21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 22:41
Siyosat 👁 438

AMUDARYoDA MAMLAKATIMIZ MUSTAQILLIGINING 31 YILLIGI KENG NIShONLANDI

AMUDARYoDA MAMLAKATIMIZ MUSTAQILLIGINING 31 YILLIGI KENG NIShONLANDI

Mavzuga oid fotogalereya

Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi eʼlon qilingan kun eng ulugʻ, eng aziz bayram sifatida yurtimiz boʻylab har yili keng nishonlanadi. Bu yil ham yurtimizning har bir goʻshasida “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan shiorni asosiy gʻoya sifatida oʻzida mujassam etgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi. Mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Amudaryo tumanida ham Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbirlari boʻlib oʻtdi.

29-avgust kuni 2-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabi oʻyingohida “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida boʻlib oʻtgan bayram tomoshasiga tuman hokimi, sektorlar rahbarlari, deputatlar, fuqarolar yigʻinlari masʼullari, tadbirkorlar, ilgʻor dehqon va fermerlar, faol yoshlar, mehnat faxriylari hamda keng jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi.

Tantanavor shiorlar, rang-barang bayroqchalar va chiroqlar, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarining davlat bayroqlari, turfa gullar va sharlar bilan bezatilgan katta sahna, monitorlardagi obod goʻshalar tasviri barcha-barchasi maydonga yanada fayz kiritib, tomoshabinlarga koʻtarinki ruh baxsh etdi.

Tadbirni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev ochib berdi va tuman aholisini mustaqillik bayrami bilan muborakbod etdi. Tuman hokimi Oʻzbekistonda mustaqillikka erishilgan dastlabki yillardagi ogʻir va sinovli davrlar, shuningdek, mamlakatdagi soʻnggi yillar davomidagi oʻzgarish va bunyodkorliklar xususida soʻz yuritib, tuman miqyosidagi islohotlar, rivojlanishlar, yutuqlarni tilga oldi.

Prezidentimizning yaqindagina Qoraqalpogʻistonga qilgan tashrifi davomida aholi va tadbirkorlar uchun koʻplab imtiyozlar joriy qilingani, faqat Qoraqalpogʻiston uchun foyda soligʻi, aylanma soliq, mol-mulk va yer soligʻi stavkalari 2 barobar kamaytirilib, paxta va gʻalla maydonlarini qisqartirish evaziga har bir oilaga 2 gektardan yer ajratish, yoʻllarni taʼmirlash, elektr, gaz va suv taʼminotini yaxshilash boʻyicha topshiriqlar berilgani alohida taʼkidlab oʻtildi.

Aytish joizki, Amudaryo tumanida ham keyingi yillarda barcha sohalarda ulkan natijalarga erishilmoqda. Birgina joriy yilning oʻtgan 6 oyi davomida salkam 300 mlrd. soʻmlik sanoat mahsulotlari, 86 mlrd. soʻmlik xalq isteʼmol tovarlari, 620 mlrd. soʻmlik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarilib, investitsiyalar hajmi salkam 250 mlrd. soʻmga yetdi.

Hududda yuz berayotgan bu kabi oʻzgarishlar, amalga oshirilayotgan bunyodkorliklar amudaryoliklarni yanada yuksak marralar sari ilhomlantirmoqda. Bu tumanda turli sohalarda erishilayotgan ijobiy natijalarda, qoʻlga kiritilayotgan ulkan yutuqlarda oʻz aksini topmoqda.

Tuman hokimi tabrigidan soʻng Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalari Davlat madhiyalari yangrab, tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” nomli stsenariy asosida tayyorlangan bayram tomoshasi boshlandi. Yosh havaskor xonanda Islom Ollayorov ijrosidagi “Vatan” qoʻshigʻi bilan boshlangan tomosha “Sirli olam” deb nomlangan kompozitsion chiqish bilan davom ettirildi.

Teatrlashtirilgan tomosha tarzidagi ushbu chiqish davomida madaniyat xodimlari va yosh havaskorlar millatimizning ulugʻ siymolari koʻrinishida namoyon boʻlib, ajdodlarimizning uygʻonish davrida ilmu-fan, saltanat ravnaqi yoʻlida amalga oshirgan olamshumul kashfiyotlari, jasoratlari haqida soʻzlashdi. Ular Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur obrazlarini gavdalantirib, barchani vatanparvarlikka, tinchlik-osoyishtalikni koʻz qorachigʻidek asrashga, yurt taraqqiyoti, jamiyat rivoji uchun xizmat qilishga chorlashdi. Sahnada yosh havaskorlar qatagʻon qurbonlari, ilm-maʼrifat asosiga qurilgan ilgʻor jamiyatni orzu qilgan va shu yoʻlda jonlarini fido qilgan yurt ziyolilarini ham obrazli tarzda jonlantirib, shu Vatan ozodligi, millat ravnaqi yoʻlidagi ezgu ishlari haqida soʻzlashdi.

Sahna orqasidagi monitorlarda yurtimizda, shu jumladan tumanimizda roʻy berayotgan oʻzgarish va yangilanishlar videorliklar orqali namoyish qilindi.

Aytish kerakki, oʻtgan yillar mobaynida tuman hududidagi chekka ovul va mahallalarda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari bajarildi. Joriy yilda ham dastur doirasida Ayoqchi mahallasi va Toʻlqin ovulida 27,3 mlrd. soʻmlik mablagʻ evaziga yirik qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Koʻp qavatli uy-joylar, ijtimoiy, xizmat koʻrsatish va servis obʼektlari qurildi. Shu qatori tumanda qishloq xoʻjaligi, taʼlim, sogʻliqni saqlash sohalarini rivojlantirish, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash, aholi bandligini taʼminlash kabi sohalarda ham eʼtiborga molik ishlar olib borilib, bu boradagi ezgu ishlar uzluksiz davom ettirilmoqda.

Bir soʻz bilan aytganda, amudaryoliklar mustaqillikning oʻttiz bir yillik toʻyini barcha sohalardagi oʻziga xos yutuqlar bilan qarshi olishmoqda.

Tadbirda tuman yoshlari ijrosidagi “Shijoatli yoshlar – yurt qalqonlari” deb nomlangan sahna koʻrinishlari ham tomoshabinlar eʼtiboriga eʼtirofiga sazovor boʻldi.

Maʼlumki, yurtimizda istiqlol yillarida millat, yurt kelajagi boʻlgan yoshlarga alohida eʼtibor qaratilib, keng imkoniyatlar yaratildi. Bu imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan yoshlar bugun turli yoʻnalishlarda yuqori natijalarga, muvaffaqiyatlarga erishib, Oʻzbekiston nomini butun dunyoga tanitmoqda. Shu qatori tumanimiz yoshlariga ham har tomonlama yetarli sharoitlar yaratib berilmoqda.

Maktablar yangidan taʼmirlanib, qoʻshimcha binolar, yangi sport inshootlari qurilib, yoshlarimizning zamon talablari asosida taʼlim va tarbiya olishlariga shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Oʻz navbatida tuman yoshlari ham sport, taʼlim va boshqa yoʻnalishlarda katta yutuqlarni qoʻlga kiritib, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishmoqda, yurt kelajagiga munosib farzandlar boʻlib kamolga yetmoqda. Ayniqsa, maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun zamonaviy qiyofadagi shinam va koʻrkam binolar qurilib, davlat va nodavlat tashkilotlari soni ortmoqda. Bu esa tumanda maktabgacha taʼlim yoshidagi kichkintoylarni qamrab olish darajasi ortishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tomosha davomida tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va “Barkamol avlod” bolalar maktabi oʻquvchilari ijrosidagi quvnoq kuy-qoʻshiqlar, jamoaviy raqslar tomoshabinlardagi bayramona kayfiyatni yanada koʻtardi. Ayniqsa, turli millat vakillarining “Oʻzbekiston – umumiy uyimiz” turkumidagi ijrolari barchaga manzur boʻldi.

Bayram tomoshasida tumanimizdagi taniqli estrada xonandalari Vatan, tinchlik, farovonlik, mehr va muhabbat haqidagi qoʻshiqlarini kuylab, hammaga zavq ulashishdi. Mustaqillik bayrami tantanalari tumanimizning ovul va mahallalarida, mehnat jamoalarida davom etmoqda.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026