24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 11:42
Maqolalar 👁 313

OMONATGA XIYoNAT QILMANG! yoxudSizga nima yetmayapti, zamondosh?

OMONATGA XIYoNAT QILMANG! yoxudSizga nima yetmayapti, zamondosh?

Hayot insonga Yaratgan ato etgan eng bebaho neʼmatdir. Uni qadrlamoq, har lahzasini mazmunli va goʻzal oʻtkazmoq uchun unga aql-zakovat, mehr-muhabbat ham bergan. Bas, shunday ekan, jamiki jonzotlar sarvari odamizod bu neʼmatlar shukrini ado etib yashamogʻi ham lozimdir.

Yurtimizning qay goʻshasiga bormang – obodlik, farovonlik, hamma xonadonlarda dasturxon toʻkin, yashash shohona, boʻsagʻasida turli rusumdagi avtomobillar. Hozir ulovi yoʻqlar ham chaqirimlab yoʻl bosib piyoda yurmaydi: uzogʻini yaqin qiladigan taksilar xizmatga shay.

Chor-atrofga nazar tashlasangiz – birov-birovdan chiroyli kiyingan. Hayot xuddi risoladagiday tuyuladi. Biroq... chuqurroq nazar solsak-chi?

... Aniq eslayman, bolalik paytlarimizda chor-atrofimizda keksa odam vafot etsada, kattalar-u bolalar ham gʻamga botar, bir insonning tuproqqa qoʻyilishidan juda taʼsirlanar edi. Necha kunlab shu oʻy hech kimning xayolidan ketmay yurardi. Shularni oʻylasam, oʻsha vaqtlarda mehr-oqibat kuchli, inson qadri baland boʻlganmikan, deb oʻylayman. Hozirgi kunda-chi?

Ijtimoiy tarmoqlarda yaqindagina bir ayolning uyiga kelib, birga aroq ichib kayf-safo qilgan “tanishi”ni pichoqlab qoʻygani haqidagi xabar tarqaldi. Fargʻonada M.ismli ayol ikki nafar tanishlariga oshxona pichogʻi bilan tan jarohati yetkazgan. Bir-birining sochidan sudrab doʻpposlagan qizlar, oʻqituvchisini urib-tepib jarohat yetkazgan oʻquvchi, yigit talashib oʻz opasining joniga qasd qilgan qiz, buvisini boʻgʻib oʻldirgan oʻsmir haqidagi, qaynonasini bolta bilan chopib oʻldirgan kelin, oʻz farzandlarini boʻgʻib oʻldirgan, kanalga tashlagan ayollar haqidagi xabarlarni oʻqiganimda anchagacha oʻzimga kelolmay yuraman. Xayolga tolaman, bu xabarlarni oʻqiganlarning barchasi ham “astagʻfurulloh, biz qayerga qarab ketayapmiz oʻzi", deb oʻylasharmikan? “Oʻzimdan yiroq” deguvchilar ham koʻp, adashmasam. Axir buningdek koʻngilsizliklar – mehmonini shisha idish bilan urib oʻldirgan mezbon, yoʻlovchi talashib bir-birini pichoqlagan kirakashlar, mast holda tanishini pichoqlagan erkak, ovqatdagi goʻshtni talashib hamxonasini pichoqlagan talaba, turmush oʻrtogʻi, besh oylik beshikdagi bolasini oʻldirib, soʻng oʻzini osgan, oʻynashini ochiq dalaga olib chiqib, oʻzaro janjal natijasida shafqatsizlarcha oʻldirgan, jazmanini ayovsiz kaltaklab,  soʻng uyiga yalangʻoch holda tashlab ketgan erkaklar voqealari kabi bir inson hayotiga suiqasd qilish holatlari nega koʻpayib ketayapti? Vahshiylik hayvonlarga xos emasmi? Nahot, inson zoti tabiatidan hayvoniy xislatlar joy olayotgan boʻlsa?!

Yoʻl harakati qoidalarini mensimay, baʼzilarning oʻzicha "zoʻrman" deb tezlikni oshkora oshirib, mashinasini boshqarolmay qolishi, yo mast holda transport boshqarishi oqibatida yoʻllarda vafot etayotgan begunoh insonlar, norasidalar taqdiri nega hech kimni bezovta qilmaydi? Axir ular birovning hayotiga, Allohning ularga bergan omonatiga xiyonat qilayotgani yoʻqmi? Nega oʻgʻil otani, onani, ota-ona farzandini oʻz qoʻllari bilan oʻldirayapti. Tugʻishganlar mol-mulk talashib jigariga pichoq  sanchayapti? Inson zotiga xos ishmi, bular? Aslo yoʻq!

Aziz zamondoshim! Nigohingizni siyqa, sayoz seriallardan, ijtimoiy tarmoqlardan uzib, oilangizga – kelajagingiz boʻlgan oʻgʻil-qizingizga qaratsangiz, buzgʻunchilik, ur-yiqit targʻib etilgan multfilmlar tomosha qilishiga, bemaqsad koʻchalarda sangʻib yurishiga chek qoʻyib, bagʻringizga  bosib, mehr bilan hayotiy hikmatlardan soʻzlasangiz, qalbiga ilm, insof-iymonni singdirsangiz, ehtimol, buningdek xunrezliklar kamayarmidi? Yillab farzandlarini koʻrmay, pul ilinjida xorijda yurganlar moddiyatdan ham mehr, diydor, oʻz vaqtida berilishi lozim boʻlgan eʼtibor, tarbiya muhim ekanligini tushunib yetisharmikan, hech? Axir xorijdan joʻnatilgan moʻmay pullar evaziga shohona yashab, turli nomaqbulliklarni qilayotgan “tirik murda”lar tobora koʻpayayotgani haqiqat-ku!

Biz – hazrati inson deya atalguvchi aqlli mavjudotning ikki eshik – tugʻilish va oxirat oraligʻidagi har damimiz sinovli ekanligi, har bir yaxshi-yomon ishimiz uchun javob beradigan vaqtimiz borligi xayolimizdan faromush boʻldimi?

Ulugʻ maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning “Bugungi oʻgʻri, firibgar va xulqi yomon kimsalar kecha tarbiyasiga eʼtibor berilmagan bolalardir”, degan dono soʻzlarini unutdikmi?

Bilmadim, bilolmadim... Doim meni bezovta qiladigan buningdek fikrlarimni kim oʻqiydi, kim kerakli xulosa oladi?! Biroq Fuzuliy hazratlari aytganlariday, “Soʻzlasam – taʼsiri yoʻq, sukut saqlay desam – koʻngil rozi emas...”

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026