Qabristonda
(Bölgan voqea)
Erining yil oşini ötkazişgan kuni qaynonasi Zulayhoni bağriga bosib, öksib-öksib yiğladi.
- Hammamizdan ham senga qiyin, bolam, ikki norasida gödak bilan juda yoş qolding, Erali kenja bolam edi, peşonamga siğmadi, - dedi oğir xörsinib. – Ilohim, bolalarining umri uzoq bölsin.
Bibijon ena köz yoşlarini römolining uçi bilan artarkan, yana nimadir demoqçiday, kalovlandi.
- Boya onangga aytdim, agar... agar turmuş quriş niyating bölsa... men roziman, bolam, faqat, faqat Eralimdan yodgor nevaralarimni...
Zulayho dong qotib qoldi. Enasi nimalar deyapti? Uni Eralining xotiralaridan ayirmoqçimi? Bu gap özi kimdan çiqdi?
- Ena! – Zulayho kelin bölganidan beri birinçi marta ovozini kötarib, Bibijon enaga tik boqdi. – Meni bu uydan haydamoqçimisiz? Haydasangiz, ketaman, lekin siz öylagan işga aslo rozi bölmayman...
Zulayhoning közlariga negadir yoş kelmadi, bir yildan beri tunlari yum-yum yiğlab çiqadigan, birov Eralining nomini aytsa, köziga ğir-r yoş keladigan Zulayho hozir iç-içidan faryod qilsa-da, bu faryod böğzini kuydirsa-da, otliqib çiqmadi. Uning butun vujudi ana şu faryod ötida lovullab yonayotgan kabi keng hovliga siğmay qoldi. Qilayotgan işini ham unutib, darvozadan otilib köçaga çiqdi. U saldan keyin uylaridan yarim çaqirimça olisdagi qabriston tomon çopib borayotganini angladi. Ana, Eralisining qabri, yonida biri-biriga çirmaşib ösgan ikki tup töronğil, töronğil tagida möʼjazgina kursi. Bu kursini qayn oğasi olib kelib qöygan.
Zulayho qabrni bir aylanib çiqdi-da, öşa kursiga ötirdi. Oğir tin olib, Eralining tuğilgan va vafot etgan sanalari bitilgan muzday qora marmarga yuzini bosdi. Sassiz-samarsiz uzoq ötirdi. Erali bilan ilk tanişgan kunini, farzandlari tuğilgandagi eng baxtiyor, saodatli damlarini xotirladi...
U qança vaqt qabrtoşga yuzini bosib ötirdi, bilmaydi. Faqat quyoş botayotgan paytda özining Erali bilan xayolan suhbatlaşib, hovrini bosib olganini his etdi.
- Turaqol, qizim! – uning yelkasiga kimdir qölini qöydi. – Kun botayotgan paytda qabrni ziyorat qilmaydilar.
Bu qabriston qorovuli Niyoz bobo edi.
Zulayho Niyoz boboga salom berdimi, yöqmi, bilmaydi, bilgani, boboning kökragiga boşini qöyib, öksib-öksib yiğladi.
- Yiğla, bolam, yiğlayver, yengil tortasan, ana, Bibijon ham bu tomonga kelayotir.
Qabriston darvozasida haqiqatan ham qaynonasi körindi, u Abdumöʼminni yetaklab, Abduraufni opiçlab olgança Eralining qabridan köz uzmay kelardi.
- Meni ne köylarga solding-a, bolam, ne köylarga solding, – qaltiroq qöllari bilan öğlining qabrini siladi onaizor.
- Unday dema, singlim, Allohga şak keltirma, mana bu qora közlar omon bölişsin, endi turinglar, kun botib, namozşom kirayotir, bunday osiy bölmanglar.
Niyoz bobo enasi va onasiga javdiraşib boqib turgan ikki norasida gödakni yetaklagança qabrdan uzoqlaşarkan, birdaniga:
- Voy, ilon! – degan hayqiriqdan ilkis ortiga qaradi. Niyoz boboning ortida, ikki qadam narida, Bibijon ena bilan Zulayhoning oldilaridan buralib-buralib kesib ötayotgan qop-qora ilonga közi tuşgan Niyoz bobo:
- Astağfurulloh, - dedida, çök tuşib, qandaydir duoni qayta-qayta öqidi va :
- Alloh Eraliga ikki öğil beribdi, şuning şukronasini qilmaysizlarmi? Noşukurga Allohning jazosi, sabrliga mukofoti borligini nega öylamaysizlar?
Ilon buralib-buralib ulardan uzoqlaşarkan, Bibijon ena Zulayhoning qöllaridan mahkam tutgança buyruq ohangida qatʼiy gapirdi:
- Ikkinçi bunday qila körma, erking ham, ixtiyoring ham özingda!
Qabriston darvozasidan çiqişarkan, Zulayho qaynonasiga:
- Rahmat sizga, onajon! – dedi yuragi tölib. – Men endi ham Erali, ham Zulayho bölaman, baxtimga siz va nevaralaringiz omon bölişsin.
Qizini xotini qazo qilgan yaqin qarindoşiga uzatişni öylab, Bibijon enaga kuyovining yil oşi kuni şu haqda oğiz oçgan Zulayhoning onasi bir kelganida:
- Bolam, endi 30 yoşga tölding, hayoting.., - deb gap boşlagan edi Zulayho:
- Mening hayotim mana şu oilada! - dedi şartta onasining gapini bölib, - Baxtimni öylasangiz, ikkinçi mening hayotim bilan savdolaşmang!
Şu böldi-yu, Zulayhoning quloği tinçidi, erining xotirasi, qaynonasi, farzandlari quvonçi bilan yaşay boşladi. U mana şu xayoliy orzulari bilan juda baxtli edi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶