21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 14:36
Qishloq xoʻjaligi 👁 388

OQ OLTINLIKLAR SARBALAND XIRMON BUNYoD ETIShMOQDA

OQ OLTINLIKLAR SARBALAND XIRMON BUNYoD ETIShMOQDA

Ayni kunlarda barcha joylarda boʻlgani kabi Amudaryo tumanidagi fermer xoʻjaliklari dalalarida ham paxta yigʻim-terimi avjida. Mohir terimchilar erta bahordan to yoz oxirigacha astoydil parvarish qilingan gʻoʻzadan yetishtirilgan moʻl hosilni yigʻib-terib, sarbaland xirmon bunyod etish, oilalariga daromad keltirish maqsadida astoydil harakat qilishmoqda.

Oq oltin ovulidagi Rashid Qutlimurodov raislik qilayotgan “Saparboy Qodir” fermer xoʻjaligi ham tumanda birinchilardan boʻlib paxta yigʻim-terimiga kirishgan edi. Xoʻjalikda 48 gektar yerda “Mangʻit-1” navli paxta yetishtirildi. Bugunga kelib ushbu xoʻjalik dalalaridan 40 tonnadan ziyod birinchi navli paxta terib olindi. Hosildorlik gektaridan 30 tsentnerni tashkil qilmoqda. Xoʻjalik terimchilari bir kunda 6-8 tonna hosil topshirib, tumanimiz “oq oltin” xirmoni yuksalishiga munosib hissa qoʻshishmoqda.

Terimchilarga bepul tushlik qilib berilmoqda. Terim ilgʻorlari fermer xoʻjaligi tomonidan alohida ragʻbatlantirib borilmoqda. Bu ragʻbat hasharchi-yu terimchilarga yanada koʻproq kuch-gʻayrat, shijoat bagʻishlamoqda.

Joriy yilda tumanimizda paxta xom ashyosi yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari uchun barcha sharoitlar yaratildi. Urugʻlik chigit, mineral oʻgʻit, yonilgʻi-moylash mahsulotlari oʻz vaqtida dala boshiga yetkazilib berildi. Fermer xoʻjaliklari texnika taʼminoti yaxshilandi. Chigit zamonaviy seyalkalar yordamida yerga qadaldi. Ana shu omillar va suvdan oqilona foydalanish, fermer xoʻjaligi dalalarida mehnat qilgan dehqonlarimizning fidokorona mehnati evaziga dalalarda moʻl hosil toʻplashga erishildi.

Hozirda tumanimiz dalalarida halol mehnat hamda katta xarajat evaziga yetishtirilgan paxta hosilini qisqa muddatlarda va sifatli yigʻib-terib olish ishlari qizgʻin davom etmoqda.

Klaster korxonasi – masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi tomonidan 352 ta fermer xoʻjaligi bilan shartnoma tuzilgan boʻlib, chigit ekilgan maydon 13900 gektarni tashkil qiladi. Ushbu paxta dalalarida hosildorlikni 32,2 tsentnerga, yalpi hosilni 44 ming 755 tonnaga yetkazish moʻljallangan.

Tumanda 2022-yil paxta yigʻim-terimi mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish va uni optimal muddatlarda amalga oshirish maqsadida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Shunga koʻra 290 ta terim otryadlari tashkil qilindi. Terim otryadlariga tajribali xoʻjalik faollaridan iborat otryad rahbarlari tayinlandi. Terimchilarga oʻz vaqtida terim pullarini berib borishni tashkil qilish maqsadida bank xodimlari biriktirildi.

Otryadlarga jami 23 ming 266 nafar terimchilar jalb qilingan boʻlib, ular ayni mavsum davomida terimga koʻmaklashishmoqda. Shundan 9283 nafarini paxta toʻqimachilik va fermer xoʻjaligi ishchilari, 13983 nafarini uyushmagan aholi tashkil qiladi.

Paxta yigʻim-terim ishlarida 260 ta paxta tashish texnikalari, 535 ta tirkamalar, 580 ta tarozi, 580 ta qozon-oʻchoq, 580 ta samovar, 870 ta suv saqlash baklari, 52108 ta etaklardan foydalanilmoqda. Terimchilar mavsum boshidan 19-sentyabrgacha tumanimiz paxta xirmoniga 6206 tonnadan ortiq paxta topshirishga muvaffaq boʻlishdi.

Barcha hududlarda boʻlgani kabi “Saparboy Qodir” fermer xoʻjaligi paxtazorlarida terim ishlari ayni avjida. Ilgʻor terimchilardan Gavhar Boltaboyeva, Xolida Pasiyeva, Nargiza Oʻrozboyeva, Sayyora Haydarova, Shahlo Shomurodova, Shohida Eriyeva, Muhabbat Quvvatboyeva va boshqalar terim surʼatini kun sayin oshirib, xoʻjalik xirmonini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshishmoqda va barchaga oʻrnak boʻlishmoqda.

Dastlabki dovondan oshib, yanada yuksak xirmon barpo etish istagida paxta terimini jadal davom ettirayotgan “Saparboy Qodir” fermer xoʻjaligi kabi xoʻjaliklar soni tumanimizda kundan-kunga ortib bormoqda.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026