24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 09:27
Jamiyat 👁 379

Yoʻllar ravon, koʻchalar yorugʻ

Yoʻllar ravon, koʻchalar yorugʻ

Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan soʻng barcha sohalar obodlik va bunyodkorlik sari yuz tutdi. Shahar va qishloqlarda, ovul va mahallalarda yangi obʼektlar qurilib, zamonaviy binolar qad rostlamoqda. Olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari natijasida shahar va qishloqlarimiz tanib boʻlmas darajada oʻzgarib ketdi. Bu boradagi amalga oshirilayotgan ishlar tumanimizda ham oʻz aksini topdi. Olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari tumanimiz aholisining ayni dilidagi orzularning ijobatidir.

Olis manzillarga tutashib ketgan yoʻllarni kuzatar ekansiz, uning ikki yonida bunyod etilayotgan zamonaviy aholi turar joylari, taʼlim muassasasi va maishiy xizmat koʻrsatish binolari eʼtiboringizni tortadi. Bularning barchasi zamonaviy shaharsozlik talablari asosida qad rostlayotgani tumanimizga oʻzgacha koʻrkamlik baxsh etmoqda.

Tumanimizning keng va ravon koʻchalari, soʻlim tabiat bagʻridagi madaniyat va istirohat bogʻi, bir-biridan hashamdor koʻp qavatli uylari bu yerga kelgan har bir kishida oʻzgacha havas uygʻotishi tabiiy.

Keyingi yillarda tumanda transport infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholiga qulaylik yaratish hamda yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida mahallalarda umumfoydalanuvdagi avtomobil yoʻllarini zamon talablari darajasida taʼmirlash ishlariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Tuman boʻyicha 42,9 km yoʻlning taʼmirlanishi uchun 12 mlrd. 370 mln. soʻm miqdorda mablagʻ ajratilgan boʻlib, bugungi kunga taʼmirlash ishlari 50 foizga bajarildi. Yaʼni, 11 ta mahallada 18 km uzunlikdagi ichki yoʻllarni taʼmirlash ishlari toʻliq va sifatli qilib yakunlandi.

Bundan tashqari, yoʻllarning ikki yon tomoni koʻkalamzorlashtirilib, gul va daraxtlar ekilmoqda. Mangʻit shahrining Beruniy, Olmazor, Gulzor mahallalaridagi shohkoʻchalarda qurilgan 9 km uzunlikdagi piyodalar yoʻlakchasi va salomatlik yoʻlkachalari yoʻlovchilar va avtomashinalarning harakatlanishi uchun qoʻshimcha qulaylik yaratmoqda.

Qolaversa, Barkamol avlod, Humoyun koʻchalariga tungi yoritgich chiroqlari, velosiped yoʻlaklari qurilgani koʻchalarning yanada fayzli va koʻrkam qiyofa kasb etishida muhim omil boʻldi. 7 mlrd. 113,3 mln. soʻmlik qiymatga ega mazkur qurilish ishlari pudratchi tashkilotlar tomonidan sifatli hamda tezkor ravishda amalga oshirildi.

Ayniqsa, mustaqillik bayrami arafasida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan koʻchalarga qoʻshimcha ravishda tungi yoritish uskunalari, bayrogʻimiz rangidagi bezaklar va turli shakldagi yorqin chiroqlarning oʻrnatilishi yurtdoshlarimizga bayramona kayfiyat baxsh etdi.

Oʻrnatilgan tungi yoritgich chiroqlari koʻchalarni kunduz kabi yoritib turishi bilan birga, shahrimiz chiroyiga chiroy baxsh etmoqda.

Qolaversa, bu xayrli ishlar piyodalarning keng va ravon yoʻllardan, yorugʻ koʻchalardan yurib, qiynalmay manzillariga yetib borishlarida hamda aholining veloyoʻlakchalardan foydalangan holda oʻz salomatliklarini tiklashlarida muhim vosita boʻlmoqda.

Yurtimizda, xususan Amudaryo tumanida amalga oshirilayotgan bu kabi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari avvalo, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Zamonaviy koʻrinishdagi yangi-yangi binolar, uy-joylar, tekis va ravon yoʻllar hamda yoʻlakchalarning mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi esa xalqimiz uchun chinakam bayramona sovgʻa boʻldi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026