo tumani Nogironlar jamiyati tomonidan “Yangi Renessans iştirokçilari” deb nomlangan grand loyihasi doirsasida imkoniyati çeklangan, nogironligi bölgan jamiyatimizning faol aʼzolari uçun Olmazor mahallasi hududidagi Tarixiy-ölkaşunoslik muzeyiga sayohat taşkil qilindi.
Sayohat davomida faxriy ustoz, mustaqil izlanuvçi tarixçi va ölkaşunos Şavkat Çorşamov qatnaşçilarga uşbu muzeyning qurilişi, muzey eksponatlari, bezak işlari, muzey hovlisidagi zamonaviy meʼmoriy uslubdagi barça köriniş va manzaralarni bunyod etiş borasida amalga oşirilgan keng qamrovli işlar va bu boradagi tuman hokimligi tomonidan körsatilgan beğaraz yordam haqida batafsil maʼlumot berdi.
Qatnaşçilar muzey eksponatlarini katta qiziqiş bilan tomoşa qildilar.
Xususan, tumanimizning bir neça yuz yillik tarixini özida aks ettiruvçi osori atiqalar, xalqimiz ötmişidan to bugunga qadar yetib kelgan bebaho yodgorliklar, hali ham aslini, qadr-qimmatini yöqotmagan turfa liboslar, turli davrlarga xos iş qurollari, rözğor buyumlari, tadbirkor ota-bobolarimiz tomonidan işlatilgan yoğ işlab çiqariş juvozlari, suv haydovçi çiğir va çarxpalak, madaniy-maʼrifiy hayotni özida aks ettirgan noyob qölyozmalar, manğitlik sanʼatkorlarga tegişli qadimiy sozlar, ularda juda katta qiziqiş uyğotdi.
Imkoniyati çeklangan insonlar uçun taşkil etilayotgan bu xildagi sayohatlar, köngiloçar tadbirlar ularga madaniy hordiq beribgina qolmasdan, tumanimiz tarixini yanada çuqur bilişga, ota-bobolarimiz yaratgan hunarmandçilik anʼanalarini özida mujassam etgan kulolçilik sanʼati durdonalarini, Amu böyi ayollari kiygan turli davrlarga xos turfa liboslarning qadr-qimmatini yoşlarga yetkazişda muhim omil bölib xizmat qiladi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶