21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 21:23
Fan va taʼlim 👁 364

MANGʻIT ShAHRIDA YaNGI “BRIGHTON SCHOOL” OʻQUV MARKAZI BINOSI FOYDALANIShGA TOPShIRILDI

MANGʻIT ShAHRIDA YaNGI “BRIGHTON SCHOOL” OʻQUV MARKAZI BINOSI FOYDALANIShGA TOPShIRILDI

Amudaryo tumanining Olmazor mahallasida tashkil etilgan ingliz va rus tillarini oʻrgatishga ixtisoslashgan “BRIGHTON SCHOOL” oʻquv markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

2022-yil 31-dekabr kuni boʻlib oʻtgan ushbu marosimga tashrif buyurgan mehmonlar karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi. Zamonaviy koʻrinishda barpo etilgan va bayramona bezatilgan markaz binosi oldida oʻtkazilgan tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Xalq taʼlimi boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari Ibragim Rajabov, “BRIGHTON SCHOOL” oʻquv markazi rahbari Nurbek Jumaniyozov, 40-sonli maktab direktori Sanobar Xoʻjamurodova, “AMU KIDS” oʻquv markazi rahbari Orzigul Ibragimovalar ishtirok etishdi. Undan tashqari, ochilish marosimida Olmazor mahalla fuqarolar yigʻini masʼullari, faollari va tadbirkorning oila aʼzolari ham qatnashishdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev mamlakatimizda xorijiy tillarni oʻqitishga, mutaxassislar tayyorlashga qaratilayotgan eʼtibor haqida soʻz yuritdi. Bugungi kunda koʻplab yoshlar muayyan mutaxassislik boʻyicha taʼlim olish bilan birga chet tillarini ham puxta oʻrganayotgani, buning natijasida dunyo kezayotganini aytib, yoshlarni yaratilayotgan bunday imkoniyatdan oqilona foydalanishga chorladi.

Shuningdek, tadbir davomida soʻzga chiqqan 40-sonli maktab direktori Sanobar Xoʻjamurodova va boshqalar markaz rahbari, malakali ingliz tili fani oʻqituvchisi Nurbek Jumaniyozovning sohadagi fidoyiligi, izlanuvchanligi, oʻquvchilarning xorijiy tillarni oʻrganishlariga salmoqli hissa qoʻshayotgani, yosh boʻlishiga qaramasdan koʻplab shogirdlar yetishtirgani, bugungi kunda undan taʼlim olgan yoshlarning turli nufuzli oliy oʻquv yurtlari talabalari boʻlishganini ham tilga olib oʻtdilar.

Nurbek Jumaniyozov oliy toifali oʻqituvchi. U SEFR boʻyicha B2 va C1 darajadagi sertifikatlar sohibi. Yaqinda Xalq taʼlimi vaziri jamgʻarmasidan ustama olish uchun oʻtkaziladigan sinov jarayonlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 100 ballik natijani qoʻlga kiritdi va 100 foiz ustamaga ega boʻldi. Yosh oʻqituvchi hozirgi kunda 40-sonli maktabda ingliz tili fanidan dars berib kelmoqda. Oʻtgan oʻquv yilida u taʼlim bergan variativ sinf oʻquvchilarining 93 foizi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilindi. Taʼlim sohasidagi fidoyiliklari uchun Joʻqorgʻi Kenges Prezidiumining qaroriga muvofiq “WATAN PIDAYISI” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Tumanimiz yoshlarining xorijiy tillarni oʻrganishlari uchun imkoniyat yaratish maqsadida “BRIGHTON SCHOOL” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli oʻquv markazini tashkil qilgan Nurbek Jumaniyozov ushbu markaz binosi qurilishi va jihozlanishiga kredit mablagʻlaridan 200 mln. soʻm, oʻz hisobidan 1 mlrd. soʻmga yaqin mablagʻ sarf etdi.

Zamonaviy koʻrinishdagi mazkur oʻquv markazi 1,5 mingdan ortiq abituriyentga ingliz va rus tillarini oʻqitishga moʻljallangan. Ushbu oʻquv markazi har kuni uch navbatda faoliyat olib boradi. Unda 10 dan ortiq malakali til mutaxassislari hamda fan oʻqituvchilari abituriyentlarga saboq beradi. Mazkur til oʻqitish markazida oʻquvchi-yoshlarni IELTS va SEFR xalqaro hamda milliy sertifikatlarga oʻqitish kurslari ham yoʻlga qoʻyiladi.

Markazning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda lenta kesish marosimidan soʻng, mehmonlar binoda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib chiqdilar. Ikki qavatli qilib qurilgan mazkur binoda oʻquv mashgʻulotlari uchun 6 ta sinfxona, 1 ta maʼruzalar xonasi, oʻqituvchilar, menejerlar, dam olish va kutish xonalari mavjud. Kutubxona, qabulxona va oshxonalarga ham xonalar ajratilgan. Markazda abituriyentlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Zamonaviy jihozlar, kompyuter, proyektor, interaktiv doska, audio texnikalar bilan taʼminlangan.

Ushbu oʻquv markazi ishga tushirilishi natijasida 10 nafar ingliz va rus tili fani oʻqituvchilari, 5 nafar texnik xodimlari uchun yangidan ish oʻrni yaratiladi. Oʻquv markazida asosan zamonaviy pedagogik, innovatsion usullarda mashgʻulotlar tashkil etilib, yoshlarda ingliz tilida gapirish koʻnikmasi shakllantiriladi. Qisqa fursat mobaynida ingliz va rus tillarida oʻz ona tilidek soʻzlashishlariga, grammatikasini oʻzlashtirishlariga yordam beriladi. Undan tashqari, boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun ham ingliz tilini mukammal oʻrgatishga moʻljallangan mashgʻulotlarni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

Endilikda tumanimizda yangi tashkil etilgan “BRIGHTON SCHOOL” oʻquv markazi yoshlarning xorijiy tillarni mukammal oʻrganishlari va nufuzli oliygohlar talabalari safidan joy olishlariga imkoniyat yaratib, kelajak egalarining komil insonlar boʻlib voyaga yetishlariga xizmat qiladi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026