“MENING ÖĞLIM – VATAN HIMOYaÇISI”
Yaqinda Qoraqalpoğiston telekanalida Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarining taşkil topganiga 23-yil tölişi va 14-yanvar – Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan "Mening öğlim – Vatan himoyaçisi” deb nomlangan videokonferentsiya taşkillaştirildi.
Teleköprikda Namangan şahrida harbiy xizmat burçini ötayotgan 40 nafar qoraqalpoğistonlik yigitlar va ularning ota-onalari iştirok etişdi. Şularning 6 nafari bizning tumanimizdan edi. Videokonferentsiyada askar yigitlarning ota-onalari qatnaşib, farzandlari bilan diydorlaşdilar, hol-ahvol, omonlik söraşib, harbiy burçini qanday ado etayotganliklari bilan qiziqdilar. Öz navbatida ota-onasidan olisda Vatanimiz tinçligi, osoyiştaligini himoya qilayotgan askar yigitlar ota-ona diydoridan quvonib, ularning soğliklarini, oilasi, tuğişganlari xususida sörab-bilib oldilar, yaqinlariga soğinçli salom yölladilar.
– Men 1977-1979 yillarda Rossiyada harbiy xizmatda bölganman, – deydi videokonferentsiya iştirokçilaridan biri, qipçoqlik, Namanganda harbiy xizmat burçini ado etayotgan Muzaffar Abdullayevning otasi Murod Xudoyberganov.
– Oradan şunça yillar ötsada, öşa vaqtlarda tortgan azoblarim heç esimdan çiqmaydi. Eng avvalo endi xizmat boşlaganlarni "stariklar” istagança urişi, istagan işini qildirişi mumkin edi. Çunki, askarlar umumiy kazarmada yaşaşar, xizmat soati tugagaç, kazarma butunlay nazoratsiz qolardi. Xullas, ikki yil içida boşimizdan köp qiyinçiliklar ötdi.
Ötgan yili öğlim Muzaffar armiyaga olingaç, harbiy qasamyod qabul qiliş tantanasiga onasi bilan bordim. Işonsangiz, öğlimni safda harbiy kiyimda, tölişgan, özini tutib olgan mağrur askar qiyofasida körib, quvonganimdan közlarimdan yoş çiqib ketdi. U xizmat qilayotgan qism komandiri tantanaga borgan ota-onalarni askarlarning yaşaş şaroitlari bilan taniştirganida közlarimga işonmadim. Tört kişilik ixçam, çiroyli, hamma qulayliklarga ega xonalar, dam oliş xonalari uyimizdagidan kam emas.
Telemuloqotda qatnaşib, bir yil içida öğlimning ham jismonan, ham aqlan kamolga yetganini körib, könglim xotirjam tortdi. Ilohim, farzandlarimizga ana şunday imkoniyatlar yaratib bergan hukumatimizga, telediydorlaşuvni taşkil etgan xodimlarga rahmat.
– Mening ikki öğil, uç qizim bor. Farzandlarim bari özidan tinib-tinçib ketdi. Öğil nevaralarimning kattasi Azizbek Çorşamov Namanganda harbiy xizmatda. Telediydorlaşuvga borib kelib, öğil nevaram borligiga, yurtimiz xizmatiga yaraganiga Yaratganga tinmay şukrona aytib ötiribman. Özimning öğillarim biri Ukrainada, biri Rossiyada harbiy xizmatda bölgan vaqtlarida qaçon ikki yil ötar ekan, deb yuragimni hovuçlab yaşaganman. Namanganda xizmatini ötayotgan askarlarning yaşaş şaroiti bilan taniştirganlarida, askarlar bilan ota-onalar suhbatlaşganida Yurtboşimizning: "Özbekistonda yaşaydigan har bir bola mening farzandim, hammasini yaxşi köraman”,–degan sözlarining isbotini körganday böldim, – deydi goh kulib, goh quvonç yoşlari köziga qalqib Manğit şahrida yaşaydigan Öğiljon momo Kamolova.
Videokonferentsiya nafaqat ota-onalar, askar öğlonlarga diydor quvonçini bergani bilan, balki tobora takomillaşib, qudrati oşib borayotgan milliy Armiyamizning nufuzini, örnini yana bir bor çuqur anglatgani bilan ham ahamiyatli böldi.
(Foto - uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶