INSONPARVARLIK TAMOYILI ASOSIDA
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 14-noyabrdagi "Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma ikki yilligi munosabati bilan amnistiya töğrisida”gi qarori xalqimizning öziga xos bağrikenglik va keçirimlilik fazilatlarining yorqin ifodasi böldi.
Uşbu qaror eʼlon qilinganidan keyin tuman prokuraturasi tomonidan ham bir qança işlar amalga oşirildi. Qaror qabul qilinganidan beri ötgan davr mobaynida turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan 7 nafar amudaryolik fuqaro avf etilib, öz oilalari bağriga qaytdi. Bu fuqarolar tuman hokimligi qoşidagi ijtimoiy könikiş markaziga biriktirilib, ularga tegişli yordamlar körsatilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 1-iyuldagi 318-sonli farmoyişiga asosan jazoni ötaş joylaridan ozod bölgan şaxslarga pasport oliş, oziq-ovqat mahsulotlari xarid qiliş,transport xarajatlari va boşqa ehtiyojlari uçun eng kam oylik iş haqining jami beş yarim barobarigaça miqdorda moddiy yordam körsatiş belgilangan.
Hozirgi kunda tuman prokuraturasi tomonidan jazoni ötaş joylaridan ozodlikka çiqarilgan fuqarolar uçun belgilanganyordamlarning körsatilişi, ularning işga joylaştirilişi borasidagi işlar qatʼiy nazorat qilinmoqda. Şu bilan birga ularning takroriy jinoyat sodir qilişlarining oldini oliş, ularning jamoatçilikka qöşilib, ijtimoiy hayotga könikib ketişlarini taʼminlaş masalasi ham komissiya aʼzolari bilan birgalikda hal etilmoqda.
Amnistiya qaroriga asosan jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan 7 nafar fuqaroning soğliklari tekşirilib, ularga tegişli tibbiy yordamlar körsatilmoqda. Şu bilan birga bu fuqarolarning bandligini taʼminlaş masalasi tuman bandlikka kömaklaşiş markazi bilan hamkorlikda muvaffaqiyatli hal etilmoqda.
Tuman prokuraturasi özini özi boşqariş organlari hamda içki işlar bölimi bilan hamkorlikda ozodlikka çiqarilgan fuqarolarning nazoratsiz qolib, yana qayta jinoyat sodir etişlarining oldini oliş maqsadida ular bilan uçraşuvlar va suhbatlar ötkazmoqda.
Farxod ALLAMBERGENOV, tuman prokurori,
Foto: http://kun.uz

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶