21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 15:52
Qishloq xoʻjaligi 👁 404

Amudaryo tumani fermer va dehqon xoʻjaliklari hamda tomorqa yer egalari kengashining murojaati

Amudaryo tumani fermer va dehqon xoʻjaliklari hamda tomorqa yer egalari kengashining murojaati

Hurmatli va aziz fermerlar, dehqonlar hamda tomorqa yer egalari!

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda koʻkalamzorlashtirish, oʻsimliklarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Koʻchat ekib, bogʻ yaratish – xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri. Zero, oʻzimiz yashab turgan joyni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tufayli koʻnglimiz shodlikka toʻladi, turmushimiz fayzli va farovon boʻladi.

Ayni chogʻda bogʻlar, koʻchalar hamda yoʻl chetlarida yashnab turgan daraxtlar tevarak-atrofga koʻrk ulashishi barobarida havo musaffoligini taʼminlab, dasturxonimizni mevalar bilan toʻldiradi.

Daraxtlarga mehr berish, ularni parvarishlash eng ezgu va xayrli amal sanaladi. Koʻchat ekib, bogʻ yaratish, atrof-muhitni toza va ozoda saqlash xalqimizning asrlar sinovidan oʻtgan milliy qadriyatidir. Zero, ajdodlarimiz oilada yangi tugʻilgan farzandga atab yerga nihol qadagan. Oʻsha daraxt bilan birga farzand ham ulgʻaygan.

Demak, xalqimizning ibratli oʻtmishi oʻzimiz yashayotgan muhitda tabiatga oqilona munosabatda boʻlib, uni asrab avaylash, kelgusi avlodlar ham yashashi uchun qulay makon barpo etishga undaydi.

Muhtaram Prezidentimizning joriy yilning 11-oktyabr kuni oʻtkazgan yigʻilishda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish borasida bergan koʻrsatmalari ana shunday ezgulik yoʻlidagi juda ham muhim tashabbusdir.

Prezidentimiz raisligida «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirish boʻyicha 2022-yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan boʻlib oʻtgan yigʻilishda bu boradagi ishlarni kengaytirib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yil kuz oyida 434 ming 600 dona daraxt ekish vazifasi belgilab berildi.

Shuningdek, ushbu yigʻilishda «Yashil makon» umummilliy loyihasi bir yillik tadbir emasligi, kelgusi besh yilda 3 million tup daraxti koʻchatini ekish maqsad qilingani taʼkidlandi.

«Yashil makon» umummilliy loyiha amalga oshirilishi har bir hududning iqlimiga mos, kam suv talab qiladigan koʻchatlarni tanlab ularni etishtirish uchun koʻchatxonalar koʻpaytirilishi ayni muddaodir.

Oʻtgan yillar tajribasidan kelib chiqib, yurtimizda 20-oktyabrdan 1-dekabrgacha koʻchat yekish boʻyicha “Dolzarb 40 kunlik” eʼlon qilindi.

Qayd yetish kerakki, oʻtgan yili kuz va joriy yilning bahor oylarida mahallalarda, fermer va dehqonlarimiz dalalari chetlariga va aholi tomorqalarida 150 mingdan ziyod koʻchat ekildi. Albatta, bu savobli ishlarda koʻplab tashkilotlar, mahallalar, umuman, keng jamoatchilik qatori Siz mehnatkash dehqon va fermerlarimizning ham munosib ulushi bor.

Hurmatli fermerlar!

 “Dolzarb 40 kunlik”da Siz ham dalangiz chetidagi boʻsh yerlarga 125 700 tup tut, tok va boshqa daraxt koʻchatlari ekib “Yashil makon” umummilliy loyihasiga oʻz hissangizni qoʻshing.

Buning uchun tumanimizdagi koʻchat yetishtiruvchi fermer, dehqon xoʻjaliklarida va tomorqa yer egalarida tut, tok, tol, yongʻoq va boshqa daraxt nihollari mavjud.

Siz ular bilan hamkorlik qilsangiz, yurtimiz yashillik olamiga oʻzingizning munosib hissangizni qoʻshgan boʻlasiz.

Mehnatkash dehqonlar!

 Muhtaram Prezidentimizning alohida qarorlari bilan joriy yildan boshlab paxta-gʻalladan boʻshagan maydonlardan dehqon xoʻjaliklari uchun yer ajratilib, Sizlar shu yildan boshlab bu yerlardan daromad olishni boshladingiz.

Sizlar har bir qarich erdan unumli foydalangan holda “Bir kontur-bir mahsulot” tamoyilini amalga oshirish doirasida dala chetiga va koʻcha boshiga tut, tok va boshqa koʻchatlarini ekishni tashkil etishga chaqiramiz.

Muhtaram tomorqachilar!

Tumanimizdagi 49 ta mahalla fuqaro yigʻinlarida 39406 dan ziyod tomorqa yer egalari faoliyat yuritadi.

Natijalar hisob-kitoblarda aniq koʻrinadi. Agar har bir tomorqachi oʻz tomorqasiga, mahalla guzariga va koʻcha boshiga 10 tupdan koʻchat eksa, tumanimiz boʻyicha 394 060 tup koʻchat ekiladi. Bunday saxovatpeshalik bilan qilingan ishlaringiz tahsinga sazovor boʻladi!

Sizlarga tut, tok va boshqa koʻchatlar kerak boʻlsa joylardagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga murojaat etishingiz mumkin.

Ayni paytda Respublika Kengash huzuridagi “Quva ilmiy ishlab chiqarish” markazida 30 milliondan ziyod tok, tut va boshqa mevali daraxt koʻchatlari zahirasi yaratilgan, ushbu koʻchatlarni xarid qilib, mahallangiz guzariga va koʻcha boshlariga hamda tomorqangizga ekib obod qilishga chaqiramiz.

Hurmatli va aziz fermerlar, dehqonlar hamda tomorqa yer yegalari!

Sizlarni hurmatli Yurtboshimizning yuksak ishonchini oqlab, mamlakatimiz ravnaqi va farovonligiga munosib hissa qoʻshish uchun “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida eʼlon qilingan “Dolzarb 40 kunlik”da faol ishtirok etib tut, tok va boshqa daraxt koʻchatlari ekishga chaqiramiz!

Bu bilan siz xalqimizga xos ezgu fazilatlarga oʻzingizning munosib hissangizni qoʻshgan boʻlasiz! Zero, nafaqat hovli va uylarimiz mana shu, mahalla, shahar va mana shu vatan ham oʻzimizniki. Uning ozodaligi va koʻrkamligiga barchamiz masʼulmiz.

Vatanimiz obodligiga oʻz hissamizni qoʻshaylik!

Amudaryo tumani fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026