21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 12:45
Jamiyat 👁 225

IQLIM OʻZGARIB, TABIIY OFATLAR KOʻPAYMOQDA: SABABI VA YeChIMI

IQLIM OʻZGARIB,  TABIIY OFATLAR KOʻPAYMOQDA:  SABABI VA YeChIMI

XXI asrga kelib, butun dunyoda tabiiy ofatlar soni sezilarli darajada ortdi. Havo harorati haddan tashqari  isib ketishi natijasida oʻrmon yongʻinlari, sel-suv toshqinlari koʻpaydi. Koʻp mamlakatlarda qurgʻoqchilik tufayli oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish muammoga aylandi. Bu muammolar har qanday inson

kabi meni ham qattiq tashvishlantiradi.

Nima uchun ayni ilm-fan, texnika rivojlanayotgan XXI asrda tabiiy ofatlar koʻpaymoqda? Sababini va yechimini topgandekman. Iqlim oʻzgarishi sabab tabiiy ofatlarning oldini olish mumkin, kelgusi avlodga hech boʻlmasa sayyoramizni hozirgi holatda qoldirish uchun butun dunyo aholisi, rahbarlardan tortib, oddiy fuqarolargacha birgalikda harakat qilsak, albatta, bunga erishamiz.

Maʼlumki, butun dunyoda XX asrning 2-yarmidan keyin ilm-fan, texnika rivojlana boshladi. Ot, hoʻkizlar oʻrniga har xil traktorlar ishlab chiqarilib, yerlarni haydash, qator oralariga ishlov berish, oʻrish, haydash, tashish, ariqlarni qazish, yuklash vositalari, samolyot, poyezd, yengil mashinalar ishlab chiqarilib, odamlarning ogʻirini yengil, uzogʻini yaqin qila boshladi. Bunday texnikalardan butun dunyo aholisi mamnun.

Mening yoshim 65da, men qatori yoki bizdan kattalar yaxshi bilishadi, qishda 40 daraja sovuq 3 oygacha yerda qor, yozda esa 40 daraja issiq boʻlardi. Oʻsha paytlarda tabiiy ofatlar kam boʻlardi. 80 yoshigacha yashagan onam ham, esimni taniganimdan beri qishda qahraton sovuq, yozda issiq boʻlardi, derdilar.

Menimcha, bunday iqlim oʻzgarishlarining, tabiiy ofatlarning oldini olish uchun butun dunyo aholisi elektromobillarga oʻtib boʻlguncha, tejamkor – 100 km.ga 3-4 litr yonilgʻi sarflovchi avtomobillarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish kerak. Mayli, ularning quvvati va tezligi kamroq boʻlsa, avtohalokatlar ham kamroq boʻlardi.

2020-yil 16-martdan    “Covid-19” sabab karantin boʻldi. May oyidan havo shunday toza va musaffo boʻldiki, uni barchamiz his qildik. Biz oʻzimizning, farzandlarimizning, nevaralarimizning kelajagini oʻylaydigan boʻlsak, dunyodagi barcha avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar imkon qadar kam yonilgʻi sarflovchi texnikalar ishlab chiqarishlari zarur. Tabiiy resurslarimizning esa borini tejab ishlatishimiz kerak.

Keyingi yillarda fillar, boʻrilar odamlarga hujum qilishmoqda. Tajovuzkor va hujumkor arilar paydo boʻlishmoqda. Balki tabiatdagi oʻzgarishlarga dunyodagi barcha jonzotlarning aqllisimiz, deb ish tutayotgan biz odamlar sababchiligini sezishayotgandir. Ularning ham fikrlash qobiliyati bordir, xuddi Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” asaridagi boʻri “Akbara” singari...

Toʻraboy KARIMOV, Qipchoq ovuli.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026