21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 14:17
Iqtisodiyot 👁 355

Qipchoq ovulida hokim yordamchisi aholiga hisobot berdi

Qipchoq ovulida hokim yordamchisi aholiga hisobot berdi

24-yanvar kuni Amudaryo tumani 1-sektor hududidagi Qipchoq ovul fuqarolar yigʻinida hokim yordamchisi sifatida oʻz ish faoliyati olib borayotgan Maʼmurjon Temirboyev ovul vakillariga oʻtgan 2022-yil davomida amalga oshirgan ishlari hamda 2023-yilga moʻljallangan rejalari hususida hisobot berdi.

Yigʻilishda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Koraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi bosh yuriskonsulti Aydos Seytkamalov hamda Murojaatlar bilan ishlash buyicha boʻlim boshligʻi Berdax Umirbayev, Amudaryo tumani Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi direktori Siroj Oʻrazmatovlar ishtirok etishdi.

Hokim yordamchisi oʻtgan 2022-yil davomida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini taʼminlash hamda aholini tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida salmoqli ishlarni amalga oshirdi.

Jumladan, 635 ta xonadonda istiqomat qiluvchi 3764 nafar aholi orasidan ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj, doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan, ammo qoʻshimcha daromad topishni istayotgan oilalar aniqlandi. Hokim yordamchisining koʻmagi bilan 56 nafar fuqaroga imtiyozli kreditlar ajratildi.

Shuningdek, doimiy daromad manbaiga ega lekin qoʻshimcha daromad topish istagidagi fuqarolarning 5 nafari issiqxona, 17 nafari tikuvchilik, 4 nafari asalarichilik, 3 nafari parrandachilik, 6 nafari chorvachilik, 21 nafari xizmat koʻrsatish yoʻnalishlari boʻyicha oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishdi. Undan tashqari, 11 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga subsidiya ajratildi.

Umuman olganda, hokim yordamchisi tomonidan 2022-yil davomida Qipchoq ovuli hududida katta ijobiy oʻzgarishlar amalga oshirildi. Xususan, 14 ta yangi tadbirkorlik subʼektlari barpo etildi, 120 nafar fuqaroning bandligi taʼminlandi. Ushbu fuqarolarning oʻrtacha oylik daromadlari esa 1,5-2 mln. soʻmni tashkil etmoqda.

Yigʻilish davomida hokim yordamchisi Maʼmurjon Temirboyev Qipchoq ovul fuqarolar yigʻinida 2023-yil davomida amalga oshiriladigan rejalar bilan ham tanishtirib oʻtdi.

Taʼkidlanganidek, mahalladagi iqtisodiy holat, shu jumladan, aholining bandlik darajasi, oilalarning daromad manbalari, tomorqa yerlaridan foydalanish holatlari hamda daromadli mehnatga boʻlgan intilishlari va ehtiyojlarini qoʻllab-quvvatlash davom ettiriladi. Yer maydonlarda bogʻdorchilik, uzumchilik, poliz va sabzavotchilik, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish orqali eksportbop qishloq xoʻjaligi ekinlari ekish koʻpaytiriladi hamda aholining keng qatlamlari tomonidan ushbu yerlardan samarali foydalanish tizimi yaratiladi.

Shuningdek, 2023-yil yakuniga qadar 135 nafar fuqaroni doimiy ishga joylashtirish, 140 nafar fuqaroning oʻzini-oʻzi band qilishiga koʻmaklashish, yer ajratish hisobiga 50 nafar fuqaroning bandligini taʼminlash, ovulning ichki koʻchalariga 40 ta yangi simyogʻoch, 60 ta tungi chiroqlar oʻrnatish, 2 ta ijtimoiy soha obʼektlarining ishga tushirilishiga koʻmak berish koʻzda tutilmoqda.

Yigʻilish davomida aholi vakillari hokim yordamchisiga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishlicha javoblar olishdi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026