Şahzodalar ertakda böladi...(mi?)
Muhabbat haqida köp yozasan, deyişadi menga. Öylab qarasam, haqiqatan şunday ekan. Bunday bölişi tabiiy. Axir inson – muhabbat mevasi. Muhabbatsiz bir kuningizni tasavvur qilib köring... Sizga har kuni:
– Özingni ehtiyot qilgin, onasi, – deya "tanbeh" beradigan turmuş örtoğingizni, faraz qiling, yöqotib qöydingiz. Aytaylik, qayergadir safarga ketdi. Sizga har kuni:
– Dadasi, qayerdasiz? Nima qilyapsiz? Işdan kelişingizga nima ovqat qilib qöyay? – deya savollarga kömib taşlaydigan ayolingiz, sizdan bir kuni umuman xabar olmadi. Qönğiroqlaringizga ham javob bermadi. Jim-jit...
Menimça, yaxşi körgan insoningni yöqotişni tasavvur qilişning özi bir qörqinçli... Şoirona qilib aytadigan bölsam, muhabbat bu – dunyoning ustuni! Ammo ana şu ustunni barpo etiş, kimningdir könglidan joy oliş, kimdir sening könglingdan joy olişi va muhabbatning yaralişi qiziq-da.
Yaqinda menga bir notaniş raqamdan qönğiroq böldi. Qönğiroqqa javob bermadim. Telefon qönğiroqlari tinmadi. Nihoyatda bezor bölganimdan söng, göşakni kötardim. Notaniş yigit mendan hol-ahvol sörab bölgaç, maqsadga köçdi. Agar rozi bölsam, men bilan oila qurmoqçiligini aytdi. Oraga bir lahza jimlik çökdi. Va mening unga:
– Qanday qizni orzu qilasiz? – degan savolim oradagi jimlikni buzdi. Yigit javob berdi:
– Öqigan. Uyim-joyim deydigan. Onam köp aytadi, öqigan, qölida diplomi bor qizga uylansang, seni xor qilmaydi...
Uning oxirgi gaplarini eşitmasdan, telefonni qöyib qöydim. Zero, mening könglimda va jamiki qizlarning qalbida bunday orsiz, tepsa-tebranmas "şahzoda"larga örin yöq!
Yigitning sönggi sözlarini eşitib, bir kulging keladi, bir yiğlaging. Öylab qoldim, kelajakdagi rözğorini xotinining böyniga möljallab, "diplomli malika" axtarib yurgan oriyatsiz yigitlar ham bor ekan-da. Savol tuğiladi: kelajakni bölğusi kelin bolaga işonib yurgan bu yigitning buguni qanday keçayotgan ekan?! Xullas, şu tariqa "oq otli şahzoda"lar haqidagi xayollarim loyqalanib ketdi. Nazarimda, şahzodalar faqat ertakda böladiganday tuyuldi.
Ha, qizlarning qalbida özi yaratib olgan "oq otli şahzoda"si borki, u barça nuqsonlardan yiroq, mukammal şaxs. Unda heç qanday kamçilik yöq. U qizning talablariga töliq javob beradi. U mehribon. U heç kimga öxşamaydi... Mana uning xayoliy portreti. Boyagi yigitga öxşaganlar esa... Ularga söz uvol. Ularga umr uvol. Çunki haqiqiy muhabbatda manfaat bölmaydi. Agar manfaat bor bölsa, u muhabbat bölmaydi. Bu mening şaxsiy fikrim. Maʼqullaşga majbur emassiz. "Diplomli malika" izlayotganlar, sizdan iltimos, birovning taqdiri bilan öynaşmang. Çunki kelajak birovning hisobiga rejalaştirilmaydi. Gender tenglik bu – erkak va ayol oldidagi teng imkoniyatlar degani. Özaro teng huquqlilik degani. Oilada er-xotinning öz vakolatlari va vazifalari bor. Eng muhimi, vakolatlar almaşib qolmasa böldi...
Yuqoridagi gaplar hamma yigitlarga tegişli emas, gap egasini topadi.
Yaşiringul.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶