21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 10:18
Iqtisodiyot 👁 276

Kadastr agentligi tuman boʻlimi tomonidan joriy yilda 105 ta holatda 41,28 gektar yer maydonlari fuqarolar tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi

Kadastr agentligi tuman boʻlimi tomonidan joriy yilda 105 ta holatda 41,28 gektar yer maydonlari fuqarolar tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi

2020-yilning sentyabr oyida yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining vazifalari qayta koʻrib chiqildi, buning natijasida yerlarni hisobga olish – yer balansini yuritish va kadastr sohasidagi vazifalarni belgilab beruvchi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tashkil etildi.

Bugungi kunda Kadastr agentligi asosan 11 turdagi davlat xizmatlarini taqdim etadi. Barcha xizmatlar Davlat xizmatlari markazlari va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi. Chunki Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladigan barcha ishlar aniqlik va shaffoflikni, ochiqlikni talab etadi.

Shu bois, agentlik mutaxassislari tomonidan aholi keng qatlami orasida yer ishlari, koʻchmas mulk obʼektlari xususidagi huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida joylarga chiqqan holda tushuntirishlar olib borilmoqda. Shunday boʻlsa-da, bu borada muammolar talaygina. Ayniqsa, yerni oʻzboshimchalik bilan egallab olish, ruxsat etilmagan qurilishlarni amalga oshirish kabi holatlar tez-tez uchrab turibdi.

Kadastr agentligi Amudaryo tuman boʻlimi tomonidan joriy yil davomida yerlardan samarali foydalanish yuzasidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida 105 ta holatda 41,28 gektar yer maydonlari fuqarolar tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi. Shundan 81 ta holatda 40,7 gektar qishloq xoʻjaligi yerlaridan fuqarolar tomorqa sifatida foydalanib kelganligi maʼlum boʻldi. Ushbu holatlar boʻyicha tegishli shaxslarga ogohlantirishlar berildi. Belgilangan muddatda yer maydonlari fuqarolardan qaytarib olinib, huquqiy oqibatlari bartaraf qilindi.

Shuningdek, 24 ta holatda oʻzboshimchalik bilan qurilish ishlarini amalga oshirgan fuqarolarning har biriga 45 mln. soʻm miqdorda, jami 1 mlrd. 80 mln. soʻm jarima qoʻllanildi. 22 ta holatda oʻzboshimchalik bilan qurilgan qurilishlarni buzdirish, yer maydonini oldingi holatiga qaytarish boʻyicha Amudaryo tumani Fuqarolik ishlari boʻyicha sudiga daʼvo arizalari kiritildi. Natijada 2 ta holatda fuqarolar oʻzboshimchalik bilan qurgan qurilishni buzib, yer maydonlarini oldingi holatiga keltirdilar.

Tushuntirish ishlari natijasida 20 ta holatda fuqarolar tomonidan Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori talablari buzilganligi aniqlanib, 16 mln. 200 ming soʻm miqdorida jarima jazosi qoʻllanildi.

312 nafar fuqaro Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan belgilangan koʻchmas mulkga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat qilmaganligi sababli 783 mln. 660 ming soʻm miqdorida jarimaga tortildi.

Kadastr agentligi tuman boʻlimi mutaxassislarining niyatlari xolis, shu bois, buni xalqimiz tushunishi, davlatimizning har bir qarich yeri hisobda ekanligini anglagan holda, qurilish ishlarini, ekin-tikin ishlarini qonuniy asosda amalga oshirishlari shart. Ana shunda ortiqcha chiqim, ovoragarchiliklarga hojat qolmaydi. Oʻz vaqtida, qonuniy asosda amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi ham ortadi.

A.SAPARBAYeV, Kadastr agentligi Amudaryo tuman boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026