21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 22:38
Fan va taʼlim 👁 231

1-SONLI MAKTABDA “ONA TILIM – SARChAShMANGDAN SARXUSh DILIM” DEB NOMLANGAN ADABIY KEChA OʻTKAZILDI

1-SONLI MAKTABDA “ONA TILIM – SARChAShMANGDAN SARXUSh DILIM” DEB NOMLANGAN ADABIY KEChA OʻTKAZILDI

Oktyabr oyi umumtaʼlim maktablarida ona tili va adabiyot fani oyligi deb belgilangani munosabati bilan Amudaryo tumanidagi oʻquv maskanlarida oʻquvchilarni fanga yanada qiziqtirish, bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan tadbirlar, uchrashuv va adabiy kechalar, ochiq oʻquv mashgʻulotlari tashkil etilmoqda. Oylik doirasida barcha taʼlim dargohlaridagi kabi 1-sonli maktabda oʻtkazilayotgan tadbirlar ham oʻquvchilarning fanni yanada mukammalroq oʻzlashtirishlarida, faolliklarini oshirishda muhim ahamiyatga ega boʻlmoqda.

Maktabda boʻlib oʻtayotgan fan oyligi doirasida “Ona tilim – sarchashmangdan sarxush dilim” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Maktab oʻqituvchi va oʻquvchilari tomonidan tashkil etilgan ushbu kechaga tumandagi davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism xizmatchilari ham tashrif buyurishdi.

Kechani maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Sanobar Murodova ochib berdi. U oʻtgan yildan beri til bayrami sifatida nishonlanayotgan ushbu kun bilan barchani muborakbod etib, mamlakatimizda davlat tilini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻzladi.

Oylik doirasida maktabda oʻtkazilgan “Kitobni sevaman” mavzusidagi davra suhbati, diktantlar tanlovi, “Soʻz mulkining sultoni” mavzusidagi ijodiy bayon musobaqasi, “Ona tilim – iftixorim” mavzusidagi insholar tanlovi, “Jadid adabiyoti namoyandalari” mavzusidagi kitobxonlik kechasi, ochiq oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishda fan oʻqituvchilarining ishtiroki, oʻquvchilarning faolliklari xususida ham gapirib oʻtdi.

Kecha davomida soʻzga chiqqanlar til har bir millatning oʻziga xos timsoli, xalqning ruhini va maʼnaviyatini belgilovchi vosita ekanligini taʼkidlashdi. Shuning uchun uni asrab-avaylash, sofligini saqlash va rivojlantirishni har bir fuqaro oʻziga burch deb bilishi lozimligini, Navoiy va Mashrab, Bobur va Muqimiy kabi daholar uning vositasida oʻzlarining ulugʻvor asarlarini yaratganligi, maʼrifatni keng targʻib qilganini eʼtirof etishdi.

Undan tashqari, oʻzbek tilining taraqqiy etishida shoirlar bilan bir qatorda shoiralarning ham oʻrni beqiyosligi tilga olinib, Jahon otin Uvaysiy, Nodirabegim, Mohlaroyim, Dilshodi Barno, Anvar otin Mahzuna, Zebunisobegim kabi oʻtkir qalam sohibalarining nomlari esga olindi va ijodlariga toʻxtalib oʻtildi.

Shundan soʻng, Nodirabegim saroyida millatimizning atoqli shoiralari ishtirokida boʻlib oʻtgan mushoira maktabning 9-sinf oʻquvchilari ijrosida sahna koʻrinishda namoyish etildi. Ular dastlab oʻzbek tilining rivojlanish bosqichlari, bu ezgu ishga hissa qoʻshgan atoqli shoiralarning hayoti va ijodi haqida maʼlumotlar berishdi. Adabiyot ixlosmandlari shoiralarning gʻazallar, sheʼrlarini yoddan aytishdi va oʻz ijrolari bilan tomoshabinlar koʻz oʻngida yurt tarixini gavdalantirib, tomoshabinlarda katta taassurotlar qoldirishdi.

Tadbir davomida maktabning 7-sinf oʻquvchilari ona tilimizni madh etuvchi sheʼrlarini ifodali yod aytib, olqishlarga sazovor boʻlishdi. Shuningdek, 5-sinf oʻquvchilari esa tilga doir hikmatli soʻzlarni talqin etib, kechaga fayz kiritishdi. Undan tashqari, Oʻzbekiston Republikasining Davlat tili haqidagi Qonuni va boshqa tegishli hujjatlar toʻgʻrisida 8-sinf oʻquvchilari tomonidan berilgan maʼlumotlar bilimlarni yanada boyitib, mustahkamladi.

Maroqli oʻtgan tadbir oʻquvchilar va boshqa ishtirokchilarning ona tiliga boʻlgan qiziqishlarini, qalbidagi mehri, faxru-iftixor tuygʻularini yanada oshirdi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026