21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 20:08
Jamiyat 👁 188

Harbiylar kasb bayramini yangi uyda nishonlaydi

Harbiylar kasb bayramini yangi uyda nishonlaydi

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 30-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari uchun uy-joylar qurish dasturi” toʻgʻrisidagi qarori Vatan himoyachilarining yashash sharoitini tubdan yaxshilash va ularning oila aʼzolarini munosib qoʻllab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Dasturga muvofiq, 10-yanvar kuni Amudaryo tumanining Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini hududida joylashgan Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli 92-02 harbiy qismda hizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarga 4 qavatli jami 24 xonadondan iborat uyning kalitini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Mudofaa vazirligi, Shimoliy-Gʻarbiy harbiy okrug va tuman Mudofaa boʻlimi, harbiy qism masʼullari hamda xizmatchilari, ularning oila aʼzolari, fuqarolar yigʻini masʼullari ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan islohotlar milliy armiyamizning jangovar salohiyatini yuksaltirish, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun zamonaviy sharoitlar yaratishda muhim omil boʻlayotganini alohida taʼkidlashdi.

Shuningdek, Qurolli Kuchlarimizni zamonaviy qurol-aslaha, zarur texnikalar bilan taʼminlash, harbiy xizmatchilarning jangovar shayligini oshirish barobarida ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularni uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilayotganini mamnuniyat bilan eʼtirof etishdi.

 Shinam, barcha qulayliklarga ega boʻlgan yangi uyning Vatan himoyachilari kuni oldidan harbiylar oilalariga topshirilishi yurtimizni koʻz qorachigʻidek asrab kelayotgan Vatan himoyachilariga va ularning oila aʼzolariga oʻzgacha tuhfa boʻldi. Zero, Vatan himoyachisining uyidan koʻngli toʻq boʻlsa, hirbiy xizmat burchini har qachongidan ham aʼlo darajada oʻtaydi.

Yangi xonadon egasiga aylangan harbiy xizmatchilar Vatan posbonlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida koʻplab samarali ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidlab, davlatimiz rahbariga oʻzining chuqur minnatdorliklarini bildirdi. Qolaversa, bayramni oila aʼzolari bilan yangi uyda nishonlashini, bundan ayniqsa farzandlari hursandligini aytib oʻtdi.

“Mang‘it invest maksimum” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 7,5 mlrd. soʻm mablagʻ evaziga qurib bitkazilgan mazkur uyning barcha sharoitlarga egaligi, ijtimoiy soha obʼektlariga yaqin va qulay hududda joylashganidan harbiylar mamnun boʻlishdi.

Tadbir davomida mehmonlar yangi xonadonlarga ega boʻlgan harbiy xizmatchilarning uylariga kirib, ularga oilaviy baxt va omad tilashdi.

Qilichboy ovuli hududida joylashgan Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlarining harbiy xizmatchilari ona Vatanimiz sarhadlarini qoʻriqlab, mustaqil diyorimizda tinchlik va osoyishtalikning barqaror boʻlishiga oʻz hissalarini qoʻshib kelmoqdalar. Biz esa harbiylarimizning mashaqqatli va shu bilan birga sharafli boʻlgan mehnat faoliyatlariga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026