21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 15:23
Jamiyat 👁 298

SAYYoR SUD MAJLISIDA TUZALISh YOʻLIGA OʻTGAN MAHKUMLARGA YeNGILLIK BERILDI

SAYYoR SUD MAJLISIDA TUZALISh YOʻLIGA OʻTGAN MAHKUMLARGA YeNGILLIK BERILDI

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda boʻlgani kabi sud tizimida ham ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda va bu jarayon shubhasiz, oʻz samaralarini bermoqda. Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi tomonidan ham sohaga oid Qonun va qonunosti hujjatlarida nazarda tutilgan sudlar oldidagi vazifalarni ogʻishmay amalga oshirishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Joriy yilning 9-fevral kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi tomonidan Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini binosida oʻtkazilgan sayyor sud yigʻilishida ham mamlakatimizning amaldagi qonunlari barcha uchun baravar va uni buzgan har qanday shaxs, u kim boʻlishidan qatʼiy nazar, qonunda belgilangan jazosini olish muqarrarligi, shu bilan birga tuzalish yoʻliga oʻtgan mahkumlarga yengillik berilishi alohida taʼkidlandi.

 Yigʻilishda Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudining raisi Asqar Safarov, Amudaryo tuman prokurorining yordamchisi Abbaz Niyozimbetov, tuman Ichki ishlar boʻlimi Probatsiya guruhi katta inspektori, katta leytenant Ruslan Iskandarovlar qatnashdilar.

Sayyor sudda, Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi Probatsiya guruhida tuzalish yoʻliga oʻtgan 5 nafar mahkumlarga nisbatan kiritilgan taqdimnomalar koʻrib chiqildi.

Unga koʻra, Amudaryo tumani Qum-yop mahallasida yashovchi fuqaro, Jinoyat ishlari boʻyicha Qanlikoʻl tuman sudining 2019-yil 22-noyabr kungi hukmi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan 6-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. 5-iyun 2021-yilda Jinoyat ishlari boʻyicha Yuqorichirchiq tuman sudining ajrimi bilan Jinoyat Kodeksining 74-moddasiga asosan oʻtalmagan 4-yil 5 oy 17 kun jazo muddatini 20 foiz ahloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilgan.

U Amudaryo tumani IIBda 2021-yilning 1-avgustidan hisobga olingan va 2021-yil 1-avgust kunidan buyon Amudaryo tumanida faoliyat yurituvchi korxonalardan biriga ishga qabul qilinib, xozirgi kunga qadar ishchi boʻlib ishlab kelmoqda. Mahkum jazoni oʻtash tartib va qoidalariga toʻliq amal qilgan holda axloq tuzatish ishlari jazosining uchdan bir qismini oʻtagan, oʻtalmagan jazo muddati 2-yil 1 oy 17 kunni tashkil qiladi.

Shu bois, mahkumning ahloq tuzatish ishlari jazosining oʻtalmagan qismi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish masalasini koʻrib chiqish uchun sudga taqdimnoma kiritilgan.

Shuningdek, Amudaryo tumani Uyshin mahallasida yashovchi yanv bir yurtdoshimizga Jinoyat ishlari boʻyicha Moʻynoq tuman sudininng hukmi bilan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "b" bandi va 228-moddasi 1-qismi bilan 3-yil muddatga ishlagan ish haqining 10 foizini ushlab qolish orqali ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan va Amudaryo tumani IIBda 2022-yil sentyabr oyida hisobga olingan.

U 2022-yil 30-sentyabr kunidan buyon Amudaryo tumanidagi dehqon xoʻjaligida ishchi boʻlib ishlab kelmoqda. Mahkum jazoni oʻtash tartib va qoidalariga toʻliq amal qilib, belgilangan jazo muddatining 1-yil 6 oy qismini oʻtagan, oʻtalmagan jazo muddati 1-yil 6 oyni tashkil qiladi. Shu bois, uning ahloq tuzatish ishlari jazosining oʻtalmagan qismi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasi qoʻllanilib, muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish masalasini koʻrib chiqish uchun sudga taqdimnoma kiritilgan.

Bundan tashqari, sayyor sud majlisida yana 3 nafar shaxslarni muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish masalasini koʻrib chiqish uchun sudga taqdimnomalar kiritilgan.

Sayyor sud majlisida ushbu taqdimnomalar atroflicha muhokama etildi va jazoni oʻtash tartib-qoidalariga amal qilib, sud tomonidan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajargan hamda mehnatga halol munosabatda boʻlganligi uchun 5 nafar mahkum Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindilar.

Asqar SAFAROV, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

Ruslan ISKANDAROV, Amudaryo tumani IIB Probatsiya guruhi katta inspektori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026