21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 12:02
Jamiyat 👁 316

KUYuK KÖPIR OVULIDA TURLI MILLATLI AHOLI TINÇ VA FAROVON YaŞAYDI

KUYuK KÖPIR OVULIDA TURLI MILLATLI AHOLI  TINÇ VA FAROVON YaŞAYDI

Inson uçun özi tuğilib ösgan göşa aziz va qadrli. Ahli doniş aytganidek, Vatan bir boğdir,   Vatanning sodiq farzandlari bu boğni öz yurak qonlari ila suğormaklari darkordir. Darhaqiqat, undirib-östirgan yurtga yurak-yuragidan mehr-muhabbat qöysagina, odamzod azmu-şijoatga tölib, uluğ işlar, yaratuvçanliklar, bunyodkorliklar qila oladi, tengsiz jasoratlar körsatadi, elga şaraf keltiradi.  Mamlakatning har bir fuqarosi özining şu yurt taqdiriga daxldor ekanligini qalban his qilsagina, uning obodligi, farovonligi uçun intiladi, fido böladi.

Kuyuk köpir ovulida ham ana şunday öz eliga çeksiz mehr-muhabbat qöygan, sevib ardoqlaydigan, uning ravnaqi yölida beminnat xizmat qilişni burç deb biladigan çin vatanparvarlar yaşaydi. Azaldan mehnatkaş, hamjihat, totuv-inoq bölgan ovul aholisi birdamlikda öz makonlarining obodligi yölida harakat qilib, ahillikda yaşab kelişmoqda.

Köp yillardan beri Tamara Karimova raislik qilib kelayotgan uşbu ovulda Eşon ovul va Xöja ovul aholi punktlari mavjud. Hududdagi 1032 ta xonadonda 1167 oila, 5140 nafardan ziyod özbek, qoraqalpoq, qozoq, qirğiz millatlariga mansub aholi yaşaydi. Köp millatli aholi ahil yaşab kelayotgan bu ovulda 2 ta maktab, 1 ta davlat, 1 ta oilaviy nodavlat MTT, 1 ta oilaviy poliklinika, 1 ta kutubxona, savdo dökonlari, ovqatlaniş şoxobçalari, dorixona, novvoyxona va boşqa maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari faoliyat körsatib kelmoqda. Aholi asosan dehqonçilik va çor-vaçilik bilan şuğulla-nadi.

Ovul hududini obodonlaştiriş maqsadida sönggi yillarda 19-sonli MTT binosi qayta taʼmirlandi va barça qulayliklarga ega bölgan bolalar maydonçasi qurildi. Orol boği, Eşon ovul köçalariga qum-şağal tökilib, tekislandi, 1,5 km.ga yaqin piyodalar yölakçasi betondan qurildi. Yana bir köçaga umumiy uzunligi 3,4 km. bölgan elektr tarmoqlari tortildi va tungi yoritgiç çiroqlar qöyilib, yangidan 4 ta transformator örnatildi.

Yiğin raisi T.Karimova, xotin-qizlar faoli O.Ahmadova, hududdagi hokim yordamçisi N.Norimbatov, yoşlar yetakçisi A.Abdullayev hamda profilaktika inspektori A.Matyusupovlar fuqarolarning muammolarini örganib, bartaraf etişga, har biriga yaqindan kömak berişga birgalikda harakat qilişmoqda.

Ayniqsa, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari” röyxatida turgan fuqarolarning holidan xabar olinib, bandligini taʼminlaş, tadbirkorlik, kasb-hunar örganişga keng jalb etilmoqda. Hokim yordamçisining kömagi bilan “Ayollar daftari” röyxatiga olingan 10 nafar ayolga kredit mablağlari olib berildi va özini özi band etişlariga kömaklaşildi. Hozirgi kunda “Temir daftar”da 5 nafar, “Ayollar daftari”da 92 nafar, "Yoşlar daftari”da 72 nafar fuqaro röyxatda bölib, ularga ham imkon darajasida yordam körsatilmoqda.

Ovuldagi qozoq millatiga mansub Haytbay oğa Ketabayev hamda Gulora opa Abatovalar xonadonini eng namunali oilalardan deb aytsa arziydi. Uzoq yillar suv xöjaligi sohasida fidoyilik bilan mehnat qilgan Haytbay oğa hozirgi kunda nafaqa gaştini surmoqda. U Gulora opa bilan 5 nafar farzandni jamiyat, yurt kori-ga yaraydigan farzandlar qilib tarbiyalaşgan. Haytbay oğa öz ota-bobolari ötgan asrning boşlarida şu elga kelib Vatan tutib, ötroq yaşab boşlagani, otasi Jumamurod boboning Amudaryo daryosida yuk taşuvçi kema darğasi bölganini esga oldi. U hamma bilan oğa-inidek bölib, qon-qarindoş bölib ketgani, qöni-qöşniga mehr-oqibatli bölib, borini baham körib, yaxşi-yomon kunida yelka tutib yaşayotgani haqida sözlarkan, özlarini şu yurtdan aslo ayro tasavvur qila olmasligini taʼkidlaydi. 82 yoşgaça yaşab, qarilik gaştini surgan Jumamurod bobo kabi el-yurt manfaatiga xizmat qilib, hayot keçirayotgan Haytbay oğaning katta farzandlari Ilyos va  Manas, qizi Gulmira oilalari bilan ayni paytda Qozoğiston Respublikasida yaşab, turli sohalarda mehnat qilişadi. Kiçik öğil Baxt bilan qizi Jamila esa özlari tuğilib ösgan şu yurtda mehnat qilib, tinç-totuv hayot keçirişmoqda. Kelinlar ham biri öqituvçi, biri hamşira bölib, eldan olqiş olişmoqda.

Xonadon ahli böş vaqtlarida hovlidagi tomorqa yerlari, boğ-roğlari, çorva, parrandalarini parvariş qilişadi. Şu mehnatlari evaziga rözğorga kerakli bölgan meva-çeva, sabzavotlarni yetiştirişadi. Haytbay oğa bilan Gulora opa esa egizak nevaralar Aliya, Alfiya, Aydoslar tarbiyasi bilan band. Ularga alifbedagi harflarni kiçikligidan örgatib boşlaşgani uçun, endi 6 yoşga tölgan bölsa ham, öqib-yozişni bilişadi.

Maʼnaviyatli bu insonlarni yiğin masʼullari ham özaro kelişmovçiliklar bölayotgan notinç oilalar egalariga doim ibrat qilib körsatişadi. Öz navbatida ovulning yoşi kattalaridan bölgan bu insonlarni yoşlarga hayotiy tajribalaridan ögit-nasihat beriş uçun tadbirlarga taklif etib turişadi.

Yoşgina bölişiga qaramasdan “Şukurullo-Islombek” oilaviy korxonasini taşkil etgan Şukurullo Otajonov ovuldoşlarining yangi qurayotgan imoratlariga zamonaviy plastikdan yasalgan deraza va eşiklar, temir darvoza, panjaralar yetkazib beriş bilan band. Şogirdlari bilan birgalikda xom aşyo keltirib, talabga köra deraza romlarini tayyorlaşadi, mijozlardan buyurtmalar qabul qilişadi. Barça buyurtmalarni sifatli va pişiq-puxta işlaşganidan yangi imo-rat boşlagan kuyuk köpirliklar deraza, eşiklarini tuman markaziga borib yurmasdan şu tsexda tayyorlatişni maʼqul körişadi.

Tadbirkor tsex uçun qurilgan katta binoda sartaroşxona va boşqa maişiy xizmat turlarini ham köpaytirişni rejalaştirgan.

U hududdagi hokim yordamçisi Nodirbek Norimbatovning kömagi bilan bankdan 24 mln. söm kredit mablağini olib, çorvaçilikni ham taşkil qilib, qoramollar sonini 10 taga, qöylarni 19 taga, şu qatori parrandalarni 200 taga yetkazdi. 

– Oilamiz juda katta, – deydi yoş tadbirkor. – Ota-onamizdan rözğorimizni bölak qilgan bölsak ham hammamiz birgalikda mehnat qilamiz. Ukalarim men bilan birga işlaydi, allaqaçon öz işlarining ustalari bölişgan. Xonadonimiz kelinlari esa rözğor işlari, bolalar tarbiyasi bilan band. Qolaversa, kattagina tomorqa, boğlarimizdan ham unumli foydalanişga harakat qilamiz.

Nafaqat ovulda, balki tumanda ham yetakçilar qatorida kelayotgan yoş fermer Quvonç Matkarimov mustaqillik bilan tengdoş. Qoraqalpoq millatiga mansub oilada tuğilib voyaga yetgan bu yigit Qoraqalpoq davlat universitetining kimyo-texnologiya yönalişida tahsil oliş bilan birga otasi Maqsud oğa Matkarimovga “Ibragim Qron” fermer xöjaligini yuritiş işlarida kömaklaşib keldi. Xöjalik ixtiyoridagi 150 gektar yer bölinib, “Quvonç Maqsud” fermer xöjaligini 2015-yilda taşkil qilişganidan söng, Quvonç uni mustaqil özi boşqara boşladi. Ötgan yili pensiyaga çiqqan Maqsud oğa ham hozirga qadar xöjalikni rivojlantirişda yaqindan kömaklaşib, kerakli maslahatlar berib kelmoqda. Buning natijasida paxta va ğalla böyiça rejalar ortiği bilan bajarilib, tumandagi ilğor xöjaliklar qatoridan joy olişga muvaffaq bölişmoqda.

Hozirgi kunda xöjalik ixtiyorida 76 gektar yer maydoni mavjud bölib, 31 gektar yerga paxta ekilgan. Şuningdek, 20 gektar yerda ğalla yetiştirilib, rejadagidan ortiq hosil olişga erişildi. Qolgan yerlarga esa sabzavot va poliz ekinlari ekilib, parvariş qilinmoqda. Xöjalikda 3 ta traktordan yerga işlov beriş va boşqa işlarda foydalanilib kelinmoqda. Paxta dalasida 38 nafar pudratçi öz vaqtida agrotexnik qoidalar asosida ğözalarga işlov berişgani bois bu yil kösak möl böldi.  Şu sababli joriy yildagi paxta mavsumida har gektar yerdan 50 tsentnergaça hosil oliş möljallanmoqda.

Vatanning har bir qariç yeri, ösib turgan butasi-yu giyohi, zarra qumi va misqol tuproği, tomçi suvigaça aziz va qadrli. Uni faqat seviş emas, yurak-yurakdan anglamoq, har bir qatrasiga singib ketmoq va yaşnatiş, qayta yaratiş, obod etiş uçun intilmoq kerak. Özi tuğilib ösgan şu yurtga astoydil mehr bergan Haytbay oğa va Gulora opa, yoşgina tadbirkor Şukurullo Otajonov, mustaqillik tengdoşi, fermer Quvonç Matkarimov, elning dardu-taşvişi bilan yaşayotgan Tamara opa Karimova, Nodirbek Norimbatov kabilarning Vatanga muhabbati, yurt taraqqiyotiga qöşayotgan hissasi, farovonlik yölidagi intilişlari bilan har bir maskan obod va hayot gözal böladi.

Ozoda Xudoyberganova,

jurnalist.

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026