21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 22:40
Fan va taʼlim 👁 301

MAKTAB DIREKTORLARI UChUN HUQUQIY TARGʻIBOT TADBIRI TAShKIL ETILDI

MAKTAB DIREKTORLARI UChUN HUQUQIY TARGʻIBOT TADBIRI TAShKIL ETILDI

Prezidentimizning 2018-yil 13-apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida Adliya boʻlimlarining asosiy vazifalaridan biri − qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijrochilarga yetkazish, “respublika-viloyat-tuman-mahalla” printsipi boʻyicha huquqiy-targʻibot va aholining huquqiy savodsizligiga barham berish, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan birgalikda chora-tadbirlarni amalga oshirish ekanligi belgilab qoʻyilgan.

Shunga muvofiq Amudaryo tumani Adliya boʻlimi tomonidan tumandagi davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, yangidan qabul qilinayotgan normativ huquqiy hujjatlarni keng aholi qatlamiga yetkazish, ularning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida targʻibot tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda.

Joriy yilning 9-sentyabr kuni Olmazor mahallasi hududidagi 82-sonli maktabda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimi Davron Bozorboyev hamda tuman Adliya boʻlimi masʼullari tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli umumtaʼlim maktablari direktorlari bilan uchrashuv oʻtkazdilar.

Uchrashuvda maktab direktorlari yangidan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar, korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shu bilan birga, korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini taʼminlash hamda korruptsiya koʻrinishlarining sabablarini bartaraf etish boʻyicha yangi tizimli choralar koʻrilayotganligi taʼkidlandi.

Soʻzga chiqqan masʼullar mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi, jamiyatning maʼnaviy yangilanishi, jahon hamjamiyatiga qoʻshilishini taʼminlaydigan huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati barpo etilayotgani, bu jarayonda esa jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish talab etilishini alohida eʼtirof etib oʻtishdi.

Shundan soʻng Prezidentimizning 2022-yil 31-avgustdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2022-yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonlarining mazmun-mohiyati boʻyicha batafsil tushunchalar berib oʻtildi.

Ushbu Farmonning koʻplab yangi imtiyozlarga yoʻl ochayotgani toʻgʻrisida soʻz yuritilib, endilikda qoraqalpogʻistonlik pensionerlarga samolyot va poyezd chiptalari – 50 foiz chegirmada berilishi, kam taʼminlangan oilalarga 600 ming soʻmdan bir martalik yordam pullari tarqatilishi, kelasi oʻquv yilidan yoshlar uchun qoʻshimcha qabul kvotalari joriy etilishi, soliq imtiyozlari, tadbirkorlarga va boshqalarga ajratiladigan yangi kreditlar va shu kabi yaratilayotgan qator imkoniyatlar xususida maʼlumotlar berildi.

Tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib tegishlicha javoblar olishdi.

Jamshid Bekimbetov, tuman Adliya boʻlimi bosh maslahatchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026