Töylar - maʼnaviyatimiz közgusi
Xalqimizda töy köp, yaxşi kunlarimiz köp, ilohim köz tegmasin!
Töy marosimi ikki yoşning muhabbati ila oila atalmiş muqaddas qörğonning qurilayotganligini elu-yurtga, qarindoş-uruğlarga maʼlum qilib, oldidan ötiş degan maʼnolarni beradi...
Ammo bu marosim bugungi kunga kelib, insonlarning mol-u dunyosini köz-köz qilişga qaratilgan bellaşuvga öxşab qolayapti.
Hayratlanarlisi şundaki, bu "katta” marosimning kiçik-kiçik marosimçalari bolalab ketayotir. Eşik oçar, maslahat, kengaş, qiz yiğin, kelin kördi, kuyov çaqiriq, kelin çaqiriq yana yoşlarning va kattalarning "yuvdi-yuvdi”lari...
Yuqoridagilarning barçasi faqat asosiylari, bu röyxatni tağin davom ettiriş mumkin. Bularning barçasini hisoblab çiqqanimizda, kiçikroq bir töyga yetgulik xarajatlar kelib çiqadi. Şukurki xalqimiz badavlat, dasturxonimiz tökin, osmonimiz tinç, şunday ekan, har bir yurtdoşimizning boşi töydan, yaxşi kundan çiqmasin.
Lekin ayrim qöştirnoq içidagi marosimlarning insonlarga, oilaga foydasi bormi? Ularni kimlar öylab topayapti?
Bolalikda, "qirq keçayu qirq kunduz töy beribdi va murodu maqsadlariga yetişibdi”, deb yakunlanuvçi ertaklarni köp eşitganmiz. Hozirgi töylarimiz ham şu iboraga öxşab ketayapti. Biroq qirq keça-yu qirq kunduz qilinayotgan töylar yakuni qanday bölayapti? Ikki yoş murodu maqsadlariga yetişib baxtli bölayaptimi? Afsuski yöq. Xalqimizda asalning ham ozi şirin degan maqol bor.
Biz tejamkorlikni çetlab ötib isrofgarçilikka yuz tutişimiz bu nafaqat moddiy zarar, balki, musulmonçiligimizga ham zid bölgan salbiy illatdir.
Nega yapon yuz yil yaşaru,
Özbek bunça yoşga bormaydi.
Çunki yapon bizdek qoronğu,
Sahar turib oşga bormaydi.
Garçi bizdan yuz bor farovon,
Garçi bizdan yuz karra töqdir.
Töy xarjida yuzta boy yapon
Bir kambağal özbekça yöqdir”, - deb yozadi E.Vohidov. Bu sözlarning zamirida maʼno köp. Faqat çuqurroq mulohaza qilişimiz lozim. Bu haqda juda köp gapirilayapti, yozilayapti. Ammo xulosa çiqarolmayapmiz, deb öylab qolaman. Ayniqsa bugungi kunga kelib, qiz çiqariş öğil uylantirişdan ham qiyinroq bölib bormoqda. Hayotimiz tökis, baxtimiz bekam bölgan dorilomon bir paytda öylab köraylik: biz bu kunlarga qanday erişdik?
Qolaversa sayyoramizning ayrim hududlarida oçlik, yöqçilik hukm surayotgan bir davrda, biz töqçilikning qadriga yetmay, isrofgarçilikka yöl qöyayotganimiz yöqmi? Bu dabdababozliklarda faqatgina kattalarni ayblaş noörin. Sababi mana şu isrofgarçilik atalmiş salbiy illatga qaysidir maʼnoda yoşlar ham yöl qöymoqdalar. Bunga yaqqol misol – töy sayllari "gulyanka”lar. Kelin-kuyovlarimiz eng söngi rusumli maşinalarda saylga çiqişadi. Bundan taşqari kuyov tarafdan va kelin tarafdan yana bir qança maşinalarni orqalariga ergaştirib ulov serqatnov bölgan köçalarda, yöllarda şunday palapartiş harakatlanişadi. Xolbuki, köplab yöltransport hodisalari mana şu marosimlarda sodir bölmoqda. Mana şu nomaqbul odat qançadan-qança yoşlarning hayotiga zomin böldi...
Töylarimiz kamçiliklardan xoli bölib, haqiqiy baxt ostonasi bölsa, kelin-kuyovlar murod-maqsadlariga yetişsa, qaniydi.
Aziza MADRAHIMOVA,
Manğit Iqtisodiyot kolleji öquvçisi.
Foto: http://www.haqida.uz

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶