21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 20:09
Salomatlik 👁 373

“AMU MED KOMPLEKS” XUSUSIY KLINIKASINING YoSh VA BILIMDON ShIFOKORI

“AMU MED KOMPLEKS” XUSUSIY KLINIKASINING  YoSh VA BILIMDON ShIFOKORI

Gʻayratjon Tojiboyev yoshligidan shifokorlik kasbiga qiziqdi. Oʻgʻlining orzularini qoʻllab-quvvatlagan ota-onasi Aminboy ogʻa bilan Raʼnojon opa uni yaxshi niyatlar bilan Toshkent shahriga kuzatib qolishdi.

Sinovlardan muvaffaqiyatli  oʻtib, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talabasi boʻldi. 2004-2011-yillarda – 7-yil davomida Tibbiyot Akademiyasi tahsilini olgan Gʻayratjon nafaqat zamonaviy, balki xalq tabobatiga oid manbalar asosida  oʻz bilimini boyitdi. Oʻzi tanlagan yoʻnalish – otolaringologiya sohasini yanada puxta oʻrganish maqsadida 2011-2014-yillar davomida Toshkent Tibbiyot Akademiyasining magistratura boʻlimida tahsil olib, yuqori malakali otolaringolog magistr diplomini oldi.

Dastlabki ish faoliyatini Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasida otolaringolog-shifokor sifatida boshlagan Gʻayratjon Tojiboyev qisqa fursat ichida nafaqat hamkasblarining, balki xalqning ham ishonch va eʼtiborini qozondi.

Har bir bemorni sinchiklab tekshirish, muolaja choralarini qoʻllashda Gʻayratjon vaqtini ham, bilimini ham ayamaydi. Tobora rivojlanib borayotgan otolaringologiya sohasi yangiliklaridan xabardor boʻlib borish, oʻz ustida ishlash, oʻqib-izlanish esa uning eng sevimli mashgʻuloti. U mijozlariga namunali xizmat koʻrsatish, ayniqsa, yosh bolalar oʻrtasida koʻp uchraydigan quloq, tomoq, burun kasalliklarini erta aniqlash va oldini olish choralarini koʻrish maqsadida 2022-yilning aprel oyida “Amu med kompleks” xususiy klinikasini tashkil etdi va zamonaviy otolaringologiya xizmatini yoʻlga qoʻydi.

Mamlakatimiz tibbiyot sohasida xususiy sektorni rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor va soha mutaxassislari uchun berilayotgan imtiyozlar tufayli Gʻayratjon Tojiboyev xususiy klinikasi huzurida 2022-yilning avgust oyida klinik tashxis-laboratoriya xizmatini ham yoʻlga qoʻydi. Endilikda Amudaryo tumani aholisi quloq, tomoq, burun kasalliklarini endoskopik usulda aniqlash maqsadida Nukus va Urganch shaharlariga qatnamaydigan boʻlishdi. Chunki Gʻayratjon Tojiboyev rahbarligidagi “Amu med kompleks” xususiy klinikasida bemorlar uchun barcha sharoitlar mavjud. Klinikada bir vaqtning oʻzida quloq, tomoq, burun kasalliklari endoskopik tekshiruvdan oʻtkazilib, kasallikni erta aniqlash va sifatli davolash ishlari muvaffaqiyatli yoʻlga qoʻyilgan.

Ayni paytda klinikada 5 nafar malakali xodim doimiy ish bilan taʼminlangan va mijozlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Inson oʻzi tanlagan yoʻnalishda muvaffaqiyatlarga erishishi uchun, eng avvalo, uning koʻngli xotirjam boʻlmogʻi joiz. Bu jihatdan Gʻayratjon omadli. Uni doimo tushunadigan, qoʻllab-quvvatlaydigan, hammaslak umr yoʻldoshi Umidaxon, ota-onasi Aminboy ogʻa bilan Raʼnojon opa, shirin-shakar farzandlari, tugʻishganlari bor. Ayniqsa, Navoiy viloyatining Xatirchiday jannatmakon tumanidan kelib Gʻayratjonga boʻlgan mehr-muhabbati tufayli Amudaryo elini oʻziga Vatan qilgan Umidaxon har bir ishida Gʻayratjonga koʻmakdosh. TTB koʻptarmoqli poliklinikasi revmatolog-shifokori Umidaxon Xoliqulova ham oʻz kasbi, bilim va mahorati bilan hamisha xalq olqishiga sazovor.

Biri tibbiyot sohasida oʻz tadbirkorlik faoliyatini  yoʻlga qoʻyib, biri xalq salomatligi yoʻlida kamarbasta mehnat qilayotgan yosh va fidoyi shifokorlar – Gʻayratjon Tojiboyev va Umidaxon Xoliqulovalarni tibbiyot xodimlari kuni bilan tabriklaymiz. El-yurt salomatligi yoʻlida aslo charchamang, Alloh ezgu ishlaringizning xayr-u barokatini bersin, deymiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026