21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 11:56
Iqtisodiyot 👁 249

Amudaryo tumani boʻyicha yil boshidan buyon 25 mingdan ortiq shaxsga salkam 200 mlrd soʻm pensiya va nafaqa pullari toʻlandi

Amudaryo tumani boʻyicha yil boshidan buyon 25 mingdan ortiq shaxsga salkam 200 mlrd soʻm pensiya va nafaqa pullari toʻlandi

Mamlakatimizda fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalasiga doimiy eʼtibor qaratib kelinmoqda. Bu borada Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasining Amudaryo tuman boʻlimi tomonidan ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Boʻlim xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolarning davlat pensiya taʼminotini tashkil etish, fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya toʻlovlari va boshqa toʻlovlarni tayinlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarining qayta hisoblab chiqilishini taʼminlash ishlarini sifatli tarzda amalga oshirib kelmoqdalar. Shuningdek, tuman miqyosida pensiyalar va boshqa toʻlovlarni toʻliq hajmda moliyalashtirish va toʻlanishini tashkil etish, ular boʻyicha hisob va hisobotni yuritish ham mazkur boʻlim xodimlarining zimmasiga yuklatilgan.

Bugungi kunda boʻlimda 21 ta shtat birligi mavjud boʻlib, shundan, Pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlarni tayinlash, qayta hisoblash hamda toʻlovlarni tashkil qilish shuʼbasida 11 nafar xodim, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi orqali davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini tadim etish shuʼbasida 5 nafar xodim faoliyat yuritib kelmoqda.

Amudaryo tumani boʻyicha 2022-yil 1-sentyabr holatiga pensiya va nafaka oluvchilar soni 25 ming 332 nafarni tashkil qiladi. Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida ularga jami 193,1 mlrd. soʻmlik pensiya va nafaqalar toʻlab berildi. Mazkur shaxslarning 18 ming 515 nafari yoshga doir, 2654 nafari nogironlik, 1141 nafari boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini oluvchi  pensioner, 3022 nafari zarur mehnat stajiga ega boʻlmagan ijtimoiy nafaqa oluvchi fuqarolardir.

Shuningdek, boʻlim mutaxassislari tomonidan oyma-oy toʻlangan pensiya va ijtimoiy nafaqalarning oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi yuzasidan doimiy monitoring ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, mahallalar masʼul xodimlari tomonidan kam taʼminlangan oilalarga bollalar nafaqasi va moddiy yordamlar tayinlash boʻyicha taqdim etilgan hujjatlar ham oʻrganilib, belgilangan tartibda moliyalashtirilmoqda. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi orqali joriy yil 1-sentyabr holatiga jami 22 ming 496 ta kam taʼminlangan oilalarning 21 ming 206 tasiga bolalar nafaqasi, 1290 tasiga moddiy yordam pullari tayinlandi va ularga toʻqqiz oy davomida jami 83,8 mlrd. soʻm toʻlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi “Fuqarolarga davlat pensiyalarini yetkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasining Amudaryo tuman boʻlimida ham 2022-yilning 1-iyulidan boshlab davlat pensiyalarini fuqarolarning faqat pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi orqali tayinlash tartibi yoʻlga qoʻyildi. Joriy yilning 1-iyulidan 1-sentyabriga qadar 256 nafar fuqarolarga pensiya va nafaqalar mazkur tartib asosida tayinlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Qoralpogʻiston Respublikasi Amudaryo tuman boʻlimi xodimlari aholini ijtimoiy himoya qilish borasida oʻrnatilgan tartib-taomillar va qoidalarga qatʼiy rioya qilgan holda samarali faoliyat yuritib, aholiga beminnat xizmat koʻrsatmoqdalar.

Fotima Eshimbetova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026