21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 21:23
Salomatlik 👁 301

Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldoshevning tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillariga BAYRAM TABRIGI

Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldoshevning tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillariga BAYRAM TABRIGI

Aziz shifokor va hamshiralar, qadrli salomatlik posbonlari!

Avvalo, inson sogʻligʻini saqlash va mustahkamlashdek olijanob ishga oʻz hayotini bagʻishlagan Siz azizlarni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tuman hokimligi, qolaversa butun amudaryoliklar nomidan chin qalbimdan tabriklayman!

Inson borki, hayoti davomida albatta shifokor yordamiga ehtiyoj sezadi. Sogʻlom insongina oilasiga naf keltirib, davlat va jamiyat rivojiga hissa qoʻshadi. Shu boisdan ham, aholi salomatligini asrash, tibbiyot xodimlarining mehnatini eʼzozlash va ragʻbatlantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.

Mamlakatimizda soʻnggi yillarda bu sohada ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Sogʻlikni saqlash tizimiga ilgʻor texnologiyalar joriy qilinib, tibbiyot maskanlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda. Eng chekka qishloqlarda ham tibbiy punktlar, oilaviy poliklinikalar tashkil qilinib, aholi malakali tibbiy xizmat bilan toʻliq qamrab olinmoqda. Eng muhimi, tibbiyot xodimlarining ish haqlarini oshirish, ijtimoiy muhofazasini yaxshilashga eʼtibor qaratilib, jamiyatda shifokorlarning nufuzini oshirish borasida tizimli ishlar qilinmoqda.

Amudaryo tumanida ham tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, oʻzgarishlar amalda oʻzining ijobiy natijalarini koʻrsatmoqda. Soha xodimlari fuqarolarga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish, aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini asrash, ularni patronaj xizmati va profilaktik koʻriklar bilan qamrab olish borasidagi masʼuliyatli vazifalarini fidoyilik bilan bajarishmoqda.

Oʻz navbatida davlatimiz va hukumatimiz tomonidan ham tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash maqsadida qator amaliy ishlar qilinmoqda. Sohaga har yili mahalliy byudjet hisobidan ham mablagʻ yoʻnaltirilib, tibbiyot maskanlariga turli uskuna va jihozlar xarid qilinmoqda.

Masalan, birgina joriy yilda tibbiy asbob-uskunalar xaridiga 1,2 mlrd soʻm, 2021-yilda 1,3 mlrd soʻm, 2020-yilda 2,1 mlrd soʻm mablagʻ ajratildi. Natijada, 7 ta oilaviy poliklinikalarda aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifati ancha oshdi.

11 ta olis va chekka mahallalarga maxsus konteynerlar oʻrnatilib, 1,3 mlrd soʻmlik taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Bu oʻz navbatida tuman markazidan olis hududlarda yashovchi 32 ming nafar aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishga xizmat qiladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti hisobidan 4,9 mlrd soʻm evaziga 2 ta obʼektda, yaʼni Qangli oilaviy shifokor punkti va 72-sonli oilaviy poliklinikada qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Mangʻit shahrida qiymati 14,3 mlrd. soʻmlik 90-oʻrinli yangi tugʻruq boʻlimi binosini qurish ishlari davom ettirilmoqda. Bularning barchasi aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqish va tibbiyot xodimlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasidir.

Qadrli tibbiyot xodimlari!

Mamlakatimizning taraqqiy etishi, millat bardavomligi eng avvalo aholi salomatligiga bogʻliq. Bu borada esa tajribali va malakali, oʻzgalar salomatligi uchun oʻz oromidan voz kechib mehnat qilayotgan Siz kabi aziz va qadrli tibbiyot xodimlarining oʻrni alohida.

Insonning hali xomila paytidan tortib, dunyoga kelishi, sogʻlom va barkamol boʻlib ulgʻayishi, voyaga yetishi jarayonida, bir soʻz bilan aytganda, umri davomida salomatlik posbonlarining koʻmagi va tavsiyalariga ehtiyoj boʻladi. Shunday ekan, har birimiz Sizning mashaqqatli mehnatlaringizni eʼtirof etib, fidokorona xizmatlaringiz uchun taʼzim qilamiz.

Fursatdan foydalanib, Siz azizlarni, siz orqali yurtimizdagi barcha tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklaymiz! Hamisha mashaqqatli mehnatlaringizning rohatini koʻrib, sharafli kasbingizdan kamol topib, davlatimiz va jamiyatimiz, el-yurtning eʼzozida yurishingizga tilakdoshmiz!

Bayramingiz muborak boʻlsin, qadrli tibbiyot sohasi xodimlari!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026