21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 04:07
Maqolalar 👁 329

YaXŞINING IZIDA QOLGAN BARAKA

YaXŞINING IZIDA QOLGAN BARAKA

(Bölgan voqea)
Umr böyi dalada işlab, fermer xöjaligida traktor haydagan Saʼdulla ota nafaqaga çiqqaç, xuddi hayotdan ajralib qolganday, özini göyo keraksiz odamday his qildi. Aslida-ku atrofi töla nevara-çevara, köçaga çiqsa, qöni-qöşni, mahalla-köy, deganday, könglini kötarguvçi oşna-oğaynilari köp. Şunday bölsa-da, baribir bekor ötirgisi kelmadi, keng uyiga siğmay qoldi, dalani soğindi. Ana şu soğinç hissi bilan özi 40-yil traktor haydagan, paxta ekkan dalalar tomon yöl oldi.
Sertuproq dala yöli böylab ketarkan, yölning ikkala tarafida ançagina yer böş yotganiga razm soldi. Buni avval heç payqamagan ekan, yölning har ikki tarafida 40-50 metr atrofidagi yerni oqboş va yantoq bosib yotibdi. Yaqindagina  tozalangan, sal naridagi içki yopning atrofi ham bömböş. Saʼdulla  ota quvonib ketdi. Bugunoq fermer xöjaligi rahbari bilan gaplaşadi, şu yerlarni obod qiladi!
Uzoqdan dala yölini çangitib yengil maşina körindi. Saʼdulla otani körgan haydovçi uning yonidan ötib ketmay, maşinani töxtatdi:
- Saʼdulla oğa, traktorning xumori tutdimi? – fermer xöjaligi iş yurituvçisi maşinadan tuşarkan, hazillaşdi.
- Hovva, Bekmurod, traktorning ham, işning ham xumori tutdi, - göyo yillar davomida uçraşmagan qadrdonlar kabi Bekmurodga quçoğini oçdi ota.
- Voh-ha, işning xumori, deng, kampirning yonida çoyni şopiri-ib, mazza qilib keksalik gaştini surmaysizmi, şunça yil işlab ham işga xumorligingiz qolmabdi-da!
- Seni körganim yaxşi böldi, - haligina könglidan ötkazgan öylarini Bekmurodga tökib soldi, - mana bu yerlarni qara öğlim, tilla-ya, tilla! Uning uvoli tutmaydimi, böş yotibdi. Yölning ikki tarafini özlaştirib, bir tomonini boğ, bir tomonini terakzor, tutzor qilsak.
- Saʼdulla oğa-yey, nima qilasiz, özingizga maşaqqatli mehnatni sotib olib. Fermer oğam – Zarifboy rozi bölarmikan?
- Rozi böladi, Zarifboy jamiyatga foydasi tegadigan iş bölsa, doimo qöllaydi. Har yili qança ehtiyojmand oilalarga yordam körsatadi, baraka topsin. Bekmurod “özingiz bilasiz”, deganday qölini bir siltadi-yu, maşinasiga ötirib, ketdi-qoldi.
- Bu bola ğalati-ya, - öziga özi dedi Saʼdulla ota, - biron reja haqida söz oçsang, xuddi oğirligi öziga tuşayotganday, xuşlamaydi, tavba.
Şu kuni keçqurun Saʼdulla ota Zarifboynikiga ötib, rejasi haqida söz oçdi.
- Yaxşi öylabsiz, - quvonib ketdi. Zarifboy, - mana, qança yordam kerak bölsa, mendan, ertagayoq işga kirişavering.
Saʼdulla ota tuni bilan qiladigan işlari haqida xomaki rejalar tuzdi, qança mevali daraxt, qança terak qalamçasi-yu tut köçatlari keraakligini taxminiy hisob-kitob qildi. Birinçi pensiya pulini olgan kuni nevarasi bilan bozorga çiqib, keragiça mevali daraxt köçatlarini sotib oldi. Fermer xöjaligi raisi Zarifboyning qöllab-quvvatlovi bilan dala yölining ikki tarafidagi bir çaqirim qismiga tegişli yerni oqboş va yantoqdan tozalab, şudgor qildirdi, yerni nevaralari bilan bir tekis kenglikda egatlar oldi. Keç kuz payti bölsa-da, havo ança iliq bölgani uçun sovuq tuşmasidan köçatlarni ekiş taraddudiga tuşdi.
Saʼdulla otaning şaxdini körgan Zarifboy fermer xöjaligi işçilarini ham otaga yordam beriş uçun köçat ötqaziş işlariga jalb etdi. Köçat ötqazib bölingaç, Saʼdulla ota işçilarga:
- Bu boğ hammamizniki, el-yurtniki, - dedi quvonç bilan.
- Öh-hö, xöjalikning şunça texnika-yu işçisini işlatib-işlatib-a!
Köçat ekiş işlari tugagan paytda paydo bölgan Bekmurodning bu gapiga heç kim eʼtibor qilmadi-yu Saʼdulla otaning könglidan: “bunçalik feʼling tor bölmasa”, - degan öy ötdi.
Erta bahorda Saʼdulla ota nevaralari bilan yölning ikkinçi tarafiga tez ösuvçi terak qalamçalarini ekib, suv taradi. Oradan beş-ön kun ötib, kuzda ekilgan köçatlar ham, terak qalamçalari ham kurtaklay boşladi. Har kuni nihollarga parvona, daladan beri kelmay qolgan Saʼdulla otaga bir kuni katta öğli Hidoyat:
- Ota, - dedi qandaydir taşvişli ohangda, - şu, dalaga çiqmasangiz, degandim.
- Omonlikmi, bolam, mening heç kimga oğirligim tuşmasa, - hayron böldi otaxon.
- Bekmurod oğa köpçilikning oldida otangni baqaolmayapsanmi, fermerning yeriga köz olaytirayapsanlar, degan gaplar bilan…
Saʼdulla ota bir zum sukut saqladi. “Yo tavba, men birovdan haq söradimmi? Otasi şunday feʼli tor edi-ya, öğliga ham nuqsi uribdi-da”, - degan öy keçdi könglidan. Lekin öğliga sezdirmadi.
- Kim nima desa, deyaversin, men xalq uçun şu işga qöl urdim, menga qolsa yuz nafar Bekmurod yölimni tösmaydimi, ortga  qaytmayman. Ikkinçi marta köçadan uyga bu tariqa gap olib kelma!
Şu böldi-b, Hidoyat otasiga  boşqa bunday gap qilguvçilar haqida gapirmadi. Bekmurod va unga öxşagan bir-ikki vaysaqilar bilan aytişib ham ötirmadi. Aksinça, fermer xöjaligi rahbari Zarifboyning  kömagi bilan mevali daraxt köçatlari orasiga qovun-tarvuz, qovoq ekişda  otasiga kömaklaşdi. Öşa yili kuzga borib qovun-tarvuz ham, qovoq ham rosa yetildi. Hosil yiğilgan kuni Saʼdulla ota xöjalik işçilariga rasamadi bilan qovun-tarvuz, qovoq ulaşdi.
- Bunaqasi ketmaydi, - dedi  işçilarga tarqatilgan qovun-tarvuz, qovoq uyumlarini körgan iş yurituvçi Bekmurod. – Bu yer uçun qança texnika-yu işçi kuçidan foydalanildi, öğit, suv-puv uçun nasos xarajatlari, deganday. Hosildan ana şu xarajatlarni çegirib, keyin işçilarga…
- Nafsingni tiy! – Bu gal Saʼdulla otaning jahli çiqdi. – Qaysi xarajatga joning açişayotir? Yer haydaşdan tortib, ekin-tikingaça öz hisobimdan, qolaversa, Zarifboyning taşabbusi bilan amalga oşirildi. Sening ğiybatlaring uçun hosildan çegiraylikmi yo?
Xöjalik işçilari Saʼdulla otaning bu gapidan söng, baravar kulib yuborişdi…
Oradan vaqt ötib, mevazor boğ ham hosilga kirdi, terak qalamçalari osmonga böy çözib, dala yöliga soya, fayz berdi. Mevalar ğarq pişganida Saʼdulla ota xöjalik işçilarini har gal boğiga çorlaydi, mahalladoşlari bilan boğ neʼmatlarini birga baham, köradi.
Bir gal, qiş pallasi edi. Böş qöyilgan qoramollar mevazor boğga tuşmasligi uçun atrofini ihotalaş maqsadida boğiga yöl oldi. Osmonga böy çözib, imoratga tösin bölişga yarab qolgan terakzorga közi tuşib, quvonib ketdi... “Mahallada uy-joy qurayotgan ehtiyojmand oilalar bor, şu bahorda yirik-yiriklarini çopib, öşalarga xayriya qilamiz”, – öyladi u. Terakzorning bu boşidan kirib borarkan, har joy-har joyida katta-katta teraklar çopib ketilganini körib, hayron böldi. “Öğri doribdi, şekilli, - öyladi otaxon, - xalqning mulkiga-ya?” U yuzlab teraklar saf tortgan qatorlarni oralab, kamida 50-60 tup terak çopib olinganini aniqladi. Öğrilar şunday pala-partiş işlaşganki, terakzorning u boşidan-bu boşigaça ortiqça şox-şabbalar betartib soçilib yotardi. Negadir: “Bekmuroddan boşqa heç kim bu işni qilmaydi, çetdan kattaroq öğrilar guruhi kelgan bölsa, tağin bilmadim”, - degan gumonga bordi u. Axir bir kun avval hammasi joyida edi-da.
Saʼdulla ota töğri Zarifboy fermerga uçraşdi.
- Qöysangiz-çi, - işonmadi Zarifboy hayratlanib, - 50-60  tup terakni öğri urib ketadi-yu heç kim bilmaydimi?
Baribir Zarifboy profilaktika inspektori bilan qönğiroqlaşib, vaziyatdan xabardor qildi.
Maʼlum bölişiça, keça keçqurun, qor yoğib turgan paytda Bekmurod 10-15 çoğli odam bilan kelib, teraklarni yoğoç kesuvçi uskuna bilan qirqib olib ketibdi.
Zarifboy ham hayratlandi, ham jahli çiqib, vaziyatni aniqlaştiriş uçun iş yurituvçini çaqirtirdi.
- Men öz haqimni oldim, - dedi u közlarini çaqçaytirib. – Baribir Saʼdulla oğa hammaga taqsimlab beradi.
- Şunga aqling yetibdi-yu bu işing öğirlik, xalq mulkiga xiyonat ekaniga aqling yetmabdi. Şu soxt-sumbating bilan şu işni qilgani uyalmadingmi-a? Hayf, senday yigitga, tağin erkak emiş!
Saʼdulla ota jahl bilan yerga tupurdi. Bu xuddi Bekmurodning yuziga tuşganday, seskanib ketdi. Atrofda hozir bölgan fermer xöjaligi işçilari, Zarifboy, yana bir neça yoş bolalar unga nafrat bilan qarab turişardi.
Şundan söng Zarifboy öğirlangan teraklarni muhtojlarga undirib berib, Bekmurodni işdan böşatib yubordi. Saʼdulla ota esa özi reja qilganiday yetilgan teraklarni mahalladagi imorat qurayotgan ehtiyojmand oilalarga taqsimlab berdi.
Hozir Saʼdulla ota oramizda yöq. Lekin u obod etgan dala yölining ikki çekkasidagi mevazor boğ va terakzor hosilidan hamon el-yurt bahramand. Yaxşining izlarida barakali işlar davom etaveradi, deganlari şu-da.


Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026