24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 09:27
Jamiyat 👁 266

YoSh ChEVARLARNING SEVIMLI USTOZI

YoSh ChEVARLARNING SEVIMLI USTOZI

Kasb va hunarli, ilmli insonning hayoti chiroyli, turmushi farovon, yashashi mazmunli boʻladi. Unga ega boʻlgan kishi nafaqat oʻziga, balki jamiyatga ham naf keltiradi. Shuning uchun farzandlarga yoshlikdan ilm, hunar, kasb oʻrgatiladi.
Tumandagi “Barkamol av-lod” bolalar maktabidagi “Hunarmandchilik va qoʻl meh-nati” yoʻnalishidagi “Bi-chish-tikish” toʻgaragi rahba-ri Muborak Matmurodova ham oʻquvchi-qizlarga hunar oʻrgatib, yoshlarning hunarli insonlar boʻlib voyaga yetish-lariga oʻz hissasini qoʻsh-moqda. Ustozdan bichish va tikish usullarini oʻrganayot-gan qizlar bu hunarning mo-hir egalari boʻlib yetishish-moqda.
“Barkamol avlod” bolalar maktabida “Madaniyat va sanʼat”, “Texnika, konstruk-torlik va modellashtirish”, “Jismoniy tarbiya va sport”, “Hunarmandchilik va qoʻl meh-nati”, “Turizm va ekologiya” hamda “Oliy taʼlim muas-sasalari va maktabga tayyorlov” yoʻnalishlari boʻyicha 68 ta toʻgarakda 139 ta guruh mavjud boʻlib, ularga 1668 nafar oʻquvchi-yoshlar qamrab olingan. Ularga toʻgaraklarda oʻz kasbining ustalari boʻlgan tajribali oʻqituvchilar, hu-nar egalari mashgʻulotlar oʻtkazishadi. Shu bilan bir-ga oʻquvchilarning tuman va Respublika miqyosida oʻtkaziladigan turli tan-lovlarda qatnashib, oʻz iq-tidorlarini namoyon etish-lariga imkoniyat yaratishadi.
M.Matmurodova “Hunar-mandchilik va qoʻl mehnati” yoʻnalishidagi “Bichish-ti-kish” toʻgaragida mazkur oʻquv yilida 48 nafar oʻquvchi-qizlar bilan shugʻullanib kelmoqda. Bu yerda yosh che-varlar turli xil andoza-lar, oʻlchamlar olish, tikuv mashinalarda va qoʻlda ti-kishni, turli xil oʻyinchoq-larni yasashni oʻrganadilar.  


Oʻz hunarini deyarli 20-yil-dan buyon yoshlarga oʻrgatib kelayotgan M.Matmurodova yoshligidan tikish-bichishga juda qiziqib, mustaqil oʻr-gana boshlagan. Maktabni tugatganidan soʻng, Toshkent shahridagi “ADO” oʻquv mar-kazida 4-yil davomida tajribali va malakali us-tozlardan hunar sirlari-ni puxta oʻrganishga erishdi. Turli xil choklar, mato va ip tanlash, oʻlchamni toʻgʻri olishdan tortib, bolalar kiyimlari, erkak va ayollar kostyumlari, oqshom libos-larini tikishni uddalab, chevar tikuvchi boʻlib yetish-di. U 1986-90-yillarda 40-sonli maktabda toʻgarak rahbari, 1994-2000-yillarda 40-sonli MTTda yordamchi-tarbiyachi, shundan soʻng, 2015-yilga qadar uy mehnati koʻ-rinishida toʻgarak tashkil qilib, har yili 15 nafardan ziyod qizlarga tikuvchilik sirlarini oʻrgatib keldi. Oʻz ishining ustasi boʻlgan chevar qizlarga tikuvchilik tsexlari tashkil qilib, fao-liyat boshlashlarida yoʻl-yoʻ-riq koʻrsatdi. Shu qatorda mijozlarga ham xizmat koʻr-satib, didlariga mos kela-digan chiroyli liboslar ti-kishni toʻxtatmadi.
“Barkamol avlod” bolalar maktabida 2015-yildan ish boshlagan M.Matmurodova yosh chevarlarning sevimli ustoziga aylandi. Shu yil yozgi taʼtil davrida “Hunar-mandchilik va qoʻl mehnati” yoʻnalishidagi toʻgaraklar tomonidan tashkil etilgan koʻrgazmada uning yosh sho-girdlari tayyorlagan be-jirim liboslar, turli oʻyinchoqlar hammaning eʼ-tiborini tortdi.
Hayotda biror hunarga ega boʻlgan kishi hech qachon ishsiz yoki daromadsiz qol-maydi. M.Matmurodova kabi mohir ustozlardan hunar oʻrgangan yoshlar ertaga shu hu-nari ortidan daromad to-pib, ham oʻz oilalariga, ham jamiyatga naf keltiradi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026