"Jonajon yurtim farovonligiga hissa qöşaman” şiori ostida barça ovul va mahallalarda obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş işlari boşlandi
Obod yurtning fayzi, tarovati özgaça böladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sariştalik yurtimizning yanada körkam bölişiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida şakllangan ezgu qadriyati – haşar muhim örin tutadi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi “Nuroniylar” jamoatçilik Kengaşi taşabbusi bilan “Jonajon yurtim farovonligiga hissa qöşaman” şiori ostida Amudaryo tumanining barça ovul va mahallalarida obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş işlari qizğin boşlab yuborildi.
Jumladan, 25-fevral kuni tumanning Olmazor mahallasida bölib ötgan haşar ham yoş avlod qalbida milliy anʼanalarimizni qadrlaşga, muqaddas qadriyatlarimizni mustahkamlaşga xizmat qildi.
Darhaqiqat, haşar — neça ming yillar mobaynida odamlarning boşini qovuştirib, ularni insonparvarlik, saxovatpeşalik, saranjom-sariştalik kabi ezgu amallarga çorlaydi. Uşbu qadriyatning yana bir eʼtiborli jihati şundaki, u insonlar örtasida mehr-oqibat riştalari, hamjihatlik, ayniqsa, yoşlar qalbida mahalla-köyga, ona-Vatanga muhabbat, daxldorlik tuyğularini mustahkamlaydi.
Olmazor mahallasida bölib ötgan haşarda yoşlar, örta yoşli aka-opalar, hamda buvi va buvijonlar faol iştirok etişdi.
Ular erta tongdan köçalarini, hovlilari atrofini, guzar va hiyobonlarni, ariqlar, köça va yölaklarni hamda bolalar maydonçalarini tartibga keltirişdi. Şu bilan birga daraxtlarni oqlab, ularga şakl berdilar. Haşarda ariq böylariga, avtomobil yöllari yoqalariga mevali va manzarali daraxt köçatlari ekildi. Ekilgan har bir niholni yaxşi parvariş qiliş, uning kelajakda mevali daraxt bölib böy çözişi uçun ularning har biriga bir nafar yoş biriktirildi.
Haşardan söng iştirokçilarga issiq ovqat tortildi. Mahalladagi yoşi uluğ onaxonlar, yoş kelinçaklar doşqozonda sumalak qaynatişdi. Ular sumalak atrofida yurtimizga tinçlik, omonlik, totuvlik, qut-baraka tilaşdi.
Bu kabi haşarlar tumanning barça hududida bölib ötdi.
Farovon mahallasida bölib ötgan haşardan söng, mahallaning “Yakkatut” va “Kimyogarlar” kuçasida bahorning ilk taomi – sumalak qaynatildi. Doşqazon atrofida yiğilgan barça yoşi uluğ onaxonlar, qiz, kelinçaklar dilidagi bor ezgu niyatlarini aytib sumalak uçun kerakli bölgan masalliqlarni solişdi.
Şu örinda aytiş lozimki, sumalak qaynatiş momomlarimizdan meʼros bölib qolgan azaliy qadriyatimiz. Uning tayyorlaniş tarixi haqida qöplab rivoyatlar tarqalgan.
Şulardan biri: dehqon olib qöygan oxirgi donini tezroq ekiş uçun yaxşi niyatlar bilan oldinroq ivitib qöyadi. Lekin birdan ob-havo buziladi. Buğdoy idişda niş urib ösa boşlaydi, ob-havo yaxşilanavermaydi. Dehqon oila aʼzolari oç turgan paytda buğdoyni butunlay nobud qilmaslik çoralarini izlay boşlaydi. U tavakkal qilib niş urgan va ança böy kötargan donni qiymalaydi va xotiniga bundan taom pişirişni buyuradi. Uy bekasi uni uzoq vaqt qaynatadi. Qarangki, oqköngil dehqonning niyati xolis çiqadi. Undan hidi yoqimli, özi töyimli, mazasi esa tanovul qilgan kişining uzoq vakt esida qoladigan darajadagi şirin taom hosil böladi. Bu taom borgan sari xalq örtasida keng tarqalib, bahorning eng lazzatli taomiga aylanadi.
Bu kabi tadbirlar jumladan, haşar hamda sumalak qaynatiş marosimi tumanning Döstlik mahallasida ham bölib ötdi.
Haşar davomida erta tongdan turib köçalarni supurib-sidirib, tevarak- atrofga suv sepib, har xil gullar ekiş har bir xonadonga çiroy bağişlaşi aytib ötildi. Bu borada yoşlarga ugit va nasihatlar berildi.
Milliy urf-odatlarimizni, qadriyatlarimizni özida mujassam etgan milliy taomning tayyorlanişi har yildagidanda kötarinki ruhda bölib ötdi.
Sumalak qaynatiş jarayonida uning foydali xususiyatlari aytib ötildi. Şuningdek, doşqazon atrofida onaxonlar, qiz-juvonlar, jajji bolajonlar raqsga tuşib, gözal qöşiqlar hirgoyi qilişdi.
Darhaqiqat, sumalak lazzatli taom böliş bilan birga darmondori hamdir. Uning tarkibida inson organizimi uçun zarur bölgan barça oqsil va uglevodlar jamlangan.
Erta tongdan doşqozonda qaynayotgan ivitilgan buğdoyni şu holga keltirgunça ança mehnat talab qilindi. Bu galgi sumalakni ham Döstlik mahallasidagi buvijonlar hamjihatlik va oğizbirçilikda tayyorlaşdi.
Sumalak atrofida yurtimiz tinç, osmonimiz musaffo bölişi, yurtimiz kundan-kunga rivojlanişi kabi ezgu tilaklar aytilib, bolalarning şöx-şadon kulgulari yangradi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶