BUGUNGI ÖZBEK AYoLI HAR JIHATDAN FAOL
Özbekistonda xotin-qizlarga bölgan munosabat, ularning huquqlari va erkinliklarini himoya qiliş davlat siyosati darajasiga kötarilgan. Prezidentimiz I.Karimov özining turli çiqişlarida bu masalaga doimiy ravişda eʼtibor qaratib kelmoqda.
1998-yil 5-dekabrda Konstitutsiya qabul qilinganligining olti yilligi munosabati bilan ötkazilgan tantanali majlisda sözlagan nutqida 1999-yilni "Ayollar yili” deb eʼlon qilar ekan, Yurtboşimiz şunday degan edilar:
-"Insoniyat tarixi guvohlik beradiki, ming yillar jarayonida har jamiyatning madaniy va maʼnaviy hayoti ularning ayollarga bölgan munosabati bilan belgilangan. Bizga bu qadriyat yanada qimmatlidir, çunki biz ayollarga şarqona hurmat bilan munosabatda bölamiz”.
Mamlakatimizda ayollar huquqlarini himoya qilişga qaratilgan qonunçilik tizimi şakllangan.
Konstitutsiyamizning 18-moddasiga köra, "Özbekiston Respublikasida barça fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bölib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib çiqişi, eʼtiqodi, şaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qöyiladi hamda ijtimoiy adolat tamoyillariga mos bölişi şart”. 46-moddada esa yanada aniq va ravşan qilib: "Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidir”,-deb gender tengligi tamoyili mustahkamlab qöyilgan.
Jamiyatda ayollarning ijtimoiy faolligini oşiriş maqsadida turli xil ijtimoiy-huquqiy va jamoat tuzilmalari taşkil etilgan. Xususan, "Huquqiy taʼlim markazlari”, "Ayollar markazlari”, "Salomatlik markazlari” kabi ijtimoiy tuzilmalar ayollarning jamiyatda öz örnini topişlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Men har tong farzandlarimni öqişga, umr yöldoşimni yumuşga kuzatib, ular qatori şodon kayfiyatda özim mehnat qiladigan 55-sonli maktab tomon yöl olaman. Kun böyi sevimli kasbimda faoliyat yuritib, işdan söng oilam bağriga xuş kayfiyatda qaytaman. Qanday yaxşi zamonlar-a, deyman quvonib. Umr yöldoşim bilan bab-baravar huquq va imkoniyatlarim bor. Işlaş, jamoatga faol aralaşiş – ayol kişiga qançalik huzur bağişlaşini bilsangiz edi!
Axir dunyoning turli burçaklarida menga öxşagan ayollarning köpçiligi tört devor içida, hayot gözalliklaridan mosuvo, hijobga burkanib yaşaşyapti-ku! Biz özbek ayollari esa oila taşvişlariga öralib qolayotganimiz yöq. Öz fikrimizni emin-erkin ifoda etib, böş vaqtimizni oilamiz bağrida köngilli ötkazamiz. Salomatligimizni mustahkamlaş uçun sihatgohlarda dam olib, yana mehnat bağriga qaytamiz, özimiz qiziqqan tadbirkorlik turlari bilan şuğullanamiz. Bunday şart-şaroit va imkoniyatlarning barçasi Boş Qomusimiz orqali kafolatlangan.
Xulosa qilib aytganda, mamlakat işlab çiqarişining barça sohalarida, hatto mamlakatni boşqaruv organlarida, iqtisod va siyosatda, ilm-fanda ayollarning tutgan örni beqiyos kattadir. Bugungi özbek ayoli har jihatdan yetuk şakllangan faol şaxsga aylangan.
Zuhra Ahmedova,
55-sonli maktabning kutubxona mudirasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶