21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 21:21
Fan va taʼlim 👁 399

DEPUTAT TAShABBUSI BILAN “JAHOLATGA QARShI - MAʼRIFAT” MAVZUSIDA TADBIR OʻTKAZILDI

DEPUTAT TAShABBUSI BILAN “JAHOLATGA QARShI - MAʼRIFAT” MAVZUSIDA TADBIR OʻTKAZILDI

Oʻtgan asrning 79-89-yillarini hali-hanuz xalqimiz dard-alam bilan eslaydilar. Azobli xotiralar tilga kirganida mashʼum oʻn yilga “qora kunlar”, deya taʼrif berishadi. Chunki aynan shu yillarda qardosh Afgʻoniston zaminida sobiq SSSRning cheklangan harbiy qismlari kontingenti oʻsha paytdagi Afgʻoniston Demokratik Respublikasi (keyinchalik Afgʻoniston islom respublikasi) qurolli kuchlari bilan birgalikda xalqaro terrorchilik toʻdalariga qarshi urush olib borar, Markaziy Osiyo Respublikalari hududidan koʻplab navqiron yigitlar ham oʻzga yurtda jon olib-jon berishardi, Amudaryo tumanidan 13 nafar 18-20 yoshli navqiron yigitlar ana shu Afgʻoniston zaminidagi qaqshatqich janglarda qurbon boʻldilar.

Joriy yilning 15-fevral sanasida Afgʻonistonda sobiq sovet qoʻshinlarining harbiy harakatlari tugatilganiga 34-yil toʻlishi munosabati bilan Amudaryo tumanidagi koʻplab idora va jamoat tashkilotlarida Afgʻon urushi ishtirokchilari bilan uchrashuvlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtdi.

Ana shunday tadbirlardan biri Mangʻit shahridagi 16-sonli Ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida ham oʻtkazildi. “Jaholatga qarshi - maʼrifat” mavzusida oʻtkazilgan mazkur tadbirni xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Oybek Begimov tashkillashtirdi va olib bordi.

Uchrashuv tadbirida Afgʻoniston zaminida xalqaro terrorchilik toʻdalariga qarshi kurashda ishtirok etgan Mambatsoliy Abdullayev, Bahodir Jumaniyozov, Ozodboy Xoʻjaniyozovlar tashabbusi bilan tumanning turli hududlarida istiqomat qiluvchi sobiq afgʻonchi faxriy-jangchilar taklif etilib, oʻquvchi-yoshlar bilan dildan muloqot qilish muhiti yaratildi.

Uchrashuv davomida faxriy jangchilar oʻquvchilarga Afgʻoniston zaminida oʻzlari boshlaridan kechirgan qonli voqealar, bemavrid xazon boʻlgan quroldosh doʻstlari haqidagi xotiralaridan soʻzlab berdilar. Ayniqsa, Mambatsoliy Abdullayev va Ozodboy Xoʻjaniyozovlar mamlakatimizda yoshlarning qobiliyat va iqtidorlarini namoyon etishlari uchun barcha sohalarda zarur shart-sharoitlar yaratilganini, bugungi yoshlarning oʻqib-izlanishdan boshqa tashvishlari yoʻqligini, mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalikning qadriga yetish zarurligini aytishib, tumanimizdan mazkur urushga ketib, bemavrid shahid boʻlgan 13 nafar yigitning nomlarini, ularning qahramonliklarini birma-bir yodga olishdi. Ana shu fidoyi jangchilar xotirasi oldida har birimiz qarzdorlik hissi bilan yashashimiz, ona Vatanga munosib xizmat qilishimiz, tinchligimizni koʻz qorachigʻidek asrash burchimiz ekanligini yoshlarga qayta-qayta taʼkidladilar.

Oʻz navbatida oʻquvchi-yoshlar faxriy jangchilarga oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va dildan, samimiy muloqotda boʻlishdi. Ayniqsa, oʻquvchi-yoshlar faxriy-jangchilarning janggohlardagi xotiralaridan nihoyatda taʼsirlandilar, har qanday vaziyatda ham ona Vatanga sodiqlik tuygʻusi bilan yashash, jaholatga qarshi kuchli maʼrifat bilan javob berishga har lahzada tayyor turish zarurligini qalban his etdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026