21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 10:18
Iqtisodiyot 👁 378

Yangi yil yarmarkasi: arzon va sifatli mahsulotlar xarididan xalq mamnun

Yangi yil yarmarkasi: arzon va sifatli mahsulotlar xarididan xalq mamnun

Yurtimizda turli bayramlar oldidan aholiga arzon narxlarda sifatli qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish anʼanaga aylangan. Sababi, bayramlar arafasida isteʼmol bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlariga talab oshishi tufayli “olibsotarlar” tomonidan narxlarni sunʼiy oshirib yuborishi holatlari uchrab turadi.

 Mana shunday holatlarning oldini olish, aholini zarur boʻlgan birinchi darajali oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻliq taʼminlash, narxlar barqarorligini saqlash maqsadida har yili Respublikamizning barcha tuman, shahar markazlarida oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etiladi.

Amudaryo tumanida ham shu yilning 1-dekabr kunidan boshlab “Mangʻit Dehqon bozori” maʼsuliyati cheklangan jamiyatida oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etildi.

Yarmarkada aholiga qulay xizmat koʻrsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.  Jumladan, sotuvchilarning oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotalarini sotishlari uchun tegishli rastalar, sovutgichlar, tarozilar va mahsulotlarni saqlash uchun omborxonalar ajratilib, tashkil etilgan yarmarka savdosiga jalb etilgan tadbirkorlik subʼektlari toʻlov terminallari va nazorat kassa mashinalari bilan toʻliq taʼminlangan.

Ahamiyatlisi, oziq-ovqat yarmarkasida fermer va dehqonlarga oʻz mahsulotlarini peshtaxtalarni ijaraga olmagan holda xaridorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri sotish imkoniyati berilgan.

Ushbu yarmarkalarda 30 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, fermer xoʻjaliklari tomonidan yetkazib berilayotgan qoramol, qoʻy, tovuq goʻshtlari, tuxum va sut mahsulotlari, meva-cheva, poliz va sabzavot, shuningdek, qandolatchilik, korxonalarning boshqa turdagi mahsulotlari istisno tariqasida, ishlab chiqarish baholarida sotilmoqda.

Bozorga kiritilayotgan barcha turdagi oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sanitariya laboratoriyalari xodimlari tekshiruvdan oʻtkazilib, sotishga ruxsat berilmoqda.

Bozor rastalari va doʻkon peshtaxtalari sarxil neʼmatlar bilan toʻldirilganidan tumanimiz aholisi mamnun boʻlib, bayramga oʻzgacha tayyorgarlik koʻrishmoqda.

Tadbirkorlarning fidoyi mehnatlari samarasi boʻlgan qandolanchilik mahsulotlari, yangi yil dasturxonlari uchun maxsus tayyorlangan turli xil tortlar, Yangi yil archasi bezak-oʻyinchoqlari narxining hamyonbopligi xaridorlarga manzur boʻlmoqda.

Ushbu yarmarkalar xalqimizga dehqon va sohibkorlarning, tadbirkorlarning haqiqiy bayram tuhfasi boʻldi.

Yangi yil bayramini barcha oʻzgacha quvonch bilan qarshi oladi, toʻkin dasturxon atrofida kirib kelayotgan yilning xayrli boʻlishini tilab duolar qiladi. “Mangʻit dehqon bozori” maʼsuliyati cheklangan jamiyati va tegishli nazorat organlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi yurtdoshlarimizning bayram shodligiga shodlik qoʻshishi shabhasiz.

Yarmarka 2023-yilning 5-yanvariga qadar davom etadi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026