21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 21:21
Siyosat 👁 377

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 56-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 56-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Fotogalereya

2022-yil 29-dekabr kuni tuman hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi – 56-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya majlisida deputatlar, sektor rahbarlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, boʻlimlar, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kotibligiga 9-Amir Temur saylov okrugidan deputat Oybek Yusupov saylandi.

Sessiyada dastlab tumanni ijtimoiq-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha sektorlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Tuman hokimi, 1-sektor rahbari Sultonboy Yoʻldashev tumanda 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va 2023-yilga moʻljallangan rejalar xususida hisobot berdi. Qayd etilganidek, 2022-yilda tuman boʻyicha kambagʻallikni qisqartirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar natijasida 9 437 nafar aholining oilaviy daromadi oshishiga zamin yaratildi. Jumladan, 1 065 nafar fuqarolar doimiy ish bilan taʼminlandi, 3 611 nafar fuqaroning oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlar evaziga bandligi taʼminlandi. 1 213 nafar fuqarolar haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi. 625 nafar fuqarolarning subsidiya asosida issiqxona xamda asbob-uskunalar ajratish orqali bandligi taʼminlandi. 2923 nafar fuqarolarga qishloq xoʻjaligi yerlari “E-AUKSION” savdo platformasi orqali ajratildi.

Sessiya ishida tuman prokurori oʻrinbosari Poʻlat Bekniyazov 2-sektorda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobot berdi. Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida 4 ta sektorga 25 mlrd 595 mln.soʻm pul mablagʻlari ajratilgan. Shundan 2-sektor hududida mahalla va ovul fuqarolar yigʻinidagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida 1 mlrd. 981,2 mln soʻmlik 3 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Hisobotda shu va boshqa yoʻnalishdagi ishlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Xurshid Alimov soʻzga chiqib, 3-sektorda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobot berdi. Qayd etilishicha, yakunlanayotgan yilda 3-sektor hududida 1 mlrd. 580,6 mln soʻmlik 5 ta loyiha amalga oshiriladi. Bugungi kunda barcha obʼektlarning tender savdolari yakunlangan boʻlib, belgilangan tartibda pudratchi tashkilotlar qurilish ishlarini boshlanmoqda.

4-sektor rahbari – tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi Aydos Seyitovning hisobotida keltirilishicha, 2022-yilda 4-sektor xududida 14 mlrd. 128 mln soʻmlik 6 ta loyiha amalga oshirilishi orqali mahalla va ovullarda mavjud muammolarni bartaraf etish rejalashtirilgan. Jumladan, Namuna mahallasi hududida ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida qiymati 5 mlrd 597,2mln. soʻmlik tozalangan suv tarqatish inshootini yangidan qurish va 7,1 km uzunlikdagi suv tarmoqlarini yangidan tortish, Qumyop mahallasi hududida qiymati 6 mlrd 641,6mln. soʻmlik tozalangan suv tarqatish inshootini yangidan qurish va 10,1 kmuzunlikdagi suv tarmoqlarini yangidan tortish, shuningdek, 4-sektor hududidagi 4 ta ovul va mahallalarda umumiy qiymati 1 mlrd 889,1 mln. soʻmlik jami 8,1 km uzunlikdagi ichki yoʻllarni taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Sessiya ishida “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va “Ayollar daftari”dan chiqarish toʻgʻrisida tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova hisobot berdi.

Taʼkidlanganidek, tumanda joriy yilda uchinchi bosqich “Ayollar daftari”ga jami 3810 nafar xotin-qizlar kiritilgan. Shu kunga qadar 3-bosqich “Ayollar daftari”da roʻyxatda turuvchi 3810 nafar xotin-qizlarning 3 803 nafariga turli yordamlar koʻrsatilgan.

Shu bilan birga “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” komissiyasiga murojaat qilgan 116 nafar ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarning 113 nafari yarashtirilishiga erishilgan. Bilib-bilmay jinoyat yoʻliga kirib qolgan 3 nafar xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar boʻlimining kafilligi asosida qamoq jazosidan saqlab qolingan va sogʻlom turmush tarziga qaytarilgan. 16 nafar xotin-qizlarning esa kontrakt pullari toʻlab berilgan.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi Amudaryo tuman filiali boshligʻi Sherzod Sultanovning hisoboti tinglandi.

Hisobotda qayd etilganidek, Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi Amudaryo tumani filiali tomonidan Amudaryo tumani hududida joylashgan yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli jami 45 ming 302 ta, koʻchmas mulk obʼekt mavjud boʻlib, shundan 42 ming 51 ta turar joy, 3 ming 251 ta noturar joy obʼektlari hisobga olingan. Shundan, 33 ming 205 ta koʻchmas mulk obʼektlarining huquqni tasdiqlovchi hujjatlari mavjud. 25 ming 789 ta koʻchmas mulk obʼektlariga esa kadastr hujjatlari tayyorlanib, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. Shuningdek, filial xodimlari tomonidan tumandagi 16 ta ovul, 31 ta mahalla va 2 ta shaharcha fuqarolar yigʻinlari chegaralari belgilangan.

Sessiya ishida “2023-yil uchun Amudaryo tumani mahalliy byudjeti xaqida”gi masala ham koʻrib chiqildi. Amudaryo tumani Moliya boʻlimining mahalliy byudjet ijrosi va hisobi sektori boshligʻi Abay Saginbayev tumanning kelgusi yil uchun mahalliy byudjeti daromadlari va xarajatlari haqida batafsil axborot berdi.

Keltirilishicha, 2023-yil uchun Amudaryo tumani Mahalliy byudjetning daromadlari 77,5 mlrd soʻm, yuqori byudjetdan ajratiladigan transfert miqdori 165,4 mlrd. soʻm, jami xarajatlari esa 242,9 mlrd. soʻm miqdorida prognoz qilinmoqda.

Qaror loyihasida taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa soha harajatlari uchun ajratiladigan mablagʻlar deputatlar tomonidan qizgʻin muhokama qilindi.

Sessiya ishida Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududlarida 2023-yil uchun jismoniy va yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlari boʻyicha yer soligʻi stavkalarining bazaviy miqdori toʻgʻrisida tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi Aydos Seyitovning hisoboti tinglandi. Hisobotda jismoniy shaxslar uchun yer soligʻi stavkasini har bir kvadrat metr yer uchun tuman markazida joylashgan hududlarga 197,5 soʻm, boshqa hududlar uchun esa 145,53 soʻm qilib belgilash taklif qilindi. Yuridik shaxslarning 1 gektar yer maydoni uchun yer soligʻi stavkasini esa tuman markazidagi hududlarga 21 million 335 ming soʻm, boshqa hududlarga 17 million 570 ming soʻm qilib belgilash taklif etildi.

Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar atroflicha koʻrib chiqildi va tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi. Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026