24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 09:27
Jamiyat 👁 301

Amudaryolik sahovatpesha fermer — "Oʻrozboyev Ulugʻbek" fermer xoʻjaligi raisi Ulugʻbek Oʻrozboyev kam taʼminlangan 200 ta oilaga jami 10 tonna bugʻdoy tarqatdi

Amudaryolik sahovatpesha fermer — "Oʻrozboyev Ulugʻbek" fermer xoʻjaligi raisi Ulugʻbek Oʻrozboyev kam taʼminlangan 200 ta oilaga jami 10 tonna bugʻdoy tarqatdi

Xayr va sahovat insonni ulugʻlab, har ikki dunyoda ham ajru savobga sazovor etishi haqida koʻplab hadislar, xalq orasida maqollar va rivoyatlar bor. Islom dinida moʻminning eng ulugʻ sifatlaridan biri xayr va saxovat ekaniga ishora qilinadi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan aholini ijtimoiy himoya qilish, ehtiyojmand oilalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash ishlari doimiy kun tartibidagi masalalarga aylangan.

Aholi muammolarini aniqlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar rzyxatini shakllantirish, ularga har tomonlama, manzilli koʻmak koʻrsatish maqsadida yirik ijtimoiy dasturlar - “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” tizimlari yaratildi. Oʻtgan vaqt davomida birgina “Temir daftar” orqali fuqarolar yigʻini hamda sektorlar tomonidan aholining ehtiyojmand qatlamlari hisobga olinib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holati oʻrganildi. Shu bilan birga, aholini kambagʻallikdan chiqarish, ular bilan manzilli va maqsadli ish olib borishga doir muhim qadamlar qoʻyildi.

Davlatimiz va hukumatimizning bu kabi insonparvar siyosatidan amudaryolik sahovatpesha tadbirkorlar ham oʻrnak olishmoqda. Shunday sahiy ishbilarmonlardan biri tumanimizning Doʻrman ovulida fermer xoʻjaligini tashkil qilib, yerdan moʻl hosil va daromad olayotgan fermer Ulugʻbek Oʻrozboyev tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimiga tashabbus bilan murojaat qildi. Fermer xoʻjaligi dalalarida yetishtirilgan bugʻdoyning bir qismi – 10 tonnasi ehtiyojmand oilalarga tarqatildi.

24-sentyabr kuni tumanning barcha ovul va mahallalarida yashovchi ehtiyojmand, ijtimoiy himoya daftalariga kiritilgan 200 ta oilalarning vakillari tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimiga taklif qilindi. Ularning har biriga bir qop – 50 kilogrammdan bugʻdoy tarqatildi.

Islom dinimiz taʼlimotiga koʻra ehson qilish eng savobli amallardan sanaladi. Qurʼoni Karimda ehsonning fazilati zikr qilinib, ehson qiluvchilarga beriladigan savob-mukofotlar ham bayon etilgan. “Alloh yoʻlida mollarini ehson qiluvchilar (savobining) misoli goʻyo bir donga oʻxshaydiki, u har bir boshogʻida yuztadan doni boʻlgan yettita boshoqni undirib chiqaradi. Alloh xohlagan kishilarga (savobini) yanada koʻpaytirib beradi. Alloh (karami) keng va bilimdon zotdir”.

Alloh taolo bu misoli bilan qilingan bittagina ehson evaziga bitta emas, balki, yetti yuz va undan ortiq savob ato etishi mumkinligini bildirmoqda.

Ehson qiluvchi kishi bu ehsoni evaziga faqatgina oxiratda ajr olibgina qolmay, bu dunyoda ham mukofotlarga ega boʻladi. Muhtojlarga xayr-saxovat qilish insonlar oʻrtasida mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkam bogʻlanishiga, jamiyatda oʻzaro hurmat va totuvlik hislarini ortishiga, dunyoviy ishlarini rivoj topishiga xizmat qiladi. Qolaversa, kimningdir ogʻirini yengil qilish, unga yaxshilik ulashish insonni maʼnan yetuklikka eltuvchi asosiy koʻprikdir.

Tilagimiz – elimizda Ulugʻbek Oʻrozboyevdek sahovatpesha, qoʻli ochiq tadbirkorlar va ishbilarmonlar koʻpayaversin!

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026