"ISTASANG BU FALAKDAN OYNI OLIB BERAMAN..."
Qiz bolaning hayotida yangraydigan baxt qöşiği oldin - yor-yor, söng - alla.
"Yiğlama qiz, yiğlama, töy seniki yor-yor..." deya boşlanadi, mustaqil hayotning muqaddimasi. Ha, töy uniki. Ammo töydan keyingi hayot ham uniki!.. Qiz bolani ojiza sanab, xohlagan tarafga palaxmon toşidek "otib" yuborişingiz mumkin, lekin "otilgan toş" qayerga borib tuşişini bilmaysiz... Bugun sizga turli xom-xayolli vaʼdalar berayotgan yigit, sizning tasavvuringizdagi oq otli şahzoda ertaga "qurbaqa şahzoda"ga aylanib qolişi heç gap emas. Şunday ekan, umr savdosida tavakkal qilişga şoşilmagan maʼqul.
Baxt qasrini yaratişingda senga hamroh böla oladigan insonni izlaş, peşonangga yozilgan baxtni topiş va oila quriş - hayot qonuni.
Bir martalik umrga yöldoş tanlaş... Bu lotereya öyiniga öxşaydi. Nima çiqişi peşonangdan. Faqat, lotereya yutuqsiz çiqsa, boşqa lotereya sotib olib, öyinni davom ettiriş mumkin. Umr yöldoş masalasida esa, yutuqsiz "lotereya"ni boşqasiga almaştirib, "öyin"ni davom ettirolmaysiz. Masalaning oğriqli nuqtasi şunda.
Bugun el orasida yurib, turli miş-mişlarni eşitib qolamiz. Falonçining qizining töyi bölayotgan ekan, kuyovni ammasi topib beribdi, yoki falonçini öğliga xolasining qöşnisi qiz topib beribdi, singari. Eşitib hayron bölaman, butun boşli umringga hamrohni bir hafta içida topadi-qöyadi ayrimlar. Afsuski, ana şunday şoşma-şoşarlik bilan qurilayotgan oilalarning hammasini ham baxtli yaşab ketayapti deb aytolmaymiz.
... U yoş edi. Oilaning katta qizi bölgani uçun ota-ona tezroq tengini topib uzatiş payiga tuşib qolişdi. Qizning sevgani bor edi. “Şunga tegaman”, deb oyoq tirab turib oldi. Uyiga kelgan boşqa sovçilarning hammasini qaytardi. Öşa sevganiga turmuşga çiqdi. Töydan oldin osmondagi oyni olib berişga söz bergan kuyov nomardroq çiqdi. Kelinga, oy osmonda tura-tursin, yerda ösadigan bir dona atirgul ham sovğa qilmadi. Bu ham kamday, ora-ora içib kelib, xotiniga: "Sen faqat qiz tuğişni bilasan!" deya azob berardi. Oradan vaqtlar ötdi. Betayin er rözğorni ham eplay olmadi. Şörlik ayol kun-u tun oğir mehnatda, mavsumiy işlarda işladi. Şu tariqa u qirqdan oşar-oşmas, oğirroq dardga yöliqdi. Noşud er baribir masʼuliyatni his qilmadi. Ayolni esa qarindoş-uruğlari davolatmoqda...
Darhaqiqat, oila quriş faqat oq köylak, qora kostyum-şim kiyib, davrada ötirişdan iborat emas. Oila bu - vaʼdaga vafo degani. Oila bu - ön sakkiz yoşdagi muhabbatni, oqibatni umr oxirigaça asray biliş degani! "Yigit qasam içmaydi, yigitning sözi qasam" degan qöşiq bölardi oldinlari. Ayrim vaʼdaboz kuyovlarga tegişliday bu qatorlar. Zero, qölingdan keladigan işni vaʼda bermas-dan ham qiliş mumkin. Qiz bolaga nima kerak? Bir çimdim eʼtibor va bir çimdim mehr. Hayoti davomida unga yerdagi baxtni, xotirjamlikni bera olsangiz kifoya. Oy esa - osmonniki...
Aziza MADRAHIMOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶