21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 13:08
Siyosat 👁 2,630

VAKILLAR YIGʻILIShI OʻTKAZILDI

VAKILLAR YIGʻILIShI OʻTKAZILDI

Mamlakatimizda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish instituti – mahalla faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, uning vazifalari koʻlamini kengaytirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun mahalla ilgari davlat hokimiyati vakolatida boʻlgan 30 dan ortiq vazifalarni bevosita amalga oshirib, bosqichma-bosqich faoliyat koʻlamini kengaytirib bormoqda. Soʻnggi ikki yil ichida ushbu tizimga doir koʻplab qonun hujjatlarining qabul qilinishi natijasida uning tashkiliy-huquqiy asoslari yanada takomillashib, vazifalari koʻlami ham kengaydi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 22-aprelda qabul qilingan "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi yangi tahrirdagi Qonunining 11-moddasiga muvofiq shaharcha, qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari yilning har choragida viloyat, tuman va shahar ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining fuqarolar yigʻinlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotini eshitishi belgilab qoʻyilgan.

2014-yil 26-dekabr kuni "Choykoʻl” ovulidagi madaniyat va aholi dam olish markazi binosida tuman hokimining fuqarolar yigʻinlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisoboti boʻyicha "Choykoʻl” ovuli fuqarolar vakillari yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

"Choykoʻl” OFY raisi R.Yuldashev raislik qilgan mazkur yigʻilishga jami 70 nafar fuqarolar vakillaridan 68 nafari qatnashdi. Shuningdek, yigʻilishda "Choykoʻl” ovul va "Bosuv” mahalla fuqarolar yigʻinlari masʼul xodimlari, fuqarolar yigʻini asosiy faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar aʼzolari, taftish komissiyasi aʼzolari, fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi vakili, tuman hokimligi, tumandagi muassasa, korxona va tashkilotlar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.

Yigʻilish kun tartibiga "Fuqarolar yigʻinlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan tuman hokimi R.Yoʻldoshevning hisoboti toʻgʻrisida”gi masala havola qilindi.

Yigʻilishni oʻtkazishdan asosiy maqsad – Oʻzbekiston Respublikasining "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasida belgilangan fuqarolar yigʻinining vakolatlariga kiruvchi masalalar, jumladan har chorakda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining fuqarolar yigʻinlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish amaliyotini keng joriy qilish hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-fevraldagi 37-sonli bayoni bilan tasdiqlangan "Oʻzbekiston Respublikasida 2014-yilda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Dasturning 17-bandi ijrosini taʼminlashdir.

Yigʻilishda tuman hokimi Rajabboy Yoʻldoshev kun tartibidagi masala boʻyicha hamda 2014-yil davomida tumanda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

Hisobotda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar xususida batafsil toʻxtalib oʻtildi.

Yigʻilishda soʻzga chiqqan Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻini vakillari tuman hokimining hisobotini qoʻllab-quvvatladi, tuman hokimiga savollar, takliflar bilan murojaat qildilar hamda fikr-mulohazalarini bayon etdilar.

Bu kabi uchrashuv mahalliy darajadagi muammolarga oʻz vaqtida yechim topishga, jamoatchilik nazorati amalga oshirilishiga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlashga, fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda faol ishtirok etishiga hamda davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻrtasidagi ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yigʻilish yakunida kun tartibidagi masala boʻyicha vakillar yigʻilishining qarori qabul qilindi.

Tuman hokimligi

axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026