21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 22:41
Siyosat 👁 350

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan Amudaryo tumani hokimi S.Yoʻldashevning tuman ahliga bayram tabrigi

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan Amudaryo tumani hokimi S.Yoʻldashevning tuman ahliga bayram tabrigi

Aziz yurtdoshlar!

Bugun yurtimiz boʻylab eng ulugʻ va eng aziz bayramimiz – Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligi keng nishonlanmoqda. Barchangizni, Sizlarning timsolingizda tumanimiz ahlini, butun xalqimizni mustaqillik bayrami bilan samimiy tabriklayman!

Milliy davlatchiligimiz tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, ota-bobolarimiz azaldan mustaqillik uchun kurashib, oʻz yurtiga, oʻz yeriga oʻzi egalik qilishni asrlar davomida orzu qilib kelganlar. Xalqimizning necha-necha mard oʻgʻlonlari oʻz yurtini himoya qilib, bosqinchilarga qarshi mardona kurashganlar.

Bundan 31-yil oldin – 1991-yil 1-sentyabr kuni ota-bobolarimizning asrlar davomida qilgan orzulari ushalib, dunyo xaritasida Oʻzbekiston degan mustaqil davlat paydo boʻldi. Bugun ozod va obod Vatanda baxtiyor va farovon yashayotgan har bir yurtdoshimiz mustaqillik uchun jonini bergan, Vatan ozodligi yoʻlida shahid ketgan ota-bobolarimizning xotirasini hech qachon unutmasligi kerak.

Bugun dunyoning turli burchaklarida, atrofimizda sodir boʻlayotgan turli urush va nizolar, qarama-qarshiliklar va kelishmovchiliklar barchamizni yanada ogoh va xushyor boʻlib, mustaqilligimizni, davlatimizning hududiy yaxlitligini koʻz qorachigʻiday asrashga undamoqda.

Sababi, aynan mustaqilligimiz sharofati bilan Vatanimiz jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin egallab, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish imkoniga ega boʻldik.

Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan oqilona ichki va tashqi siyosat natijasida mamlakatimiz dunyo davlatlari orasida oʻz nufuziga ega boʻlib, xalqimiz tinch va farovon yashamoqda. Barcha sohalarda amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida shahar va qishloqlarimiz kundan kunga obod boʻlib, xalqimizning hayot sifati yangi bosqichga koʻtarilmoqda.

2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida “Inson qadri uchun” degan tamoyil asosida xalqimizning turmush farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyotni va tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilgan ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida oladigan boʻlsak, soʻnggi 6-yil davomida tadbirkorlik subʼektlari soni 2 barobarga ortdi, 4,5 mingta investitsiya loyihalari ishga tushirildi. Ichimlik suvi taʼminoti 40 foizdan 68 foizga, maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasi 32 foizdan 76 foizga, aholi daromadlari jon boshiga 2 barobarga oshdi.

Prezidentimizning yaqindagina Qoraqalpogʻistonga qilgan tashrifi davomida aholi va tadbirkorlar uchun koʻplab imtiyozlar joriy qilindi. Faqat Qoraqalpogʻiston uchun foyda soligʻi, aylanma soliq, mol-mulk va yer soligʻi stavkalari 2 barobar kamaytirilib, paxta va gʻalla maydonlarini qisqartirish evaziga har bir oilaga 2 gektardan yer ajratish, yoʻllarni taʼmirlash, elektr, gaz va suv taʼminotini yaxshilash boʻyicha topshiriqlar berildi.

Tumanimizda ham keyingi yillarda barcha sohalarda ulkan natijalarga erishilmoqda. Birgina joriy yilning oʻtgan 6 oyi davomida salkam 300 mlrd. soʻmlik sanoat mahsulotlari, 86 mlrd. soʻmlik xalq isteʼmol tovarlari, 620 mlrd. soʻmlik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarilib, investitsiyalar hajmi salkam 250 mlrd. soʻmga yetdi.

“Obod qishloq” dasturi doirasida Ayoqchi mahallasi va Toʻlqin ovulida 27,3 mlrd soʻmlik mablagʻ evaziga yirik qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili deb belgilangan joriy yilda xalqimiz turmush sifatini yangi bosqichga olib chiqish, mahallani islohotlar markaziga aylantirish, bir soʻz bilan aytganda, xalqimizni hayotdan rozi qilish yoʻlida juda keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Aziz yurtdoshlar!

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bu kabi oʻzgarish va yangilanishlarning asosi – mustaqillik deya atalmish buyuk neʼmatdir.

Mamlakatimiz bundan 31-yil avval oʻz erkini qoʻlga kiritib, oʻz taqdiri oʻzi belgilash, taraqqiyot yoʻlini oʻzi tanlash imkoniga ega boʻldi.

Bugun yurtimizning har bir qishloq va mahallasida “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan gʻoya asosida mustaqilligimizning 31 yillik bayrami keng nishonlanmoqda.

Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni mustaqillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Ozod va obod Vatanimiz hamisha tinch, bagʻrikeng va mehnatkash xalqimiz doimo sogʻ-omon boʻlsin!

Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026